4.3. Bozor kon’yunkturasining asosiy ko’rsatkichlari
Kon’yunkturani o’rganish marketing xizmatini ajralmas qismini tashkil etadi.
“Kon’yunktura” lotincha so’z bo’lib, holat degan ma’noni anglatadi, u keng ma’noda
ularning o’zaro aloqasidan olingan shartlarning yig’indisi, o’tar sharoit,
predmetlarining joylashishidir.
87
Bozor kon’yunkturasi – bu ma’lum bir vaqtda, ma’lum bir hududda talab bilan
taklif o’rtasidagi nisbatdir.
Marketing sharoitini va bozorni tekshirish iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, tabiiy,
siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni tax-lil va bashoratni taxmin qiladi. Xozirgi kunda
deyarli hamma yirik firmalar xususiy kon’yunktura xizmatlariga egadirlar, ular
o’zining faoliyat doirasida jahon va milliy masshtabda kon’yunkturani rivojlanishini
kuzatishadi. Iqtisodiy kon’yunktura bu omillar va qayta ishlash sharoitlarining
rivojlanishi va o’zaro aloqadorlikda talab, taklif, narx omillari asosida bozordagi bir
ko’rinishdir. Bu ko’rsatilgan aniqlik o’z ichida kon’yunktura tushunchasining barcha
amaliy sifatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Birinchidan, unda iqtisodiy kon’yunktura predmeti ko’rsatilgan, ya’ni bozor,
ayirboshlash sohasidagi kon’yunkturani avval olib borilayotgan ishlar bilan
bog’laydi.
Ikkinchidan, kon’yunkturani faqat ayirboshlash sohasidagini emas, balki butun
ishlab chiqarish jarayonini, ya’ni (ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala, iste’mol,
bular ayirboshlash prizmasi orqali aniqlanadi) o’z ichiga qamrab oladi.
Uchinchidan, kon’yunktura dinamik o’sish davrlarida quriladi.
To’rtinchidan, kon’yunktura ishlab chiqarish jarayoni aniq tarixiy sharoitlari
bilan bog’liq, har bir ishlash jarayonining yangi bosqichi uchun omillarning va
kon’yunkturani rivojlanishining sharoitlarining mosligi o’ziga xosdir.
Beshinchidan, uning ko’rinishining asosiy shakli talab, taklif, va narx
dinamikasining nisbatidir. Bir so’z bilan aytganda, ayni shu omillar bozorning
xolatini va dinamikasini aniqlashda markaziy bug’in bo’lib xisoblanadi.
Kon’yunktura tadqiqotining 2 ta ob’yektiga ko’ra - ya’ni iqtisodiy kon’yunktura
tushunchasidagi xo’jalik va tovar bozori, 2 mustaqil tarkibiy qismga ajratiladi:
umumxo’jalik kon’yunkturasi; tovar bozori kon’yunkturasi.
Umumxo’jalik kon’yunkturani strukturaviy birlik deb, shunga qaramasdan tovar
bozorlarining va ko’plab o’zaro munosabatlar kon’yunkturasini yig’indisi deb qarash
mumkin. Tovar kon’yunkturasi umumxo’jalik kon’yunkturasini tashkil etadi,
umumxo’jalik kon’yunkturasi esa tovar bozorlari kon’yunkturasini keltirib chiqarida.
88
Shuning uchun ham umumxo’jalik kon’yunkturani uni tashkil etuvchi tovar
kon’yunkturalarini xususiyatlarining arifmetik summasi deb xisoblab bo’lmaydi.
Tovar bozorlari kon’yunkturasini umumxo’jalik kon’yunkturasini elementi sifatida
birlashuvi, bir butun kabi tovar kon’yunkturasini tashkil etuvchilarga mavjud
bo’lmagan yangi sifatni beradi. Shunday qilib, uning butun qismi va bo’g’inlarining
belgilari o’zaro ta’sirchanligi va o’zaro aloqadorligi shakllarining fe’l - atvorini,
umumxo’jalik va tovar kon’yunkturasini rivojlanishni aniqlaydi.
Bozorni va avvalo butun bozorni kon’yunkturasini kompleks izlanishlar
ishbilarmonlar doirasining fikriga ko’ra, ishbilarmonlarga ularning xo’jalik
qarorlarini qabul qilishda xatoga yo’l qo’ymasligi uchun tavakkalchilikni
pasaytirishda qurol xisoblanadi. Iqtisodiy kon’yunkturani izlash, faqatgina
ayirboshlash sohasini rivojlanishi va uning qayta ishlab chiqarish jarayonining
boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqadorligining umumiy qonunchiligini o’rganish
bilan chegaralanib qolmaydi. U, u yoki bu tovar bozorda vujudga keladigan
asoslangan tahlil va bashorat qilishni amalga oshirishga qaratilgan.
Tovar bozori o’zida, birinchidan, ma’lum bir tovarni ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar o’rtasida, ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar guruhi va iste’molchilar
guruhi o’rtasida iqtisodchilar aloqalarining tizimini o’zida aks ettiradi. Aloqalarning
asosiy ko’rinishi 1-turi bu oldi-sotdi jarayoni, 2-si esa raqobatdir. Tovar bozorlari
tarmoqlararo raqobatning mexanizmi orqali o’zaro ta’sirga egadir va u milliy bozorni
butunlay shakllantiradi. Bozor munosabatlarning tarixiy rivojlanishi davomida milliy
chegara doirasidan chetga chiqmaydi va xalqaro tovar bozorlari shakllanadi.
Kon’yunktura tahlili o’z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi,
bir tovarning boshqasining o’rnini egalay olish imkoniyati, tovar zaxiralari, narxning
o’zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o’rganishni oladi. Bozor
konyu’nkturasini muntazam ravishda o’rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli
yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni
ko’paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu
ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor
kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki buzilganligi bilan
89
xarakterlanadi. Shunga ko’ra bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay
bo’lishi mumkin.
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib
oluvchilarning xarid qobiliyatiga bog’likdir, narx - navoga, moddaning o’zgarishiga
qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi xolatini ishlab chiqarishning texnikaviy
ahvoli, unga sarflangan ko’shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari,
tovar zaxiralari dinamikasi, eksport va import, shuningdek narx - navodagi
o’zgarishlar yo’nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o’rganiladi.
Investisiya summasi va tuzilishiga, mexnat predmetiga bo’lgan talab va
korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid
qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanishini darajasini xisobga olib talab
o’rganiladi.
Uzoq muddatli o’sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir-biri
bilan bog’liq va u bir-birini to’ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to’plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo’linadi
1
:
-o’tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo’lib, kon’yunktura sharxi bo’lib
xisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o’tishdan avval kon’yunkturani
ko’rsatkichlar tizimini ko’rib chiqish darkor.
Ko’rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko’rsatkichlarga bo’linadi.
Makroko’rsatkichlarga - umumxo’jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar:
yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, tovar
oborot ko’rsatkichlari, pul muomalasi ko’rsatkichlari, iste’mol ko’rsatkichlar kiradi.
Mikroko’rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi:
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 104c.
90
ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va
x.k.
Umumxo’jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko’ra ikkita yul
olib borish mumkin:
1. Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari
va sur’atlarini bilib olish masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu
vaqtning ichida uning dinamikasini o’rganish yo’li bilan olib boriladi,
2. Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura xolatini aniqlash masalasi qo’yilgan
bo’lsa, u holda iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini
aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili
va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zaro bog’liq va bir - birini
to’ldiradi.
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik hayotining qiyinligini xisobga
olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan
omillar va statistiktik ma’lumotlarga yondoshib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi
xodisalarning yig’indisiga yondashish kerak. Kon’yunktura tahlilining shakli bu
kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab, mahsulotni absolyut
birligi ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,
iste’molchilar doirasi tezrok yoki sekinrok kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar, masalan ko’ra metallurgiya, havo va suv transporti, qurilish
belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha
ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni avtomobil, radioelektron va shu kabilar qisqa
muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilarga sotiladi.
Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida ishlab
chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi bo’lib
xisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday
tarmoqlarda uning yo’qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy
siklning dinamikasidan rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |