Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Tovar ayirboshlash bitimlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
10.3. Tovar ayirboshlash bitimlari 
 
Tovar  ayirboshlash  operasiyalari  yoki  xalqaro  muqobil  savdo  (keutertreyd) 
savdo bitimlari yig’indisi bo’lib, ularni tuzishda mahsulot sotib olish turli sabablarga 
ko’ra  eksport-import  operasiyalarida  muvozanatga  erishish  maqsadida  javob 
tariqasida  tovar  etkazib  berish  bilan  amalga  oshiriladi.  Tovar  ayirboshlash 
operasiyalarida sotuv hajmi odatda qiymat bo’yicha teng bo’lmaydi, mahsulot uchun 
hisob-kitob  to’laligicha  pul  shaklida  yoki  saldo  hajmida  o’zaro  tovar  etkazib  berish 
shaklida amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar ayirboshlash operasiyalari hukumatlararo tovar 
ayriboshlash  to’g’risidai  bayonnomalar,  ishlab  chiqarish  kooperasiyasi  to’g’risidagi 
kelishuvlarni  amalga  oshirishda  foydalanilishi  mumkin.  Tovar  ayirboshlash 
operasiyalarining  quyidagi  shakllari  mavjud:  javob  tariqasidagi  muqobil  xaridlar, 
barter  bitimlar,  kompensasiya  kelishuvlari,  xalqaro  savdoni  asosan  valyuta  hisob-
kitoblarisiz amalga oshirish imkonini beruvchi «ofset» va «svich» kliring bitimlari 


 
225 
Javob tariqasidagi xaridlar bu javob tariqasidagi muqobil savdoning shakllaridan 
biri bo’lib, bunda resipient mamlakat import qilinayotgan mahsulot, texnologiya yoki 
asbob-uskunalarga  to’xtovsiz  tovar  etkazib  berish  bilan  hisob-kitob  qiladi.  Javob 
tariqasidagi  xaridda  eksport  buyurtmasini  olish  sharti  sifatida  eksportchi  ma’lum  bir 
mamlakatda  tovar  yoki  xizmatlarni  sotib  olish  majburiyatini  oladi.  Ikki  xil  parallel, 
mustaqil shartnomalar mavjud
1

1.  Asosiy  (eksport)  buyurtma.  Uning  haqi  naqd  pul  ko’rinishida  yoki  kreditga 
to’lanadi. 
2.  Asosiy  buyurtmaning  10-100%ini  tashkil  etuvchi  miqdorda  tovar  yoki 
xizmatlarni  vstrechn  xarid  qilishga  buyurtma.  Javob  tariqasidagi  xarid  buyurtmasi 
muayyan  tovarlar  uchun  shartnomada  yoki  maqsadlar  deklarasiyasida  keltirilishi 
mumkin.  Bunda  tovarlar  asosiy  eksport  buyurtmasidagi  tovarlarga  umuman  bog’liq 
bo’lmasligi  mumkin.  Javob  tariqasidagi  xarid  tashqi  savdoda  eng  ko’p  uchraydigan 
savdo  shakli  bo’lib,  ayniqsa  SHarqiy  Eropa  mamlakatlari,  Hindiston  va  Indoneziya 
kabi mamlakatlar bilan savdoda keng tarqalgan. 
Ofset bitimi  xalqaro savdoda javob tariqasidagi operasiyalarning bir turi bo’lib, 
tovar  ayirboshlashni  hamda  turli  xil  xizmat  va  imtiyozlar  o’rniga  kapital  kiritish 
imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadi. 
Ofset  bitimi  javob  tariqasidagi  savdoda  tarkibiga  zamonaviy  texnologiyalar 
kiruvchi  mahsulotlarni  eksport  qilish  uchun  qo’llanadi.  Ofset  bitimi  asosida  import 
qiluvchi  mamlakatning  ilg’or  texnologiyalardan  foydalangan  holda  o’zining  sanoat 
imkoniyatlarini  rivojlantirishga  intilishi  yotadi.  Uzoq  vaqt  davomida  ofset  bitimlari 
mudofaa  tizimi  va  aviasiya  sohasiga  xos  bo’lgan  bo’lsa,  hozirgi  paytda  bu  bitimlar 
boshqa  mahsulot  turlari  bozorlarida  ham  keng  tarqalmoqda.  Ofset  kelishuvi  varianti 
eksportchi  mahalliy  ishlab  chiqarish  kuchlarini  yaratayotgan  yoki  uzoq  muddatli 
sanoat kooperasiyasining boshqa turlari shaklini amalga oshirishga kirishgan hollarda 
eksport shartnomalarini tuzishda yuzaga keladi. 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 160c. 


 
226 
Kompensasiya  bitimlari  oldi-sotdi  shartnomasi  bo’lib,  teng  qiymatli  tovarlarni 
etkazib  berilishini  ko’zda  tutadi.  Bu  bitimlar  asosan  raqobatchilar  zarur  to’lov 
vositalariga  ega  bo’lmagan  hollarda  qo’llanadi.  Bu  vaziyatda  ta’minlovchi  o’z 
tovarlarini kontragentga bu tovarlardan ishlab chiqarishda  foydalanib, to’lov sifatida 
ta’minlovchi  ilgari  etkazib  bergan  yarim  tayyor  mahsulotlar,  xom-ashyo,  tovar  yoki 
kreditlash  xizmatlaridan  foydalangan  holda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  etkazib 
berish  shartlarida  etkazib  beradi.  Tovar  nomenklaturasi  va  ularning  narxi  bo’yicha 
kelishuvdan  so’ng  ikkala  ro’yxat  kompensasiya  kelishuviga  ilova  qilinadi  va  uning 
ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Mazkur  kelishuvning  o’ziga  xosligi  shundan  iboratki, 
tomonlardan  biri  ro’yxatda  belgilangan  tovarlarni  etkazib  bera  olmagan  hollarda  u 
o’z  mamlakatidagi  bankda  kontragent  foydasiga  uning  etkazib  berilmagan  tovar 
uchun  pul  mablag’larini  olishi  uchun  hisob  raqami  ochishi  mumkin.  Bu  pulni  faqat 
shu  mamlakat  hududidagina  sarflash  mumkin.  boshqacha  qilib  aytganda,  kliring 
shaklidagi o’zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi. 
Barter  savdosi  valyutasiz,  biroq  pul  qiymatida  baholangan,  bevosita  shartnoma 
orqali  rasmiylashtirilgan  muvozanatlangan  tovar  ayirboshlashdir.  Tovarni  baholash 
teng  kuchli  ayirboshlash  uchun  sharoit  yaratish,  shuningdek,  bojxona  hisobi, 
sug’o’rta  miqdorini  aniqlash,  shikoyatlarni  baholash  va  jarima  belgilash  uchun 
amalga oshiriladi. Barter bitimida o’zaro shikoyatlar bo’yicha hisob-kitoblar (jarima, 
arzonlashtirish  va  hokazo)  qo’shimcha  tovar  etkazib  berish  yoki  aksincha,  tovar 
etkazib  berishni  kamaytirish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Barter  bitimidan 
foydalanishning  asosiy  sabablari  erkin  konvertasiya  qilinuvchi  valyutaning 
etishmasligi,  uning  barqaror  emasligi,  tavakkalchilik  kabilar  hisoblanadi.  Xalqaro 
valyuta  likvidligi  muammosi  keskinlashganda  xalqaro  savdoda  barter  bittimlarining 
soni ortadi. Bundan tashqari, zamonaviy xalqaro sharoitlarda barterdan narx va soliq 
bosimini  kamaytirish,  tijorat-xo’jalik  aloqalari  uzilishining  oldini  olish  uchun  ham 
foydalaniladi.  Barterning  eng  katta  kamchiligi  hamkorlar  manfaatlarining  mos 
tushishi  zarurligidadir.  Bitimlar  qisqa  muddatli  xarakterga  ega  bo’ladi.  Barterning 
yana bir salbiy jihati mamlakatga kirib keluvchi valyuta oqimining yo’qligidir. 


 
227 
 «Svich» yoki «svop» savdosi odatda ochiq dengizda hujjatlarni almashtirish va 
tovar  jo’natilgan  manzilni o’zgartirish  yordamida  amalga  oshiriladi.  «Svitch»  bitimi 
juda  murakkab  bo’lib,  unda  turli  bozorlardagi  brokerlar,  sotuvchi  va  xaridorlar 
bo’g’ini ishtirok etishi mumkin. 
Svidetelskie scheta bitta mamlakatda ko’plab bitim tuzuvchi, ularga mamlakatga 
kiritilgan eksport qiymatini qoplash uchun javob tariqasidagi xaridni amalga oshirishi 
talab  qilinishi  mumkin  bo’lgan  kompaniya  va  firmalar  tomonidan  qo’llanadi. 
Masalan,  rivojlanayotgan  mamlakatda  ishlab  chiqarish  filialiga  ega  bo’lgan 
transmilliy  kompaniyaga  material  va  asbob-uskunalar  qiymatiga  teng  bo’lgan 
miqdorda  javob  tariqasida  xaridni  amalga  oshirish  talab  qilinishi  mumkin.    Bu 
kompaniya  mazkur  mamlakat bilan muntazam va uzluksiz savdo olib borishi sababli 
bu mamlakatga import qilinayotgan tovarning har bir partiyasi uchun javob tariqasida 
xaridni amalga oshirishning imkoni yo’q. Shu sababli kompaniya sv-schetni yuritishi 
mumkin: 
•  bu mamlakatga qilinuvchi importni debetlash; 
•  u bilan tuzilgan eksport kelishuvlarini kreditlash. 
Bu  svidetelskiy  schet  yildan-yilga  muvozanatlangan  holda  saqlab  borilishi 
lozim. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish