Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Franchayzing kelishuvlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
10.11. Franchayzing kelishuvlari 
 
Franchayzing  bozor  sub’yektlari  xalqaro  faoliyatining  bir  shaklidir.  U  xalqaro 
franchayzing assosiasiyasining ta’riflashicha, uzoq muddatli munosabatlarni ifodalab, 
sotuv  san’atiga  o’rgatish,  tashkilotchilik  va  boshqaruvni  qo’llab-quvvatlash  hamda 
maxsus  savdo  imtiyozlarini  taqdim  etish  bo’yicha  franchayzi  xizmatlarini  taqdim 
etadi.  Buning  uchun  franchayzer    mos  keluvchi  mukofotga  ega  bo’ladi.  Ikkita 
manfaatdor  tomon  –  franchayzer  va  franchayzi  franchayzing  tizimining  sub’yektlari 
hisoblanadi. Ulardan biri  franshizani taqdim etsa, ikkinchisi uni sotib oladi va undan 
foydalanadi.  Bu  ma’noda  franchayzing  shartnoma  bo’yicha  beriluvchi  belgilangan 
vaqt  davomida  belgilangan  hududda  imtiyozli  foydalanish  huquqini  anglatadi.  Bu 
qatorga  firma  nomi  yoki  savdo  markasi,  mashhur  tovar,  savdo  zali  asbob-uskunalari 
loyihasi,  boshqaruvning  standartlashgan  modeli,  stajirovka,  moliyaviy  vositalarni 
topish, va franchayzer tomonidan o’tkaziluvchi tadqiqotlarni kiritish mumkin. 
Tovar  ishlab  chiqaruvchi,  sotuvchi  va  Litsenziar  franchayzer  bo’lishi,  dilerlar, 
Litsenziat, sotuv tarmog’i va sotuv assosiasiyasi a’zolari franchayzi bo’lishi mumkin. 
Quyida franchayzingning o’ziga xos xislatlari keltirilgan: 


 
239 
• franchayzerning tovar markasi, maxfiy texnologiyalar, asbob-uskunalar, ishlab 
chiqarish va savdo huquqiga egaligi; 
• franchayzerning  franchayziga  o’zining  firma  g’oyalari  va  maqsadlaridan 
foydalanish huquqini berishi; 
• olingan  huquqlardan  foydalanish  va  ularni  nazorat  qilish  tartibini  belgilab 
beruvchi franchayzing shartnomasining mavjudligi; 
• franchayzining unga berilgan huquqlar uchun haq to’lashi. 
Franchayzing  tizimi  huquqiy  nuqtai  nazardan  oddiy  xo’jalik  tashkiloti  emas, 
franchayzi  shartnoma  bo’yicha  oddiy  kontragent  bo’la  olmaydi,  chunki 
franchayzingning  asosiy  shartlarini  franchayzer  yakka  tartibda  belgilab  beradi. 
Bundan  kelib    chiqib,  franchayzing  tizimini  faoliyatining  qonuniyatlarini  hisobga 
olgan  holda  quyidagicha  ta’riflash  mumkin:  bu  franchayzer  va  ko’plab 
franchayzilardan  iborat  bo’lgan  xo’jalik  tashkiloti  bo’lib,    franchayzerning  mulki 
hisoblanuvchi  firma  nomi,  savdo  markasi  va  boshqa  xo’jalik  imtiyozlarini 
franchayziga tovarlarni sotish  va  xizmat ko’rsatishda  foydalanish  uchun pul evaziga 
taqdim  etish  yo’li  bilan  iste’molchilar  so’rovlarini  to’laroq  qondirish  uchun  faoliyat 
ko’rsatadi.  
Franchayzing  tizimi  shartnomaviy  vertikal  marketing  tizimining  shakllaridan 
biri bo’lib, hududiy va ekspluatasion turlarga taqsimlanadi. 
Hududiy franchayzing tizimi tovar ishlab chiqaruvchi yoki ulgurji vositachining 
tovarni sotishda franchayziga belgilangan hududda belgilangan muddatda firma nomi 
yoki  tovar belgisi, rahbariyat  va  maslahatlardan  foydalanish  imtiyozini taqdim etishi 
bilan tavsiflanadi. 
Ekspluatatsiya  franchayzing  tizimi  tovarlarni  sotish  hisobiga  emas,  balki 
franchayziga  firma  nomi,  savdo  markasi  va  maslahatlarni  sotish  hisobiga  foyda 
olinishini nazarda tutadi. 
Hozirgi paytda franchayzing tizimining to’rt xil turi mavjud: 
• 
tovar ishlab chiqaruvchi – chakana savdogar; 
• 
tovar ishlab chiqaruvchi – ulgurji savdogar; 
• 
ulgurji savdogar – chakana savdogar; 


 
240 
• 
xizmatlarni ishlab chiqaruvchi – chakana savdogar. 
Birinchi  turdagi  tizim  qulay  transport  aloqalari  mavjud  bo’lgan  hollarda 
qo’llanib,  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  bu  transport  aloqalari  yordamida  o’z  tizimiga 
belgilangan hududda chakana savdogarlar tarmog’ini integrasiyalaydi. 
Ikkinchi  turdagi  tizim  uchun  sotuv  funksiyalarini  ishlab  chiqaruvchi  bilan 
franchayzing  shartnomasini  tuzuvchi  ulgurji  savdogarga  berish  xarakterlidir.  Bunga 
misol  tariqasida  ulgurji  savdogarlarni  ichimliklar  konsentratlari  bilan  ta’minlovchi 
«Koka-Kola»  va  «Pepsi-Kola»  kompaniyalarini  keltirish  mumkin.  «Pepsi-Kola» 
kompaniyasi  bundan  tashqari  chakana  savdogarlarni  tayyor  ichimliklar  bilan  ham 
ta’minlaydi. 
Frachayzing  tizimining  uchinchi  turi  ulgurji  savdo  tovarlarni  ko’plab  tovar 
ishlab chiqaruvchilardan oluvchi va chakana savdogarlarni franchayzing tizimiga jalb 
qiluvchi  hollarda  qo’llanadi.  Bu  tizim  sport  tovarlari,  medikamentlar  va  attorlik 
mollarini sotishda qo’llanadi. 
To’rtinchi turdagi tizim servis firmalarining turli korxonalarga firma nomi, tovar 
markasi,  ishlab  chiqarish  usullari  va  xizmatlarni  sotishni  taqdim  etadi.  Bu  tizim 
mehmonxona va restoranlar tizimida hamda avtomobillarni sotishda qo’llanadi. 
Franchayzer oluvchi muayyan foyda quyidagilardan iborat: 
• foyda olish usullarining turli-tumanligiga erishish; 
• xalqaro faoliyat sohasini kengaytirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirish; 
• franchayzerning biznesini qo’shimcha kredit ajratmasdan kengaytirish; 
• savdo markasi, patentlar va bo’lajak bozorni eng kam xarajatlar bilan himoya 
qilish; 
• mahalliy  sharoitlarga  moslashish  osonlashadi,  boshqaruv  mahalliy 
franchayzerlar zimmasiga yuklatilishi  sababli til to’siqlari bartaraf etiladi; 
Xalqaro franchayzing shartnomasini imzolashda  franchayzi quyidagi foydalarga 
ega bo’ladi: 
• mashhur  tovar  belgisiga  bo’lgan  va  franchayzerdan  bozor  sharoitlariga 
moslashishda yordam olgan holda biznesni boshlash imkoniyati; 


 
241 
• maxsus  bilimlarning  etishmasligini  franchayzer  tomonidan  o’qitish  va 
rahbariyat tajribasi hisobiga kompensasiyalash. 
Franchayzing  strategiyasini  tizimning  umumiy  samaradorligiga  intiluvchi 
franchayzer  ishlab  chiqadi.  Shu  sababli  ayrim  franchayzining  manfaatlari  hisobga 
olinmay  qolishi  ham  mumkin.  Franchayzingning  franchayzi  uchun  eng  katta 
kamchiligi aynan shunda namoyon bo’ladi. 
Xalqaro franchayzing hamkorlar uchun sezilarli qulayliklardan tashqari bir qator 
muammolarni  ham  keltirib  chiqaradi.  Tovar  va  xizmatlar  nufuzining  yuqoriligi, 
ularning  standartlashuvi,  xarajatlarni  samarali  boshqarish  kabi  omillar  ichki 
franchayzingning  muvaffaqiyatini  belgilab  beradi.  Masalan,  Shimoliy  Amerikada 
yuqori  sifatli  xom-ashyo,  savdo  nuqtalarining  to’g’ri  joylashuvi  va  tez  xizmat 
ko’rstish  hisobiga  katta  muvaffaqiyatlarga  erishgan  «Makdonalds»  firmasi    Evropa 
bozorlariga  kirib  borishda  firmaning  marketing  strategiyasi  milliy  an’analardagi 
farqlarni to’g’ri hisobga olmaganligi sababli qiyinchiliklarga uchradi. Bu erda  firma 
evropaliklarning  ovqatlanishga  oid  odatlariga  moslashishiga  to’g’ri  keldi,  masalan, 
mintaqaviy Evropa mamlakatlarida pivo va tovuq go’shtini xush ko’rishsa, Angliyada 
choyga katta e’tibor qaratiladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish