Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
10.6. Lizing bitimlari 
 
Xalqaro  lizing  bu  turli  mamlakatlar  korxona  va  tashkilotlari  tomonidan 
tuziluvchi  ijara  shartnomasidir.  U  lizing  firmasi  va  ijarachi  yoki  lizing  firmasi  va 
ta’minlovchi (ijaraga beriluvchi mulk egasi) turli mamlakatlarda joylashganligi bilan 
tavsiflanadi. Xalqaro lizing eksport va import lizing turlariga taqsimlanadi. 
Eksport  lizing  –  bunda  lizing  firmasi  asbob-uskuna,  mashina  va  maydonlarni 
milliy firmadan sotib oladi so’ngra uni chet ellik ijarachiga beradi. 
Import lizing – bunda lizing firmasi asbob-uskuna, mashina va maydonlarni chet 
ellik firmadan sotib oladi so’ngra uni o’z mamlakatidagi ijarachiga beradi. 
Amalda xalqaro moliyaviy lizing va tezkor lizing kengroq tarqalgan. 
Xalqaro  moliyaviy  lizing  dunyo  mamlakatlarida  keng  tarqalgan  tipik  lizing  turi 
bo’lib,  shartnomaning  o’rta  va  uzoq  muddatliligi  bilan  tavsiflanadi.  Uni  amalga 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 164c. 


 
231 
oshirish  jarayonida  mulk  to’laligicha  yoki  uning  asosiy  qismi  amortizasiyalanib 
bo’ladi. 
Xalqaro  tezkor  lizing  qisqa  muddatli  kelishuv  bo’lib,  lizing  predmeti 
amortizasiyasi  bir  nechta  ketma-ketlikdagi  iste’molchilarning  to’lovlari  hisobiga 
amalga oshirilishiga asoslanadi. Mazkur lizing shakli reyting deb ham ataladi hamda 
mashina  va  asbob-uskunalarni  reyting  jamiyati  tomonidan  ijarachining  sotib  olish 
huquisiz  qisqa  muddatli  ijaraga  berishini  ifodalaydi.  Bunda  reyting  jamiyati  asbob-
uskunalarni ta’mirlash bo’yicha barcha xarajatlarni to’laydi va buni lizingga nisbatan 
yuqoriroq ijara stavkalari hisobiga qoplaydi. 
Xalqaro  moliyaviy  lizing  xalqaro  tezkor  lizingdan  farq  qiladi.  Unda  ijaraga 
beruvchi  (lizing  kompaniyasi)  aktivlarga  kiritilgan  kapital  qo’yilmalarni  yagona 
ijarachidan  qoniqarli  foyda  olish  hisobiga  to’liq  qoplanishiga  harakat  qiladi.  Shu 
sababli  lizing  davri  ushbu  aktivning  xizmat  qilish  muddatining  asosiy  qismini 
qoplaydi, ijarachi esa texnik xizmat ko’rsatish  va ta’mirlashni o’z zimmasiga olladi. 
Bu lizing turi bekor qilinishi mumkin   emas. 
Moliyaviy  ijarachi,  ijaraga  beruvchi  va  asbob-uskunalarni  etkazib  beruvchi 
ta’minlovchi uchun quyidagi sabablarga ko’ra foydali hisoblanadi: 
1. Mashina va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi to’lovni to’laligicha va darhol 
oladi, ular ijaraga beruvchiga beriladi hamda ta’minlovchi kafolat va kafolat muddati 
bo’yicha  majburiyatlardan  tashqari  ushbu  aktivlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha 
moliviy muammolardan ozod etiladi. 
2.  Ijaraga  beruvchi  ta’minlovchidan  aktivlarni  sotib  olish  uchun  moliyaviy 
vositalarni kiritadi va ijarachidan olinuvchi lizing to’lovlari ko’rinishidagi daromadga 
ega bo’ladi.  
3.  Ijarachi  etarli  mablag’larga  ega  bo’lmagan  holda  aktivlarni  sotib  olish 
imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,    ishlab  chiqarish  asbob-
uskunalariga  muhtojlik  sezayotgan  tadbirkor  lizing  firmasiga  bu  asbob-uskunalarni 
ijaraga  olish  imkoniyatini  taqdim  etish  uchun  so’rov    bilan  murojaat  qiladi.  Lizing 
firmasi  bu  so’rovni  olgandan  so’ng  lizing  takliflarini  ishlab  chiqish  jarayoni 
boshlanadi. Lizing firmasi zarur asbob-uskunalarni ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan 


 
232 
korxonalar  doirasini  aniqlaydi  va  ularning  lizing  bitimini  amalga  oshirish 
imkoniyatlarini  surishtiradi.  SHu  bilan  bir  paytda  u  potensial  mijozni 
(buyurtmachini),  jumladan,  uning  ijara  to’lovlarini  to’lash  imkoniyatlari,  zarur 
kafolatlarini  baholaydi.  Lizing  takliflarini  ishlab  chiqish  jarayonida  lizing  firmasi 
lizing  bitimida  ikkita  fursatdan  iborat  bo’lgan  tavakkalchilikni  baholashga  katta 
e’tibor qaratadi. 
1.  Mijozni,  uning  lizingga  olinayotgan  mulk  bilan  bog’liq  faoliyatini  hisobga 
olgan holda lizing to’lovlarini amalga oshirish imkoniyatini baholash. 
2.  Mulkni,  uning  almashtirilish  darajasini  baholash:  almashtirilish  darajasi 
yuqori  (ma’naviy  eskirishi  sekin,  yangicha  qo’llanishi  oson  bo’lgan  standart  asbob-
uskunalar) bo’lsa tavakkalchilik kam, aks holda (tez eskiruvchan, buyurtmaga asosan 
tayyorlangan,  o’ziga  xos  maqsadlarga  mo’ljallangan  asbob-uskunalar)  esa  yuqori 
bo’ladi. 
Lizing takliflarini tayyorlash bosqichida lizing bitimi bo’yicha to’lovlar hajmini 
belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkichlar: asbob-uskuna yoki boshqa mulkni sotib olish 
narxi,  mulkni  sotib  olishda  olingan  avans,  lizing  stavkasi,  shartnoma  muddati, 
to’lovlar davriyligi, hajmi va usuli tahlil qilinadi. 
Lizing  takliflari  ishlab  chiqilgandan  so’ng  firma  iste’molchi  va  ta’minlovchiga 
zarur  ma’lumotlarni    etkazib  beradi.  Agart  shartlar  qoniqarli  bo’lsa,  tomonlar  lizing 
shartnomasini  imzolaydilar.  SHartnoma  asosida  lizing  firmasi  mos  keluvchi  asbob-
uskunalar  ishlab  chiqaruvchi-ta’minlovchiga  buyurtma  beradi.  Ishlab  chiqaruvchi  u 
va  lizing  firmasi  o’rtasidagi  shartnoma  hisoblanuvchi  buyurtmaga  asosan  asbob-
uskunlarni ishlab chiqargach, etkazib beradi va o’rnatib beradi. Lizing mulki etkazib 
berilgach,  iste’molchi,  lizing  firmasi  va  ta’minlovchi  asbob-uskunalarning  ishga 
yaroqliligini  tasdiqlovchi  qabul  qilish  dalolatnomasini  imzolaydilar.  Dalolatnoma 
imzolangandan  so’ng  lizing  firmasi  ta’minlovchining  hisob  raqamiga  asbob-
uskunalarning xarid narxini  o’tkazadi va lizing shartnomasi kuchga kiradi. 
Lizing shartnomasi ijarachi (tadbirkor) va ijara beruvchining (lizing firmasining) 
asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi, ular o’rtasida lizing mulki bo’yicha 
yuzaga  keluvchi  munosabatlarni  tartibga  soladi.  Lizing  firmasi  mulkning  mutlaq 


 
233 
enasi  bo’lib,  butun  operasiya  davomida  uni  moliyashtirishni  amalga  oshiradi,  biroq 
bunda asbob-uskunalarning sifat tavsifnomalari uchun javobgar bo’lmaydi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish