1.2. Mikroelementlarga umumiy xarakteristika va inson organizmining
mikroelementlarga bo‟lgan talablari.
Tirik organizmlar hayotida minerallar juda muhim rol o‟ynaydi. Organik
moddalar bilan birga minerallar organlar va to‟qimalarning bir qismidir,
shuningdek metabolism jarayonida ishtirok etadi.
Mineral moddalarning muhim guruhlaridan biri mikroelementlar bо„lib, ular
о„ziga xos xususiyatlari, funksiyalari bilan ajralib turadi. Mikroelementlar barcha
hayotiy jarayonlarni boshqarib boruvchi biologik faol moddalarning bevosita
tarkibiga kiradi
. Mikroelementlar tanada juda oz miqdordagi (bir grammdan o‟n
grammgacha yoki undan kamroq ) bo‟lgan moddalardir. Mikroelementlar faqat
juda oz miqdorda kerak bo‟lsada, ular muhim oziq moddalardir.ularsiz o‟sish yoki
energiya ishlab chiqarish kabi ko‟plab oddiy vazifalar sodir bo‟lmaydi. Ushbu
moddalarning bir yoki bir nechta yetishmovchiligi yetishmovchilik belgilarining
rivojlanishi bo‟lib, o‟ta xavfli holatda o‟limga olib kelishi mumkin.
Bu kabi
moddalar: temir, marganets, mis, sink, kobalt, molibden, silikon, ftor, yod va
boshqalar kiradi. Shuning uchun ham ularning taqchilligi yoki me‟yoridan kо„pligi
fermentlar
yoki
gormonlar
ishtirokisiz
о„tmaydigan haqiqiy kimyoviy
о„zgarishlarning buzilishiga olib keladi. Bu holat esa meyoriy fiziologik
jarayonlarning (ovqat hazm bо„lishi, moddalar almashinuvi, ajralish, tashqi
moddalar sintezi va boshqalar) izdan chiqishiga, turli-tuman kasalliklarning paydo
bо„lishiga olib keladi. Ma‟danli moddalarning ushbu xususiyati ya‟ni о„ziga
xosligi yoki spetsifikligi ularning ta‟sir doirasini ancha kengaytirib va u yoki bu
elementning tanada kamligi yoki kо„pligi bir xarakterli kasallikni emas, balki bir
necha xastaliklarni chaqiradi. Tanada uchraydigan kimyoviy elementlarning yana
bir xususiyati shundaki, ular tufayli tirik organizm, uning barcha a‟zolari tegishli
bioelektrik faollikka, ya‟ni biopotensiallarga (biotoklarga) ega bо„ladi. Masalan,
miya va nerv hujayralari, yurak, oshqozon-ichak tizimi va muskullar biotoklari
tegishli elementlarning kationlari va anionlarining guruhlanishidan paydo bо„lib,
bu bilan ulardagi hamda bir butun organizmdagi qо„zg„aluvchanlik,
о„tkazuvchanlikni ta‟minlab turiladi [2; 12].
Odamlar uchun minerallarning asosiy manbai - suv va istemol qiladiga oziq-
ovqatdir. Ba‟zi mineral elementlar keng tarqalgan bo‟lib, boshqalari kamroq va
kamror miqdorda. Bugungi kunda, ekologiyaning buzilganligi sababli, eng yaxshi
manba parhez qo‟shimchalari va tozalangan mineral suv bo‟lishi mumkin.
Ma‟danli moddalarning bir qanchasi tana massasining juda kam qismini
tashkil kiladi, ular mikroelementlar deyiladi. Shunday bо„lsada, ular hayotiy
jarayonlarning kechishida albatta ishtirok etishi lozim. Shu bilan bir qatorda
tananing har bir a‟zosi, hujayra va tо„qimalarida biogen elementlar aniq bir
nisbatda bо„ladi. Mikroelementlar turli metabolitik jarayonlarda faol ishtirok etadi.
Bir mikroelementning kо„p bо„lishi, boshqasining kamayishiga olib kelishi
mumkin. Ularning yetishmasligi organizmning rivojiga salbiy ta‟sir kо„rsatadi.
Mikroelementlar organizmga asosan suv va о„simlik ovqati bilan birga kiradi.
Odamda mikroelementlar yetishmovchiligi birmuncha kam uchraydi. Temir
yetishmovchiligi
bilan
yod
yetishmovchiligi
bundan
mustasno,
temir
yetishmovchiligi temirga yolchimaslik natijasida yuzaga keladigan anemiya
shaklida namoyon bo‟lsa, yod yetishmovchiligi tuprog„i bilan suvida shu element
kam bо„ladigan joylarda uchraydi va buqoq kasalligini keltirib chiqaradi [26].
Tanadagi barcha hujayralar va ular orasidagi suyuqliklar о„rtasida kimyoviy
elementlar miqdori va nisbati dastavval iste‟mol qilinadigan ovqatda bu
moddalarning mavjudligiga, ularning oshqozon-ichak tizimidan sо„rilish
xususiyatlariga va boshqa sabablarga bog„liq bо„ladi. U yoki bu elementga
taqchillik sezilganida, ularni tabiiy manbalar, ya‟ni meva-chevalar, sabzavot
mahsulotlarini tanlab qabul qilishga kо„proq e‟tibor qilish kerak. Chunki, inson
uchun shu mahsulotlardagina kerakli kimyoviy moddalar ma‟lum miqdorda va
nisbatda bо„lib, ularni iste‟mol qilish bilan tanamizdagi hujayra va tо„qimalarni
tegishli ravishda mikro- va makroelementlar bilan ta‟minlash oson kichadi.
Mikroelementlar hayvon va o‟simlik mahsulotlarida mavjud. О„simlik
mahsulotlarini «tirik» holda iste‟mol qilish orqali barcha kimyoviy elementlarni
yetarli miqdorda qabul qilamiz [9; 19; 31]. Shu bilan birga, minerallarning
hayvonot va o‟simlik ovqatlariga kirishi sintez jarayonida olingan birikmalardan
ko‟ra ko‟proq foyda keltiradi. Inson tanasining asisiy elementlari - brom, bor,
vanadiy, yod, temir, marganets, mis. Hayotni saqlashda kobalt, nikel, molibdin,
selen, xrom, ftor, va rux ishtirok etadi. Shuning uchun endokrin bezlarning ishlashi
yanada barqrorlashadi, skelet shakllanishi – yanada to‟g‟iri bo‟ladi[ ].
Turli oziq ovqatlar turli xil miqdorda minerallarni o‟z ichiga oladi. Misol
uchun, sigirning sut va sut mahsulotlari tarkibida 20 dan ortiq turli minerallar
mavjud bo‟lb, ulardan eng muhimi temir, marganets, ftor, rux, yod hisoblanadi.
Go‟sht va go‟sht mahsulotlari tarkibida kumush, titan, mis, rux va dengiz
mahsulotlari tarkibida mikroelementlar mavjud bo‟lib, yod ftor va nikel o‟z ichiga
oladi. Mikroelementlar yetishmasligi oqibatida kelib chiqqan kasallik ko‟pincha
yerning ma‟lum hududlarida topiladi, bu yerda geologik xususiyatiga qarab
ma‟lum bir mikroelementning yabiiy konsentratsiyasi boshqa sohalarga past
bo‟ladi.ma‟lum hududlari[].
Temir
odam tanasidagi barcha hayotiy jarayonlarning meyorida borishi
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Tanamizdagi temirning 57 % qondagi aniqrog„i
qizil qon tanachalaridagi gemoglobin tarkibida, 7 % i muskullarda mioglobin
kо„rinishida, 16 % i tо„qimalarda uchraydigan metallofermentlar tarkibida, qolgan
20 % esa jigar, taloq, buyraklar va iliqda zahira holda turadi [4; 7; 9]. Gemoglobin
qizil qon tanachalarining (eritrotsitlarning) asosini tashkil qiladi. Bitta eritrotsitda
250 million gemoglobin molekulasi bо„lib, uning har qaysisida bittadan temir
atomi bо„ladi. Ma‟lumki, eritrotsitlar tirik hujayralar hisoblanib, iliklarda yangidan
hosil bо„ladi va 90-120 kundan keyin asosan taloqda о„z vazifasini о„tab halok
bо„ladi va bir vaqtning о„zida tarkibidagi temirni ham yо„qotadi. Shu bois yangi
eritrotsitlarning shakllanishi va hosil bо„lishi uchun oziq- ovqat mahsulotlari bilan
temir doimiy suratda qabul qilib turilishi shart [24; 26]. Temir peroksidaza,
sitoxromoksidaza, suksinatdegidrogenaza, katalaza kabi bir nechta oksidlovchi
fermentlar tarkibiga kirib, oksidlanish jarayonlarida faol qatnashadi. U hujayra
sitoplazmasi va yadrosining bevosita tarkibiga kiradi [9; 19]. Insonning normal
hayot faoliyati temir elementining о„zidan tashqari, temir tutuvchi organik
birikmalar ham juda zarur. Ulardan eng muhimi nafas olish pigmenti –
gemoglobindir. Organizmda temir gemoglobindan tashqari muskullarda kislorod
g„amlovchi oqsil – mioglobinda ham bо„ladi. Shuningdek, temir tutuvchi
fermentlar ham ma‟lum. Temir qon hujayralari shakllanishidan mas‟ul va hujayrali
nafas olish bilan shug‟illanadi. Va, nihoyat, oqsil kompleksi – ferritin ma‟lumdir.
Undan organizm uchun zarur bulgan barcha temir tutuvchi moddalar hosil bо„ladi.
Og„ir metallar hayvon va о„simliklar tanasida juda kam miqdorda mikroelement
sifatida uchraydi. Faqat temir bu ma‟noda boshqa og„ir metallardan farqlanadi.
Uning katta yoshli odam tanasidagi miqdori 4-5 grammga teng [28]. Temirning
sutkalik qabul qilinish meyori erkaklarda о„rtacha 10 mg ni, ayollarda esa 18 mg ni
tashkil qilib, iste‟mol qilinadigan taomlarda temir kam bо„lsa, odamda darhol bu
elementga nisbatan taqchillik paydo bо„ladi [21]. Bunday taqchillik teri rangining
oqligi ya‟ni teri rang parangli, ish qilganda tez charchash, nafasga tо„ymaslik kabi
holatlar bilan xarakterlanadi. Bu belgilarning paydo bо„lishi qonda kislorod va
karbonat angidridni tashuvchi gemoglabin moddasining kamayib ketishidir,
gemoglobin esa temir elementisiz hosil bо„lmaydi. Butun Dunyo Sog„liqni Saqlash
Tashkilotining e‟lon qilgan ma‟lumotlariga qaraganda, kamqonlilik (anemiya) yer
yuzasidagi aholining 20 % ida uchraydi. Shu kasallikning 80 % temir yetishmasligi
tufayli bо„lar ekan. Jahon Sog‟liqni Saqlash Tashkiloti ( JSST ) ma‟lumotiga ko‟ra,
ushbu shakldagi kamqonlikdan har oltita erkakdan biri va dunyodagi har uchinchi
ayol aziyat chekadi [ 44 ]
Turli-tuman sabablarga kо„ra tanadan qon yо„qotilishi organizmda temir
moddasining kamayib ketishiga olib keladi. Ayniqsa, ayollarda ushbu yо„l bilan
(hayz kо„rish, bola tug„ish va boshqalar) temir taqchilligi tez-tez kuzatiladi.
Shuning uchun ayollar ovqatlanishida ushbu moddaning yetarli bо„lishiga alohida
ahamiyat berish zarur. Ularda temirga bо„lgan sutkalik talab, yuqorida qayd
qilinganidek, erkaklarga qaraganda qariyb ikki baravar kо„p (18 mg). Homilador
va sut emizadigan onalarda esa bu kо„rsatkich 33-38 mg gacha chiqadi [24 ;26; 27;
28; 30]. Shu narsa muhimki, temir yetishmasligi tufayli kamqonlik kasalligiga
chalingan ayollardan tug„ilgan bola kasalliklarga tez chalinuvchan, injiq, rangi
oqargan, asab tizimi ancha kuchsiz bо„ladi. Bunday bolaning tez-tez boshi og„rib
turadi, ichi dam bо„ladi, sochlari tо„kilib siyraklashadi, og„iz chetlarida teri
yorilish hollari kuzatiladi.
Respublikamizning janubiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog„iston va
Xorazm viloyatlarida tug„ish yoshida bo„lgan ayollar orasida anemiya bilan
og„riganlar ko„p uchuraydi. Bularning aksariyatiga noto„g„ri ovqatlanish sabab
bo„ladi, ya‟ni ularning yegan ovqatida temir yetarli bo„lmaydi yoki u ovqat bilan
tegishli miqdorda qabul qilinsada, me‟da-ichakda yaxshi so„rilmaydi. Agarda
ovqatda temir yetarli bo„lib, C vitamin bo„lmasa, u ichakdan qonga o„tmaydi yoki
uning so„rilishiga ba‟zi birikmalar (masalan, fosfotidlar) salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Qishloq aholisi o„zi yetishtiradigan mahsulotlarining qaysisida qanday
ma‟danli moddalar borligini, ulami iste‟mol qilish tartiblarini yaxshi bilmaydi.
Bunday ahvol shahar aholisi orasida ham yo„q emas, shaharliklar ovqatining ko„p
qismini o„ta tozalangan undan tayyorlangan taomlar, har xil pishiriqlar, shakar,
turli-tuman shirinliklar tashkil qilib, ularning tarkibida temir juda kam bo„lganligi
bois kamqonlik vujudga kelishi ehtimoldan xoli emas. Qaddi-qomatim chiroyli
bo„lsin, deb faqat jinday shirinlik bilan kifoyalanadigan qizlarning iste‟mol qilgan
taomlari tarkibida temir yetishmasligidan ularning kamqonlik xastaligiga mubtalo
bo‟lishi tez-tez uchraydi [33].
Turli xil oziq-ovqat mahsulotlar bilan organizmga qabul qilinadigan
temirning 10 % о„zlashtiriladi, ya‟ni qonga sо„riladi. Shu narsani qayd qilish
kerakki, о„simlik mahsulotlaridagi temirga nisbatan hayvon gо„shti va jigardan u
ancha yaxshi о„zlashtiriladi (о„simliklardagi temirning 1 % organizm tomonidan
о„zlashtirilsa, gо„shtdan 10-25 % о„zlashtiriladi). Ba‟zi bir oziq moddalar
temirning о„zlashtirilishiga salbiy ta‟sir qiladi, bularga sut, tuxum va achchiq choy
kiradi. Choy kо„p ichilsa, temirning о„rtacha о„zlashtirilishi 10-12 % dan 2% ga
tushib qoladi. Shuning uchun ham kam qon odamlarning achchiq choy ichmasligi
tavsiya qilinadi [27]. Homiladorlik paytida temirga bо„lgan talab ancha oshadi,
lekin kо„p hollarda bunday ayollar, odatdagidek, ovqatlanaverishadi, shu bois 33-
73 % homilador onalarda temir defitsitli anemiya paydo bо„ladi. Bunday
anemiyaga uchragan ayollarda bola tashlash, ertachi bola tug„ilishi va hatto
bolaning о„lik tug„ilishi holatlari kuzatiladi. Shuning uchun bu kо„rsatgichni
oqilona ovqatlanishni tashkil qilishda hisobga olish lozim. Shunisi ham borki, har
xil mahsulotlardagi temir ichaklardan turli miqdorda sо„riladi. Uning sо„rilishini
yaxshilash uchun iste‟mol qilinayotgan ovqatlarga vitamin C ga boy
mahsulotlardan qо„shish lozim, masalan, tuxum sarig„idan temirning maksimal
darajada qonga о„tishi uchun unga petrushka, shivit va boshqa kо„katlarni qо„shib
iste‟mol qilish kerak. Shuningdek, itburun, apelsin, limon kabi meva sharbatlari
ham temir о„zlashtirilishini ancha jadallashtiradi. Keksa odamlarda temirni
о„zlashtirish ancha sekin kechadi. Shu bois ular ovqatida C vitaminga boy
mahsulotlar boshqalarnikiga qaraganda kо„proq bо„lishi kerak [26]. Temir
moddasi mо„l oziq - ovqatlarga mol gо„shti, jigari, tuxum sarig„i, kepagi
ajratilmasdan tayyorlangan non, bug„doy kepagi, karam, qaroli, zardoli, mayiz,
yong„oq, kungaboqar, oshqovoq urug„i, bug„doy maysasi, loviya, nо„xat va
boshqalar kiradi. Bug„doy uni kepagidan ajratilsa, unda temir miqdori sezilarli
darajada kamayib ketadi, masalan, kepakli uning 1 kg.da 30 mg temir bо„lsa u
kepagidan ajratilganidan keyin bu kо„rsatgich 8,2 mgga tushib qoladi.
Tayyorlanadigan salatlarni temirga boyitishning eng oson yо„li unga bug„doy
kepagidan sepib iste‟mol qilishdir. Temirga boy mahsulotlardan yana biri bu qand,
novvotlardan tayyorlanadigan shiri suvlardir. Shuningdek, olma, nok, gilos, yertut,
shaftoli va qarolida ham temir mо„l.Yana shuni aytib kerakki quritilgan mevalarda
ham temir mikroelementi mavjud bularga misol qilib quritilgan o‟rikda 4,7 mg,
anjirda 0,4mg, mayizda 3,8mg qurililgan olmada esa 15mgga yetadi. Kundalik
ovqatda va konservalar tayyorlashda kon tuzidan foydalanish oddiy osh tuziga
qaraganda organizmni temir bilan yetarli darajada ta‟minlanishi borasida muhim
ahamiyat kasb etadi. Bir kilogramm kon tuzi tarkibida 450 mg temir bо„ladi.
Shuning uchun ovqat tayyorlashda va iste‟molda kon tuzini ishlatish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Temir yetishmasligi tufayli hosil bо„ladigan kamqonlilik
tufayli, о„z navbatida, bir qator xastaliklar yuz beradi. Bunga termoregulyasiyaning
buzilishi, oshqozon shirasida kislotalilikning pasayib ketishi asosiy oziq
moddalarning hazm bо„lishini olib boradigan amilolitik, lipolitik va proteolitik
fermentlar faolligining kuchsizlanishi, oshqozon va ichaklar shilliq qavatining
atrofiyalanishini olish mumkin. Ushbu holatlar iste‟mol qilingan ovqatlar
tarkibidagi karbonsuvlar, oqsillar va yog„ning hazm bо„lishini yomonlashtiradi. Bu
holat ishtahaning pasayib ketishi ovqat yegandan keyin qayt qilish, bо„r, loy kabi
yot moddalarni iste‟mol qilishga moyillik paydo bо„lishiga olib keladi. Natijada
kamqonlilik tufayli kuchsizlanib qolgan organizm ovqatni yaxshi hazm qila
olmaslik tufayli yanada darmonsizlanadi. Bunday paytlari tanadagi temir
taqchilligini oqilona ovqatlanish va tegishli davolanish yо„llari bilan bartaraf qilish
maqsadga muvofiqdir [24]. Kasallikni davolashdan ko‟ra uni oldini olish
yaxshiroq. Buning uchun inson to‟g‟iri ovqatlanmog‟i kerak. Bu usul ham butun
dunyoda,jumladan AQSH, Yaponiya, Avstraliya va Yevropaning ko‟plab
rivojlangan davlatlarida 70-yildan beri amalga oshirilmoqda.
JSST statistikasi
bo„yicha temir tanqisligi anemiyasi 25 % holatlarda chaqaloqlarda, 4 yoshgacha
bo„lgan bolalarda 43 % gacha, 5-12 yosh oralig„idagi bolalarda 37 % va pubertat
davridagi bolalarda esa 30 % holatlarda tashxislangan.
Respublikamizda temirga bо„lgan ehtiyoj 15-30 mg ni tashkil etadi.
Shuning uchun homilador ayollarning temirga bо„lgan ehtiyojini ovqat yeyish
bilan qoplab bо„lmaydi. Bu xulosa chet el mutaxassislari bilan xamkorlikda
chiqarilgan. AQShda berilgan normalarga binoan homilador ayollarga qо„shimcha
2-4-mg kecha-kunduz miqdorida temir moddasini berib borish tо„g„ri hisoblanadi
[12; 21; 23; 26; 30].
Bu element xantal, qovoq urug‟i, anor, olma, findiq, dengiz qal‟asida
mavjud.
Teri, og‟iz, ichak va oshqozon hujayralarining holati to‟g‟iridan to‟g‟iri
temir konsentratsiyasiga bog‟liq. Bu elementning yetishmasligi bilan diomiy
noqulaylik, charchoq, tirnoq plastinkalarining yomonlashishi kuzatiladi. Teri
quruq, qo‟pol, va og‟iz tez-tez quriydi, anemiya rivojlanadi. Ba‟zi hollarda,o‟giz
tami o‟zgaradi [ 45 ]
Temir tanqisligi anemiyasi – bu gipoxrom anemiya mikrotsitoz alomatlari
bilan birga kuzatiladi, chunki eritrositga hajm va rang berib turuvchi gemoglobinga
normal rivojlanishi uchun kerakli temir elementi yitishmaydi. Temir ko‟plab
modda almashinuvi jarayonlari oziq moddalar almashinuvi hamda gaz almashinuvi
bilan bog‟liq microelement hisoblanadi. Kun davomida kattalar 20-25 mg temir
moddasi iste‟mol qiladilar. Bu elementning tanadagi jami zahirasi tahminan 4 gr.
Temir tanqisligi anemiyasi rivojlanish sabablari turli xil ekologik omillarni
o‟z ichiga oladi.
temir iste‟moli buzilishlari:
beqaror ovqatlanish:
temirni yetarlicha qabul qilmaslik:
ochlik va parhezlar:
dori darmonlarva ochlik hissini so‟ndiradigan narkotik va boshqa moddalar
qabul qilish:
jismoniy yoki ruxiy kasalliklar tufayli ishtahaning pasayishi [ 44 ]
Tananing yuqori ehtiyojiga ko‟ra temirni iste‟mol qilishda va sarflashda
muvozanat yo‟q bo‟lgandagi holatlarda, homiladorli va emizish, jismoniy o‟sishda
jinsiy balog‟at yoshi, gepoksiyaga olib keledigan surunkali kasaliklar (bronxit,
obstruktiv o‟pka kasalligi, yurak xasataligi,yurak qon tomir tizimi va nafas olish
tizimining boshqa kasalliklari ), norkotik jarayoni bilan kechadigan kasalliklar,
sepsis to‟qimalarning abstsesslari, bronxo ektatik kasalik va boshqalar.
Organizmdan temirning yo‟qolishi o‟tkir yoki surunkali postgemorragik:
O‟pkadan qon ketishi bilan (o‟pka tuburkilyozi o‟simta paydo bo‟lishi )
Oshqozon ichak yo‟llarida qon ketishi – oshqozon yarasi, o‟n ikki barmoqli ichak
yarasi, oshqozon va ichak saratoni, oshqozon va ichak shilliq qavati eroziyasi, qizil
o‟ngach va to‟g‟iri ichak venalarining varikoz kengayishi, gemmoray, ichakda
gijjalar mavjudligi, yarali kolit va boshqalar.
Bachadondan qon ketishi og‟ir hayz, bachador va bachadon bo‟yni satatoni,
miyoma ektopik homiladorlik, bachadon va bachadon bo‟yning tug‟riq
jarayonidagi jarohatlari.
Buyraklarda qon ketishi ( buyraklarda o‟simta paydo bo‟lishi, buyaklarning sil
kasalligi )
Qon ketishlar jarohat, kuyushlar, muzlash, rejalshtirilgan va favqulotda qon
ketishlar[ 44 ].
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |