Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro bozorda tovarlarni ilgari surish muammolari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
11.6. Xalqaro bozorda tovarlarni ilgari surish muammolari 
 
Tovar  harakatlanishi bu  mahsulotlarni rejalashtirish, hayotga tatbiq etish  hamda 
tayyor  mahsulot  va  materiallarning  iste’molchilar  ehtiyojlarini  qondirish  va  o’zi 
uchun  foyda  olish  maqsadida  bir  joydan  boshqa  joyga  jismoniy  harakatlanishini 
nazorat qilish bo’yicha faoliyatdir. 
Tovar  harakatlanishining  asosiy  xarajatlari  transport  xarajatlari,  tovarlarni 
omborga  joylashtirish  xarajatlari,  tovar-moddiy  zahiralarini  qo’llab-quvvatlash, 
tovarlarni olish, yuklash va jo’natish xarajatlari, ma’muriy xarajatar va buyurtmalarga 
ishlov berish xarajatlaridan iborat.  


 
255 
Bugungi  kunda  rahbariyatni  tovar  harakatlanishini  tashkil  etish  xarajatlari 
darajasi  bezovta  qilmoqda.  Bu  ko’rsatkichlar    ishlab  chiqaruvchi  firmalarning 
savdosida 13,6 %ni, vositachi-sotuvchi firmalar savdosida esa 25,6 %ni tashkil etadi. 
Tovar  harakatlanishi  talabni  yaratish  uchun  potensial  vosita  hamdir.  Tovar 
harakatlanishi tizimini takomillashtirish hisobiga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash 
va  narxni  pasaytirishni  taklif  etish  va  shu  tariqa  qo’shimcha  mijozlarni  jalb  qilish 
mumkin.  firma  tovarlarni  o’z  vaqtida  etkazib  bermaydigan  bo’lsa  o’z  mijozlarini 
yo’naltirishqotadi.  1976  yilning  yozida  «Kodak»  firmasi  magazinlarni  tovar  bilan 
etarli  miqdorda  ta’minlamagan  holda  bir  lahzada  suratni  chiqaruvchi  fotoapparatlar 
reklamasini  kuchaytirib  yubordi.  Iste’molchilar  magazinlardan  bu  tovarni  topa 
olmaganidan so’ng «Polaroid» fotoapparatlarini sotib olishga majbur bo’lganlar. 
Ko’plab firmalar tovar harakatlanishi oldiga kerakli tovarlarni kerakli miqdorda 
kerakli  joyga  kerakli  vaqtda  eng  kam  xarajatlar  bilan  etkazib  berishni  maqsad  qilib 
qo’yadilar.  Afsuski,  tovar  harakatlanishi  tizimlaridan  hech  biri  bir  vaqtning  o’zida 
mijozlarga  eng  ko’p  xizmat  ko’rsatish  va  tovar  taqsimoti  xarajatlarini  minimal 
darajagacha  qisqartirish  imkoniyatiga  ega  emas.  Mijozlarga  maksimal  darajada 
xizmat ko’rsatish katta  moddiy-tovar zahiralarini qo’llab-quvvatlash, qulay transport 
tizimi va etarli miqdorda mborlarga ega bo’lishni nazarda tutadi. 
Tovar  harakatlanishi  xarajatlari  ko’pincha  bir-biri  bilan  teskari  proporsional 
bog’liq bo’ladi. 
1
 
• Transport-ekspedisiya  xizmati boshqaruvchisi  imkoni bo’lgan barcha  hollarda 
tovarni  samolet  orqali  emas,  balki  temir  yo’l  trasporti  vositasida  etkazib  berishni 
ma’qul  ko’radi.  Bu  firmaning  trasnport  xarajatlarini  qisqartirishga  xizmat  qiladi. 
Biroq temir yo’l transporti tezligining pastligi sababli aylanma kapitali uzoqroq band 
bo’lib  qoladi,  bundan  tashqari,  tovarlarni  bu  tarzda  etkazib  berish  mijozlarni 
tovarlarni  qisqa  muddatda  etkazib  berishni  taklif  qilayotgan  raqobatchilardan  sotib 
olishga majbur qiladi. 
                                                
1
 
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. 
– М.:
Дашков 
и Ко, 2018 –220c. 


 
256 
• Xarajatlarni  iloji  boricha  kamaytirish  uchun  tovarni  jo’natish  bo’limi  arzon 
konteynerlardan  foydalanadi.  Bu  esa  tovarning  yo’l  davomida  zararlanishiga  sabab 
bo’ladi va iste’molchilarning noroziligini keltirib chiqaradi. 
• Tovar  zahiralari  bo’limi  boshqaruvchisi  tovar-moddiy  zahiralarini  saqlash 
xarajatlarini qisqartirish uun ularni kam miqdorda ushlab turishni afzal ko’radi. Biroq 
bunda  tovarning  ombor  va  do’konlarda  bo’lmaslik  holati  tezlashadi,  qog’ozbozlik 
ishlari ko’payadi, rejalashtirilmagan  tovar  mahsulotlarini  ishlab chiqarish  va  uni o’z 
vaqtida  etkazib  berish  uchun  qimmatli  vositalardan  foydalanish  zarurati  yuzaga 
keladi. 
Tovar  harakatlanishini  tashkil  etish  faoliyati  turli  xil  kelishuvlarga  bog’liqligi 
sababli  bunday  qarorlarni  qabul  qilishga  sistemali  yondashish  zarur.  Tovar 
harakatlanishi  tizimining  boshlang’ich  nuqtasi  bu  mijozlar  ehtiyojlari  va 
raqobatchilarning  takliflarini  o’rganishdan  iborat.  Iste’molchilarni  quyidagilar 
qiziqtiradi: 
1. Tovarni o’z vaqtida etkazib berish; 
2.  Ta’minotchining  mijozning  barcha  shoshilinch  ehtiyojlarini  qondirishga 
tayyorligi; 
3. Tovarni yuklash-tushirish paytida ehtiyotkorlik qilish; 
4. Ta’minotchining nuqsonli tovarlarni qaytarib olish va tezlik bilan almashtirib 
berishga tayyorligi; 
5. Ta’minotchining  mijoz  uchun tovar-moddiy zahiralarni qo’llab-quvvatlashga 
tayyorligi. 
Firma  ushbu  xizmat  turlarining  mijozlar  ko’z  o’ngida  nisbiy  ahamiyatini 
o’rganishi  zarur.    Masalan,  fotonusxa  asbob-uskunalari  xaridorlari  uchun  servis 
ta’mirlash  muddati katta ahamiyat kasb etadi. SHu sababli «Kseroks» korporatsiyasi 
servis va ta’mirlash xizmati ko’rsatish standartlarini ishlab chiqqan bo’lib, unga ko’ra 
korporatsiya  «AQSHning  istalgan  nuqtasida  ishdan  chiqqan  apparatni  ariza  tushgan 
paytdan boshlab uch soat ichida ishchi holga keltirish»  majburiyatini o’z zimmasiga 
olgan.  Korporatsiyaning  texnik  xizmat  ko’rsatish  bo’limida  ta’mirlash  va  ehtiyot 
qismlar bilan ta’minlash bo’yicha 12 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qiladi. 


 
257 
Texnik xizmat ko’rsatish uchun o’z standartlarini ishlab chiqishda firma albatta 
raqobatchilarning standartlarini o’rganib chiqishi lozim. Qoidaga ko’ra u mijozlariga 
kamida  raqobatchilari  ko’rsatayotgan  xizmatni  ko’rsatishga  intiladi.  Biroq  asosiy 
maqsad  sotuv  emas,  balki  foydaning  maksimal  darajasiga  erishish  hisoblanadi.  SHu 
sababli firma yuqori darajada xizmat ko’rsatish qanday xarajatlarni keltirib chiqarishi 
haqida  bosh  qotirishi  zarur.  Ba’zi  firmalar  nisabatan  oddiyroq  xizmat  ko’rsatishni, 
biroq  ancha  arzon  narxlarda  taklif  qiladi.  Boshqa  firmalar  esa  raqobatchilarga 
nisbatan  ko’proq  xizmat  ko’rsatib,  buning  uchun  qo’shimcha  haq  olishga  harakat 
qiladilar. 
Nima bo’lganda ham, firma tovar harakatlanish tizimining maqsadlarini belgilab 
olishi va ulardan rejalashtirish jarayonida foydalanishi lozim. Masalan, «Koka-Kola» 
korporatsiyasi  «koka-kolani  qo’l  uzatsa  etadigan  joyga  keltirish»ga  intiladi.  Ba’zida 
firmalar  bundan  ham  uzoqqa  borib,  xizmat  ko’rsatish  tizimining  har  bir  elementi 
uchun 
standartlarni 
ishlab 
chiqadilar. 
Maishiy 
elektr 
uskunalari 
ishlab 
chiqaruvchilardan biri quyidagi servis standartlarini belgilagan: 
1. Etti kun ichida tovar etkazib berish bo’yicha dilerlardan olingan arizalarning 
kamida 50 %ini bajarishlari; 
2. Dilerlarning buyurtmalarini 99 % aniqlikda bajarish; 
3.  Uch  soat  mobaynida  dilerlarning  buyurtmani  bajarish  bo’yicha  ishlar 
o’tg’risidagi so’rovlariga javob berish; 
4.  Yo’lda  zarar  etkazilishi  mumkin  bo’lgan  tovarlar  hajmi  jami  tovarlarning  1 
%idan oshmasligiga erishish. 
Tovar  harakatlanishi  maqsadlari  majmuasini  ishlab  chiqqandan  so’ng  firma 
tovar  harakatlanishini  eng  kam  xarajatari  bilan  amalga  oshirish  mumkin  bo’lgan 
tizimni  shakllantirishga  kirishadi.  Bunda  quyidagi  asosiy  savollarga  javob  topish 
lozim: 
• buyurtmachilar bilan qanday ishlash lozim? 
• tovar-moddiy zahiralarni qaerda saqlash lozim? 
• qancha zahira doimo «qo’l ostida» bo’lishi lozim? 
• tovarni qay tariqa yuklab jo’natish lozim? 


 
258 
Tovar harakatlanishini tashkil etishda to’rtta jihat va marketing nuqtai nazaridan 
ularning ahamiyatiga katta e’tibor qaratish lozim. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish