Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

1.3. Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Xalqaro maydonda marketing juda murakkab hisoblanadi, chunki u korxonaning 
sotuv  faoliyatidan  tashqari  ishlab  chiqarish,  ITTKI,  ta’minot,  moliya  kabi  boshqa 
faoliyat  turlarini  ham  qamrab  oladi.  Bundan  tashqari,  korxona  faoliyati  bog’liq 
bo’ladigan  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  va  milliy-madaniy  sharoitlarni  chuqur 
tushunish talab qilinadi. Taqsimot kanallari, transport orqali tashish va saqlash, qonun 
hujjatlari  va  bojxona  qoidalari  turli  mamlakatlarda  bir-biridan  sezilarli  farqlanishi 
mumkin.  Har  bir  mamlakatda  reklama  vositalari  sohasida  o’ziga  xos  milliy 
xususiyatlar bo’lib, ular madaniyat, din va an’analar nuqtai nazaridan mos kelmasligi 
mumkin. 
Shuningdek,  ilmiy-texnik  xarakterdagi  omillar  ham  muhim  ahamiyat  kasb  etib, 
bu  qatorga  sanoat  texnologiyalarining  rivojlanish  darajasi,  tovar  va  xizmatlarni 
modifikatsiyalash, ishchi kuchining malakasini oshirish kabilarni kiritish mumkin. 
Bu xususiyatlarning barchasi xalqaro bozorda tadbirkorlik faoliyatining umumiy 
tijorat  tavakkalchiligini  oshiradi.  Masalan,  valyuta  tizimining  barqaror  emasligi 
kutilmagan  natijalarga  olib  kelishi  va  bir  necha  kun  ichida  juda  ham  foydali  bitimni 
zarar keltiruvchi bitimga aylantirishi mumkin. 
Turli xil mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xususiyatlari marketing 
vositalarini  u  yoki  bu  bozorning  o’ziga  xos  xususiyatlariga  moslashtirib  borishni 
talab  qiladi.  Bu  erda  gap  har  safar  muayyan  tashqi  bozor  uchun  maxsus  marketing 
modeli  haqida  boradi.  Marketing  faoliyatining  turli  elementlari  samaradorligi  turli 
mamakatlarda turlicha bo’lishi mumkin. 


 
26 
Masalan,  amerikaliklarning  yondashuvi  o’z  mahsulotlarini  reklama  qilishga 
asoslanadi  (jahonda  reklama  xarajatlarining  57%  i  AQSHga  to’g’ri  keladi). 
Evropacha  yondashuv  esa  ko’proq  xizmat  ko’rsatish  tizimini  takomillashtirishga, 
ya’ni  taqsimot  tarmoqlari  va  iste’molchilar  bilan  bevosita  do’konlarda  ishlashga 
yo’naltirilgan.  Yaponiya  yondashuvi  mahsulotni  yaxshilash  maqsadida  fan-texnika 
yutuqlarini  joriy  qilishni  tavsiya  etadi.  SHu  sababli  xalqaro  bozorda  marketing 
sohasida  ish  olib  borayotgan  o’zbek  mutaxassislaridan  nafaqat  marketing 
faoliyatining ayrim elementlarini, balki xorijiy mamlakatlarda shakllangan marketing 
tizimini to’laligicha bilish va undan foydalanish talab qilinadi. 
Mamlakatlar  o’rtasidagi  o’zaro  aloqa  va  bog’liqlik  darajasining  yuqori  bo’lishi 
sababli  iqtisodiy  jihatdan  juda  keng  xalqaro  bozor  mavjud  bo’lib,  u  turli 
mahsulotlarni  eksport  va  import  qilish  imkonini  beradi.  Bu  erda  faoliyatini  tovar  va 
xizmatlar  eksportiga  yo’naltiruvchi  korxonalar  (masalan,  kosmetika  yoki  turistik 
firmalar) uchun marketing sohasida qo’shimcha talablar vujudga keladi: 
birinchidan, tovar sifati, tashqi ko’rinishi, qadoqlashsi va reklamasining xalqaro 
standartlarga, ishlab chiqarish majmuasining esa fan-texnika darajasiga mos kelishi; 
ikkinchidan,  chet  ellik  vakillar  bilan  mustahkam  aloqalar  o’rnatish  hamda 
xalqaro  savdo,  ko’rgazma,  yarmarka  va  konferensiyalarni  yuqori  professional 
darajada tashkil etish qobiliyati; 
uchinchidan,  import-eksport  siyosati  sifat  va  son  jihatidan  korxonaning 
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun o’ziga xos yondashuvni talab qiladi. 
Xalqaro marketing funksional ravishda ichki marketingdan yuqori turadi, chunki 
korxona  eksport  va  import  qilish  imkoniyatiga  ega  bo’lsa  o’z  mahsulotlar 
assortimentini  oshiradi.  Demak,  marketingning  maqsad  va  vazifalari  ham 
murakkablashadi.  Avvalo,  xalqaro  bozorga  chiqishning  maqsadga  muvofiqligiga 
ishonch  hosil  qilish,  ya’ni  kelajakda  qanday  istiqbollar  ochilishi  va  xavf-xatarlar 
yuzaga  kelishi  mumkinligini  aniqlash  zarur.  SHundan  keyin  quyidagi  masalalar  hal 
qilinadi: 
•  korxona  qanday  (yangi  yoki  eski,  tayyor  yoki  yarim  tayyor)  mahsulotlarni 
taklif qilishi mumkin; 


 
27 
•  bozorga qanday qilib kirib borish va xaridorni aniqlash; 
•  xalqaro biznesda ishtirok etish natijalari qanday bo’lishi mumkin. 
Ko’pincha narx hosil bo’lishiga oid savollar ham paydo bo’ladi. Iqtisodiyoti sust 
rivojlangan  mamlakatlarda  mahsulot  narxi  rivojlangan  mamlakatlarga  nisbatan  past 
bo’lib,  bunga  ishchi  kuchining  qiymatidagi  farqni  asosiy  sabab  qilib  ko’rsatish 
mumkin.  Korxona  import  yoki  eksport  uchun  mahsulot  qidirish  bilan 
shug’ullanayotganda narx darajasi muhim rol o’ynaydi. Masalan, agar korxona ishchi 
kuchi  mahsulotni  qabul  qiluvchi  mamlakatga  nisbatan  qimmatroq  bo’lgan 
mamlakatdan  mahsulotlarni  eksport  qiladigan  bo’lsa,  bu  holda  mahsulot  narxi 
qimmatroq  bo’lishi  mumkin.  Demak,  mahsulot  uni  narxi  yuqori  bo’lishiga  qaramay 
oson sotish uchun boshqa tavsifnomalarga ega bo’lishi lozim. 
Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari: 
1.  Tashqi  bozorda  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko’rsatish  uchun  juda  katta  va 
maqsadli  yo’naltirilgan  hatti-harakatlarni  amalga  oshirish,  marketing  usullari  va 
tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish lozim. 
2.  Tashqi  bozor,  uning  imkoniyatlari  va  talablari  xalqaro  marketing  faoliyatida 
ichki  bozorni  o’rganishga  nisbatan  murakkab  va  ko’p  mehnat  talab  qiluvchan 
jarayondir.  U  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  ishtirokchilari  tomonidan  mos  keluvchi 
bo’linmalar  tuzish  hamda  mamlakatdagi  yoki  xorijiy  maslahatchi  firmalarning 
axborot imkoniyatlarida foydalanishni talab qiladi. 
3.  Tashqi  bozor  talablariga  javob  berish  tashqi  bozorga  chiqqanidan  bir  necha 
yil  o’tgandan  so’ng  ham  raqobatbardoshlik  ko’rsatkichlarini  saqlab  qoluvchi 
tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish