Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
12.13. Tovar belgisi 
 
Tovar  assortimenti  tez-tez  yangilanib  to’rgan  sharoitlarda  muayyan  tovar 
obrazini  yaratishga  ommaviy  yondashuvdan  tovarlar  guruhining  yig’ma  obrazini 
yaratishga  o’tish  yaqqol  ko’zga  tashlanmoqda.  Bu  yig’ma  obraz  ishlab  chiqaruvchi 
firma  obrazi  –  bir  daraja  yuqori  turuvchi  obrazning  bir  bo’g’ini  hisoblanadi. 
Iste’molchining esida qoluvchi tovar belgisi–firma yoki tovarning emblemasi bo’lib, 
ko’pincha  bitta  belgiga  birlashib  ketadi  hamda  vaqt  o’tishi  bilan  tashqi  ko’rinishi 
o’zgaruvchi tovarlarga iliq munosabatning o’zgarmasligini ta’minlaydi. 
Reklama  layoqati  kuchli  bo’lgan  tovar  belgisi  iste’molchilarga  tovarning 
nufuzliligi,  o’ziga  xosligi  va  boshqa  iste’mol  xususiyatlari  yoki  birdaniga  tovarning 
bir  nechta  tavsifnomalarini  ajratib  ko’rsatishi  va  etkazib  berishi  mumkin.  Tovar 
belgisining  assosiativ  sig’imi  deganda  uning  so’z  birikmalari,  maxsus  tanlangan 
grafik  belgilar  yoki  tasodifan  topilgan  verbal  va  vizual  elementlarni  iste’molchilar 
tasavvuriga keltirish qobiliyati tushuniladi.  
Tovar  belgisi  (markasi)  deganda  sotuvchining  mahsuloti  yoki  xizmatini  tanib 
olishga yordam beruvchi nom, belgi, ramz yoki ularning birikmasi tushuniladi. Ishlab 
chiqaruvchi bitta kompaniyaning o’zi bir nechta tovar belgisiga ega bo’lishi mumkin. 
xalqaro  miqyosda global,  mintaqaviy  va  mahalliy  tovar belgilarini  farqlash  mumkin. 


 
297 
Ichki  bozorda  foydalaniluvchi  yoki  maqsadli  tashqi  bozor  uchun  maxsus  ishlab 
chiqilgan  savdo  markalari  mahalliy  tovar  markalari  hisoblanadi.  Mintaqaviy  savdo 
markalari  ma’lum  bir  mintaqalarni  qamrab  olsa,  global  markalar  jahon  bozorida 
tovarning global imidjiga ega bo’lish maqsadida ishlab chiqiladi. 
Maqsadli  bozor  uchun  mahalliy  markani  ishlab  chiqishda  aholining  tili  va 
madaniyati xususiyatlari muhim rol o’ynaydi. 
Savdo  markasini  yaratish  kompaniyadan  kommunikatsiya  sohasida,  jumladan, 
reklama siyosatida bir qator qarorlar qabul qilish talab qilinadi. Bu qarorlarsiz savdo 
markasi muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 
Tovar  siyosatining  muvaffaqiyati  ko’p  jihatdan  mamlakatdagi  tovar  belgilarini 
muhofaza  qilish  qonunlariga  bog’liq  bo’ladi.  Xalqaro  intellektual  qaroqchilikdan  
murakkab  asbob-uskunalar  va  qimmatbaho  tovar  ishlab  chiqaruvchilargina  aziyat 
chekadi  deyish  noto’g’ri  bo’lar  edi.  Bunday  tovarlar  bilan  bir  qatorda  unchalik 
qimmat  bo’lmagan  tovarlar  ham  qalbakilashtiriladi,  masalan,  Head  and  Scholders 
shampunlari. 
Tovar belgilari va ixtirolarni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi asosiy 
xalqaro  kelishuv  1983  yilda  qabull  qilingan  sanoat  mulkini  himoya  qilish  bo’yicha 
Parij konvensiyasi hisoblanadi. Konvensiyaning asosiy maqsadi sanoat namunalari va 
ixtirolarni  patentlash,  firma,  tashkilot  va  fuqarolarning  tovar  belgilarini  boshqa 
mamlakatda  ro’yxatga  olish  uchun  imtiyozli  sharoitlar  yaratishdan  iborat.  Parij 
konvensiyasi  yagona  xalqaro  tovar  belgisi  yaratilishini  ko’zda  tutmaydi. 
Konvensiyaning asosiy tamoyillaridan biri milliy rejim tamoyili hisoblanadi. 
Konvensiya  ustivorligi  qoidasi  konvensiyaning  eng  muhim  qoidasidir. 
Konvensiyada ustivorlik qoidasining kiritilishini quyidagicha izohlash mumkin: tovar 
belgisiga  egalik  huquqi  yoki  patentni  kim  birinchi  bo’lib  ariza  bersa  o’sha  oladi. 
Ariza  berishda  birinchi  bo’lish  ixtironing  yangiligini  ta’minlab,  bu  patent  berishda 
zarur  shart  hisoblanadi.  Ishtirokchi  davlatlardan  birida  tovar  belgisi  yoki  ixtironi 
ro’yxatga  olish  uchun  ariza  bergan  shaxs  boshqa  mamlakatlarda  ariza  berilgandan 
so’ng bir yil muddat davomida ustivorlik huquqidan foydalanadi. 


 
298 
Xalqaro  bozorda  tovar  belgilarining  ro’yxatga  olinishi  milliy  qonunchilik  va 
xalqaro kelishuvlar qoidalari asosida amalga oshiriladi. 
Fabrika va tovar belgilarini xalqaro ro’yxatga olish to’g’risidagi Madrid xalqaro 
konvensiyasini  ham  bir  qator  mamlakatlar  imzolagan.  Ushbu  konvensiyaga  asosan  
Jenevadagi  Xalqaro  byuroga  tovar  belgisini  ro’yxatga  olish  uchun  ariza  beriladi, 
so’ngra bu belgi barcha ishtirokchi mamlakatlarda himoya ostiga olinadi. Butunjahon 
intellektual  mulk  tashkiloti  doirasida  ishlab  chiqilgan  tovar  belgilari  bo’yicha 
qonunlar to’g’risidagi SHartnoma ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu xalqaro hujjat 
tovar  belgilari  sohasidagi  patent  idoralari  amalga  oshiruvchi  ma’muriy  jarayonlarni 
soddalashtirish  va  uyg’unlashtirish  vazifalarini  bajaradi.  U  VOISga  a’zo  bo’lgan  57 
mamlakat tomonidan qabul qilingan va imzolangan bo’lib, 1996 yilning 1 avgustidan 
boshlab kuchga kirgan. 
Biroq  turli  mamlakatlarning  qonunchiligida  beliga  egalik  huquqining  yuzaga 
kelish payti to’g’risidagi masalani tartibga solishga yagona yondashuv mavjud emas. 
Bunga  asos  qilib  aksari  mamlakatlarda  tovar  belgisining  patent  idorasida  ro’yxatga 
olinishi yoki amalda qo’llana boshlashi ko’rsatiladi.  
Ro’yxatga  olish  tamoyili  amal  qiluvchi  irinchi  guruh  tarkibiga  Rossiya, 
Fransiya,  Italiya,  Avstriya,  SHvesiya,  Ispaniya,  Portugaliya,  Gresiya,  Tursiya  va 
Lotin Amerikasi mamlakatlarini kiritish mumkin. 
Birinchi  bo’lib  (ilgariroq  foydalanish)  foydalanish  tamoyili  amal  qiluvchi 
mamlakatlarga  misol  qilib  AQSH,  Kanada,  Hindiston,  Pokiston,  Buyuk  Britaniya, 
Livan, Tunis, Marokash va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish