Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


Xorij bozorlaridan chiqib ketish strategiyalari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

Xorij bozorlaridan chiqib ketish strategiyalari 
• Chekinish  strategiyasi  –  biznesni  tez  tugatish,  yoki  operatsiyalarni  asta-sekin 
to’xtatib, bozordan chiqib ketish. 
• Divestitsiya  strategiyasi  –  davlatdan  kapitalni  olib  chiqib  ketish,  korxonani 
yopish, chet elda o’z ulushini sotish.  
Chet  eldagi  milliy  firmalar  tashqi  bozorga  chiqishda  turli  strategiyalardan 
foydalanishi  mumkin.  Amerikalik  kompaniyalar  tashqi  bozorni  kengaytirish 
maqsadida  yangi  tovarlarni  kiritishga  harakat  qiladilar.  Evropa  strategiyalari 
himoyaviy  bo’lib,  avval  egallab  olingan  yoki  bu  bozorlar  bilan  uzviy  bog’liq 
bozorlarga  kirib  borishni  afzal  ko’radilar.  Yaponiya  kompaniyalari  kam  xarajatli 
assortimenti  cheklangan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  hajmi  katta  bo’lgan 
strategiyalarni afzal ko’radilar. Bu esa ularga sotuv hajmini o’stirishda asosiy raqobat 
vositasi sifatida narxdan foydalanish imkonini beradi. 
Xalqaro marketing sohasida faoliyatning kengayishi, jumladan, xalqaro bozorga 
chiqishdagi  strategiyalar  natijasida  raqobatchilik  global  miqyosda  o’sib  bormoqda. 
Shu  munosabat  bilan  aviatsiya  sanoati,  kemasozlik,  elektron  vositalar  va  elektr 
qurilmalari  ishlab  chiqarish  sohasidagi  yirik  firmalar  global  marketingni 
qo’llamoqdalar. 


 
124 
Xalqaro  marketing  strategiyasi  asosini  quyidagi  yondashuvlar  tashkil  etadi: 
bozor  segmentasiyasi;  maqsadli  bozorlarni  tanlash;  firmaning  bozorga  chiqish 
yo’llarini izlab topish; marketing vositalari va usullarini tanlash va qo’llash; bozorga 
chiqish vaqtini aniqlash. 
Bozor segmentasiyasi asosida xalqaro bozorning har bir elementi turli xil bo’lib, 
turli  tovar  guruhlari,  xulq-atvori  va  talablari  har  xil  bo’lgan  xaridorlar,  mintaqa  va 
mamlakatlardan iborat. 
Maqsadli  bozorlarni  tanlashda  firma  xalqaro  bozordagi  o’rnini  mustahkamlash 
uchun quyidagilardan foydalanishi mumkin:
1
 
1.  «Eski  bozor  –  eski  tovar»  (bozorga  chuqur  kirib  borish  strategiyasi).  Firma 
bozor  ulushini  o’stirishga  ishlab  chiqarish  va  muomala  xarajatlarini  qisqartirish, 
reklamani faollashtirish, maqsadlarni o’zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotdan foydalanish sohasini kengaytirish hisobiga erishish mumkin. 
2.  «Yangi  bozor  –  eski  tovar»  (bozor  chegaralarini  kengaytirish  strategiyasi). 
Strategiya  yangi  xalqaro  sotuv  bozorlarini  egallash  hisobiga  tadbirkorlik  faoliyatini 
aktivlashtirishni  nazarda  tutadi.  Yangi  geografik  bozorlardan  tashqari,  yangi  bozor 
segmentlarini  doimiy  izlanadi,  ya’ni  mazkur  tovar  iste’molchilari  guruhlarini 
kengaytirish va chuqurlashtirish amalga oshiriladi. 
3.  «Eski  bozor  –  yangi  tovar»  (yangi  tovarni  ishlab  chiqish  strategiyasi)  – 
mazkur  bozor  uchun  sifat  jihatidan  yangi  tovarlarni  ishlab  chiqish,  o’zlashtirish, 
ishlab chiqarish va kengaytirishdir. 
Tovarlarni  modifikatsiyalash  va  bozorga  yangi  tovarlarni  kiritish  narxni 
pasaytirish, sifati yaxshiroq tovarlarni ham o’sha narxda sotish, xaridorga qo’shimcha 
kafolat,  iste’mol  krediti  berish,  qo’shimcha  bepul  xizmatlar  ko’rsatish,  sotuvni 
rag’batlantirish  kabi  bevosita  va  yashirin  raqobatchilik  ko’rashi  usullaridan 
foydalanish yordamida amalga oshiriladi.  
4.  «Yangi  tovar  –  yangi  bozor»  (faol  ekspansiya  strategiyasi).  U  firma 
rahbariyati  va  xodimlaridan  faol  harakatlanishni  hamda  katta  miqdorda  mablag’lar 
                                                
1
 
Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  102 с.
 


 
125 
kiritishni talab qiladi  hamda eng tarqalgan  marketing strategiyasi  hisoblanadi. Yangi 
mintaqalarda yangi tovarlar, ularning turlari va modellari, yangi tovar assortimentiga 
talab  mavjud  bo’lgan  yangi  bozorlarni  izlash,  shuningdek,  eski  bozordagi  yangi 
tovarlarga talab paydo bo’lgan yangi segmentlarni izlashga imkon yaratadi. 
Bunday  strategiyani  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  raqobatchi  firma 
egallab  olmagan  bozorda  sotish  uchun  etarli  bo’lgan  ishlab  chiqarish  kuchlari  va 
resurslarga  boy  firmalar  amalga  oshiradi.  Agar  firma  xalqaro  bozorning  bir 
segmentida  etakchilikni  qo’lga  kiritish  niyatida  bo’lsa,  bunday  strategiya  bir 
segmentli  markazlashuv  deb  ataladi.  Firma  xalqaro  bozorning  bir  nechta 
segmentlarida  muvaffaqiyatga  erishishni  istasa,  bunday  strategiya  ko’p  segmentli 
markazlashuv nomini oladi. 
Firma  segmentlar  o’rtasidagi  farqlarga  e’tibor  bermasligi  va  barcha  bozor 
segmentlariga  bitta  tovarning  o’zi  bilan  kirib  borishi,  ya’ni  barcha  iste’molchilar 
uchun bitta tovarni ommaviy ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanishi mumkin. 
Bu  strategiyaning  afzalligi  ommaviy  ishlab  chiqarish  va  yagona  marketing 
konsepsiyasi  hisobiga  xarajatlarning  eng  kamligi  va  iste’mol  bozorining  eng 
kattaligidan iborat. 
Xalqaro  bozor  sharoitlarda  firma  bozordagi  o’rnini  mustahkamlash  maqsadida 
o’zining asosiy faoliyat turiga xos bo’lmagan tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi 
mumkin. Bunday strategiya diversifikasiya strategiyasi deb ataladi. 
Bozorga  chiqish  usulini  tanlash  ko’p  jihatdan  firmaning  ishlab  chiqarish-
moliyaviy ahvoliga bog’liq. Aniq bozor segmenti tanlab olingach, firma oldida ushbu 
segmentni  egallab  olish  uchun  marketing  vositalarini  tanlash  vazifasi  yuzaga  keladi. 
Bu  vositalar  qatoriga  tovar,  uni  sotish  joyi,  tovarning  bozorga  chiqish  kanallari, 
sotuvni  rag’batlantirish,  narx  va  hokazolarni  kiritish  mumkin.  Yuqorida  sanab 
o’tilgan  marketing  vositalaridan  har  biri  muayyan  bozor  sharoitlarida  turli  xil 
ahamiyatga ega bo’ladi. 
Firmaning  bozorda  muvaffaqiyatga  erishishini  xalqaro  bozorga  chiqish  vaqtini 
to’g’ri  tanlash  bilan  ham  izohlash  mumkin  bo’lib,  buni  birinchi  navbatda 


 
126 
raqobatbardoshlik  darajasi  aniqlab  beradi.  Bozorda  ko’pincha  raqobatchisidan 
ilgariroq harakat qilgan yutadi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish