Boshqa xizmatlar. Xalqaro marketingda boshqa xizmatlar qatoriga asbob-
uskunalardan tashqari ularning tarkibiy qismlari kafolati va ta’mirlashni kiritish
mumkin. Kompaniya tomonidan turli mamlakatlarda ko’rsatiluvchi qo’shimcha
xizmatlar hajmi xaridorlarning xususiyatlari va eksportchining muayyan tashqi
bozordan manfaatdorlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
7.9. Xalqaro savdoda servis xizmati
Xalqaro savdoda servis bu — eksportchi va uning vakili tomonidan amalga
oshiriluvchi operasiyalar majmuasi bo’lib, ular tufayli chet ellik xaridorga optimal
tovarni sotib olish, shuningek, undan oqilona va unumli foydalanish imkoniyati
taqdim etiladi.
To’g’ri va mohirona tashkil etilgan servis mohiyatiga ko’ra chet ellik
xaridorning tovarni sotib olishga qaror qilishidan to tovarning xizmat muddati
tugaguncha hamrohlik qiladi. Qisqa muddat foydalaniluvchi iste’mol tovarlari bilan
bog’liq xalqaro servis operasiyalari hajmi va strukturasi uzoq muddat
foydalaniluvchi, ayniqsa, ishlab chiqarish-texnika yo’nalishidagi tovarlardan keskin
farq qiladi. Agar birinchi guruhdagi tovarlar uchun servis xizmati kam sonli va oddiy
bo’lsa, ikkinchi guruhdagi tovarlar ko’psonli va murakkab servis xizmatlariga ega
hisoblanadi. Servis xizmatlari sotuvdan oldingi (bepul) va sotuvdan keyingi, u esa o’z
navbatida kafolatlangan va kafolatlanmagan turlarga taqsimlanadi.
Sotuvdan oldingi servis kamchiliklarni tuzatish, mahsulotni ishga yaroqli holga
keltirish, uning ishlashini namoyish etish, maslahat berish, zarur hujjatlar bilan
ta’minlash, transport turini tanlash va mahsulotni etkazib berish uchun rasional jadval
tuzish, tovarni chet ellik xaridor manziliga markazlashgan etkazib berish
yo’nalishlarini tanlash kabilarni o’z ichiga oladi.
172
Sotuvdan keyingi servis belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi. U
quyidagilardan iborat: tovarni markazlashgan holda etkazib berish, o’rnatish, ishga
tushirish, xodimlarga texnikani ekspluatatsiya qilishni o’rgatish, vaqti-vaqti bilan
tekshirish va profilaktik ta’mirlash, eskirgan qismlarni almashtirish, moylash va
boshqalar. Mazkur servis xizmatlari muntazam ravishda bepul bajariladi.
Sotuvdan keyingi kafolatlanmagan servis o’z ichiga xodimlarni qo’shimcha
o’qitish, maslahat berish, texnikani modernizatsiyalash, texnik xizmat ko’rsatish,
joriy va kapital ta’mirlash kabilarni kiritadi. Mazkur servis xizmatlari hajmi va narxi
shartnoma, preysko’rant va boshqa hujjatlarda belgilab qo’yiladi.
Xalqaro servis xizmati ko’rsatish jarayonida quyidagilar huquqiy tomonlar
hisoblanadi:
1
1)buyurtmachi (texnika egasi yoki uning vakili);
2)pudratchi (servis xizmati ko’rsatishga ixtisoslashgan firma yoki firmalar
assosiasiyasi).
Buyurtmachining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
• pudratchiga mukofot to’lash;
• servis xizmati ko’rsatiladigan mamlakatga borish uchun viza olishni
engillashtirish;
• buyurtma to’g’risida ma’lumotlar hamda pudratchining buyurtmachi
mamlakatda bo’lish qoidalari haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;
• barcha zarur hujjatlarni pudratchiga taqdim etish;
• pudratchining ish bajarishida unga har jabhada ko’maklashish.
Pudratchining asosiy majburiyatlari:
• buyurtmachi mamlakatda bo’lish to’g’risidagi qoidalar, shuningdek, texnika
xavfsizligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, yong’in xavfsizligi resurslarni saqlash
talablari bo’yicha barcha qoidalardan xabardor bo’lish va ularni bajarish;
• servis xizmatini rejalashtirish;
• maslahatlar berish va mos keluvchi tavsiyanomalarni ishlab chiqish;
1
Аникеева-Науменко Л.О., Пересветова Е.Б. Международный маркетинг: Учебное пособие для
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. – 145 с.
173
• buyurtmachining xodimlarini o’qitish;
• texnikadan unumli foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish;
• muntazam ravishda texnika vositalarini tekshirib borish, ularni moylash,
tozalash va tartibga solib borish;
• eskiirgan detal va ehtiyot qismlarni almashtirish;
• texnikaga avariya xizmati ko’rsatish;
• joriy va kapital ta’mirlashni yo’lga qo’yish;
• texnikani montaj va demontaj qilish, ishga tushirish, ishlatib ko’rish;
• buyurtmasiga har safar bajarilgan ishlar to’g’risida batafsil hisobot berish.
Chet elliklarga servis xizmati ko’rsatish bo’yicha xalqaro amaliyotda uni tashkil
etishning bir nechta tizimi mavjud:
1.Servis xizmati xaridorlar soni kam, mahsulot texnik jihatdan murakkab
bo’lmagan va yuqori malakali mutaxassislarni talab qilmagan paytda faqat tovarni
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
2.Servis xizmati xaridorlar soni ko’p, tovar keng tarqalgan, servis xizmatining
operativ xodimlari mashina, asbob-uskuna va qurilmalarga maksimal darajada yaqin
bo’lgan hollarda ishlab chiqaruvchining xaridor mamlakatdagi mutaxassislari
tomonidan amalga oshiriladi.
3.Servis xizmati xaridor mamlakatda faoliyat ko’rsatuvchi chet ellik
ixtisoslashgan
xizmat tomonidan amalga oshiriladi, biroq bunda
ishlab
chiqaruvchining xarajatlari ortib, tovar sifati va xaridorlarning tovarga bo’lgan
munosabati haqida birlamchi tezkor ma’lumot olish qiyinlashadi.
4. Servis xizmatini asosiy etkazib beruvchi mamlakatdagi turli xil asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchi, filiallari xaridor mamlakatda joylashgan firmalar
konsorsiumi amalga oshiradi; odatda murakkab texnika va asbob-uskunalarga xizmat
ko’rsatishda qo’llanadi.
5. Servis xizmati xaridorlarni, ularning malakasi va ko’nikmasi, ekspluatatsiya
qilish shartlaridan xabardor bo’lgan vositachilar (agentlar, dilerlar, distribyutorlar)
tomonidan amalga oshiriladi; importchi mamlakatning kichik hududini qamrab oladi.
174
6. Servis xizmati boshqa murakkab asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi, yuqori
malakali injener-texnik va ishchi xodimlarga ega bo’lgan chet ellik xaridorlar
tomonidan amalga oshiriladi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda eksport tovar siyosati katta hajmda
xalqaro marketingga asoslangan turli-tuman ishlar bajarilishini talab qiladi, bu esa
xalqaro bozor sub’yektlari tadbirkorlik faoliyatining ijobiy natijalariga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |