Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


-BOB. XALQARO MARKETING MUHITI



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

2-BOB. XALQARO MARKETING MUHITI 
 
2.1. Globallashuv sharoitida xalqaro savdo tizimi 
 
O’z  mahsulotlarini  chet  elda  sotish  uchun  firma  xalqaro  marketing  muhiti 
xususiyatlarini  aniqlab  olishi  lozim.  Eng  muhim  o’zgarishlar  sifatida  quyidagilarni 
ko’rsatish mumkin: 
• jahon  iqtisodiyotining  baynalminallashuvi  –  xalqaro  savdoning  jadal  suratlar 
bilan o’sishi, chet elda kapital joylashtirishning o’sishi; 
• xalqaro moliya tizimining shakllanishi; 
• turli  mamlakatlarda  talab  shartlari  va  iste’mol  xususiyatlarini  tenglashtirish 
tendensiyasining o’sishi; 
• jahon  bozorlarida  raqobatning  kuchayishi;  xaridorlarning  mamlakatga  import 
qilinuvchi  tovarlarning  sifati,  dizayni,  yangiligi  va  boshqa  ko’rsatkichlariga  bo’lgan 
talabining  o’sishi  sababli  tashqi  bozorga  etkazib beriluvchi  tovarlar  sifatida  sezilarli 
o’zgarishlarning yuz berishi; 
• XXR, MDH, Arab mamlakatlari va boshqa mamlakatlarning yirik bozorlariga 
asta-sekinlik bilan kirib borish. 
Xalqaro  marketing  muhitini  o’rganish  xalqaro  savdo  va  kooperasiya  tizimi, 
iqtisodiy,  siyosiy-huquqiy  va  madaniy  muhit,  tovar  va  xizmatlar  xalqaro  bozorini 
o’rganish,  xalqaro  raqobat  va  xalqaro  marketingni  tashkil  etish  bilan  bog’liq 
masalalarni hal qilishni o’z ichiga kiritadi. 
Xalqaro savdo tizimi dunyoning barcha mamlakatlari tashqi savdosi yig’indisini 
aks  ettiradi  –  u  mamlakatlar  o’rtasidagi  savdo  bo’lib,  tovar  va  xizmatlar  importi  va 
eksportidan  iborat  bo’ladi.  Mamlakatning  tashqi  savdosini  davlat  tartibga  solib 
boradi.  Bunda  har  bir  mamlakat o’ziga  xos  tashqi  savdo  siyosatini  yuritadi.  Buning 
uchun  tarifli  va  notarif  tartibga  solish  vositalaridan  foydalaniladi.  Masalan,  import 
boji  muayyan  mamlakatga  nisbatan  qaysi  ta’rif  qo’llanishiga  (masalan,  Kanadada 
AQSH bilan savdoda maxsus tariflarning olti xil turi mavjud) bog’liq bo’ladi. Boshqa 
mamlakatlarda  mahsulotni  sotishni  tashkil  etishda  firma  turli  xil  cheklovlarga  duch 


 
53 
kelishi  mumkinligi  sababli  xalqaro  marketing  muhitini  sinchiklab  o’rganish  zarur. 
Davlatning tashqi savdo strategiyasining to’rt turini ajratib ko’rsatish mumkin: 
• izolyasiya strategiyasi (siyosiy va mafko’raviy qoida-jihatlarga asoslanadi); 
• proteksionizm  strategiyasi  (o’z  tovar  va  xizmatlar  bozorini  himoya  qilishga 
asoslanadi); 
• erkin savdo strategiyasi (tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirishga asoslanadi); 
• defitsitli  bozorni  himoya  qilish  yoki  «teskari  proteksionizm»  strategiyasi 
(defisit bozorni to’ldirishga asoslanadi). 
Davlatning tashqi savdo siyosati siyosiy, iqtisodiy, tarixiy, jug’rofiy, madaniy va 
boshqa xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. 
 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish