NISBIY SO`ZLI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR
Ergash gap tarkibida qo`llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so`roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo`lib keluvchi shu, o`sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo`llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so`zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor.Kim harakat qilsa, u varaka topadi.Nimaga erisholmasang o`sha aziz tuyuladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |