ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR HAQIDA MA’LUMOT
Reja:
1
Bosh va ergash gap
2
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar.
3
Ergashgan qo’shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shunday bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar hisoblanadi.
BOSH VA ERGASH GAP
Ergashgan qo’shma gaplar tarkibida nechta gap bo’lishidan qat’iy nazar doimo ikki qismdan tashkil topadi:
1)Bosh gap;
2)Ergash gap.
Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap,bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi.
Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshaydi.Ular ham tobe va hokim qismdan tarkib topadi:
Agar arqondan qo’llari chiqib ketsa,to tuman tarqalguncha yo’l topolmay sarson bo’lib yuraveradilar.
So’z birikmasi tarkibidagi so’zlar nechta bo’lishidan qat’i nazar ikki qismdan-tobe va hokim so’zlardan tashkil topadi:toza havo,tez yurmoq
By MADINA
ERGASH GAPNI BOSH GAPGA BOG’LOVCHI VOSITALAR
Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:
1)ergashtiruvchi bog’lovchilar
2)ko’makchili qurilmalar(shuning uchun,shu sababli)
4)Nisbiy so’zlar(kim-o’sha)
5)Deb so’zi va boshqalar
3)yuklamalar(-ki,-mi)
Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar:
bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi (chunki, negaki), maqsadi(toki), shart (agar, agarda, garchi,garchand),qiyoslash-chog’ishtiruv(go’yo,go’yoki,xuddi)bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. M:Misralarda so’zlar gavhar kabi yonadi, go’yo yangi ranglar,yangi jilvalar bilan porlaydi.
Sabab,maqsad, qiyoslash bog’lovchilari ergash gap boshida qo’llanadi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi.
Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar:
bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu tufayli,shu sababli,shu bois kabi ko’makchili qurilmalar bilan bog’lanadi. Ular bosh gap tarkibida keladi.M:O’zimiz juda charchab kelgan edik, shuning uchun birga bormadik.
Deb so’zi yordamida ergashgan qo’shma gaplar:
bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini,sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga deb so’zi yordamida bog’lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli yoki shart mayli shakllarini olib keladi.
Shart mayli vositasida ergashgan qo’shma gaplar:
Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi ham sanaladi.M: Dutor chalib o’tirsam, tori uzilib ketdi.
Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gaplar:
bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi. M:Odam borki,odamlarning naqshidir
Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar:
Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim,nima,qancha,qanday,qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu,o’sha,shuncha,shunchalik,
shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi,biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.M: Kim harakat qilsa, u Baraka topadi. .
Ergashgan qo’shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi
Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan ergashgan qo’shma gaplar tegishli soda gaplar bilan ma’nodosh bo’la oladi.M: Shuni bilingki, kengga keng,torga tor dunyo - Dunyoning kengga keng,torga torligini biling
Kesim_ergash_gapli_qo’shma_gap'>Kesim ergash gapli qo’shma gap:
Kesim ergash gap bosh gapga ko’rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi bilan birikadi.
Endi sizlarga muborak topshiriq shuki,har biringiz alohida-alohida ketasiz
Ega ergash gapli:
Nisbiy so’zlar va –ki yuklamasi bilan bog’lanadi.M:
Kimki ilm urug’ini sepsa, u ulug’lik mevasini teradi.
Aniqlovchi ergash gapli:
Bosh gap takibida aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. M:
Kimning dili to’g’ri bo’lsa,uning tili to’g’ri bo’ladi
Nisbiy so’zlar (kim- o’sha, nima-o’sha,kim-u) yordamida bog’lanadi.
To’ldiruvchi ergash gapli:
Bosh gap takibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga to’ldiruvchi ergash gap deyiladi. M:
Ahmadjon biladiki,dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o’qqa tutdi.
Hol ergash gapli:
Bosh gap takibida hol vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunining sababi, maqsadi,sharti,payti,holati,o’rni,miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gapga hol ergash gap deyiladi.M:
Oqsoqol qayerda bo’lsa,o’sha joyda ish bir tartibda bo’ladi
Kesim ergash gapli qo’shma gap:endi sizlarga muborak topshiriq shuki,har biringiz alohida-alohida ketasiz
1
2
3
4
Hol ergash gapli : Oqsoqol qayerda bo’lsa,o’sha joyda ish bir tartibda bo’ladi
Ega ergash gapli: kimki ilm urug’ini sepsa,u ulug’lik mevasini teradi.
To’ldiruvchi ergash gapli:Ahmadjon biladiki,dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o’qqa tutdi
4
5
Aniqlovchi ergash gapli:kimning dili to’g’ri bo’lsa,uning tili to’g’ri bo’ladi
E’tiboringiz uchun rahmat!
pedagogika
Do'stlaringiz bilan baham: |