Ergasheva husnoraning Ma’naviyat soat fanidan tayyorlagan refarat


O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog’liqligi



Download 29,71 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2022
Hajmi29,71 Kb.
#580953
1   2   3
Bog'liq
HUSNORA

O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarning jamiyatning ma’naviy yangilanishiga bog’liqligi. O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlarlarning jamiyat ma’naviy yangilanishi bilan bog’liqligining yana bir jihati bor. Ana shu bog’liqlik Prezident I.A.Karimovning bir qator risolalarida va mahruzalarida alohida ta’kidlangan. U O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy yig’ilishida (1994 yil 7 iyulda) so’zlagan nutqida shunday degan edi: «Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz va tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va anhanalarimiz, xullas, inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlayapti»43. Darvoqe, Prezidentimizning ma’naviyat, uning mohiyati to’g’risida nazariy-ilmiy fikrlari g’oyat chuqur va keng qamrovlidir. SHuningdek, u ma’naviy tarbiya - mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishning muhim sharti ekanligiga alohida ehtibor beradi. Dunyo tarixida mustaqillik va ozodlik kurashchilari timsoliga aylanganlardan biri, XX asr buyuk hind davlat arbobi Maxatma Gandi: “Insoniyat – bu yagona oila, bo’linmas oila. Uning har bir ahzosi sodir qilgan jinoyat uchun har birimiz javobgarmiz”, - degan edi. U yoki bu millat yoki davlat ana shu insoniyat degan katta oilaning ichidagi kichik oila. Ana shu oila ahzolarida bahamjihatlik, ma’naviy mushtaraklik bo’lmas ekan, ular Gandi so’zlarida aks etgan ma’naviy burch hissasi bilan yashamas ekan, yorug’ kelajak haqidagi o’ylar xomxayol bo’lib qolaveradi. Zero, demokratik rivojlanish barqarorlik va ijtimoiy hamkorlikka tayanadi.
Odamlar ma’naviyat rishtalari bilan bog’langandagina, ular xalq, millatga aylanadi. CHunki “ma’naviyat - insonni ruhiy poklanish va yuksalishga dahvat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, ehtiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuch”dir.44
Ma’naviyat mavhum tushuncha emas. U millat bilan, milliy tafakkur bilan, millatning tarixi, asrlar mobaynida to’plangan bilim va tajribasi, tushunchalari, tasavvurlari bilan bog’liq. Frantsuz mahrifatchisi Jan Jak Russo Yevropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo’layotgan XVIII asrda xalqda milliy xarakterni shakllantirishni birinchi vazifa, deb bilgan edi. CHunki uning nazdida “har qanday yaxshi o’zgarishlarning umumiy maqsadlari har bir davlatda mahalliy shart-sharoit va aholining o’ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigan munosabatlarga muvofiq shakl olishi kerak”45. J.Russoning fikrlarini bugungi kun nuqtai-nazaridan talqin qilsak, demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, adolatli, ma’naviyati yuksak insonlar jamiyatini qurishda jahon tajribasiga tayangan holda, avvalo, milliy mentalitetni inobatga olish kerakligi ma’lum bo’ladi. Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda kechayotgan demokratik o’zgarishlar jamiyat ma’naviy yangilanishiga bog’liqligini faqat o’zbek millati ma’naviyati bilan bog’lash va uni shunday deb baholash adolatdan emas. Balki uning bilan yagona bir mamlakat hududida yashayotgan turli xalq va millatga mansub bo’lgan barcha aholining, turli etnik birliklar va ijtimoiy guruhlarning ham umumiy boyligi, deb qarash haqiqatga yaqinroq bo’ladi.
Demak, O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish vazifasini ma’naviy yangilanishlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu haqiqatni hech qachon unutmaslik kerak.
Demokratiya - bu kishilarning birgalikda hayot kechirishi, muammolarni bahamjihatlik bilan hal qilishi, shaxsiy manfaatlarni jamoa, millat, davlat manfaatlari bilan uyg’un ko’rishi, bir so’z bilan aytganda, murosa qilish madaniyatidir.
1983 yili jahonning 29 mintaqasi olimlari, jamoat arboblaridan iborat “Gumanitar muammolarni o’rganish bo’yicha Xalqaro Komissiya” tuzildi. Komissiya XX asrdagi gumanitar vaziyat va uni takomillashtirish ustida izlandi. Jazoir, SHveytsariya, Polg’sha, Avstriya, Xitoy, Hindiston, Meksika, Eron, SHvetsiya, Yaponiya - jami 29 mamlakatning mahrifatparvarlari dunyodagi gumanitar muammolarni amaliy o’rgandilar. “Insoniyat axloqi”, “Global masalalar” (ya’ni ekologiya, qashshoqlik, qurollanish, terrorizm, narkomafiya), “Ommaviy qirg’in qurollari”, “Qurolli to’qnashuvlar”, “Daydi bolalar”, “Oziq-ovqat inqirozi”, “CHo’l-sahrolarning kengayib borayotganligi”, “Favquloddagi vaziyatlar”, “Urushlar” kabi halokatli holatlarning kelib chiqish sabablarini tahlil etib, barcha muammolar insoniy tuyg’ularning susayishi, ya’ni ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi bilan bog’liq, degan xulosaga keldilar. Ularning to’rt yillik mehnati natijasi bo’lgan kitob “Insoniyat insoniyligini saqlab qola oladimiq” (Ng’yu Jersi, 1989) degan iztirobli nom bilan jahon tillarida nashr qilindi.
2006 yil 2-3 noyabrda Xiva va Toshkentda Xorazm Mahmun akademiyasining 1000 yilligiga bag’ishlangan “Xorazm Mahmun akademiyasining jahon ilm-fani taraqqiyotidagi o’rni» mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Xorazm Mahmun akademiyasining 1000 yilligini nishonlash haqida Prezidentning (2004) qarori qabul qilingan edi. Bu yubiley YuNESKO ishtirokida o’tdi. Prezidentning 1997 yilda qayta tiklangan Xorazm Mahmun akademiyasi, Xorazmning XI asrdagi tarixi, madaniyati, uning tashkil topishi va faoliyati, u yerda Ibn Sino, Beruniy, Ibn Iroq va boshqa olimlar ishlaganligi qayd etildi.
2007 yil 24–26 mayda Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi. Samarqand Buyuk Ipak yo’lida joylashgan. Samarqand Rim, Bobil, afina tengdoshi. YuNESKO Bosh konferentsiyasi 33-sessiyasining 2005 yil 20 iyuldagi qaroriga ko’ra 2750 yilligini nishonlash ko’zlangan edi. Ulug’bek madrasasida 150 dan ko’p mahruza tinglandi.
YuNESKO tomonidan Toshkentning 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb ehlon qilinishi munosabati bilan 2007 yil 14–15 avgustida Toshkent va Samarqand shaharlarida “O’zbekistonning islom tsivilizatsiyasi ravnaqiga qo’shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro konferentsiya o’tkazildi.
Demokratik jamiyat qurishning milliy-ma’naviy, axloqiy negizlarining 1) falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning barcha ilmlarning otasi bo’lgan falsafa fani xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga uyg’onish davri va o’rta asrlarda milliy davlatchiligini tiklay boshlagan Yevropa xalqlarining har biri o’ziga xos ma’naviyatini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur qadriyatlar Rim imperiyasi parchalangandan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalar asosida shakllandi. SHu bois o’sha davrdagi italg’yan, ingliz, frantsuz falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. SHu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy tahlimotlar, mahrifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
Jamiyat va tsivilizatsiyalar rivojiga ulkan tahsir ko’rsatgan nazariyalar, tahlimotlar va mafkuralar mavjud. Zardusht, Sokrat, Platon, Konfutsiy, Alisher Navoiy, Maxatma Gandi va boshqalarning bunyodkor g’oyalari tarixda o’chmas iz qoldirgan. Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik g’oyalari va faoliyati SHarq madaniyatining gurkirab rivojlanishiga buyuk hissa qo’shdi.
Kant, Gegelg’, Nitsshe kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegelg’ falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo’lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasigacha ko’tarilgan.
Milliy-ma’naviyatning 2) dunyoviy ildizlari mahrifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Asrlar mobaynida insoniyat bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umumehtirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Bunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tushuncha asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.

Bugun O’zbekiston Respublikasida jadal taraqqiyotdavri boshlanib jamiyatning har bir sohasida tub islohotlar o’tkazilmoqda. Buning provard natijasida esa inson va uning manfaatlarining ifodasi turibdi. Bu jarayonda esa mamlakatda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo’lib hizmat qilmoqda. Jamiyat a’zolarining bugungi kunidan rozi bo’lib yashashdek ezgu g’oyani ifodalagan mazkur hujjatni aholining ijtimoiy hayotida o’z ifodasini topishida jamiyat a’zolarning madaniy ehtiyojlarini qondirish bilan harakterlanuvchi ijtimoiy-madaniy faoliyatning ham muhim o’rni bor. Chunki, uzluksiz tizim sifatida e’tirof etilayotgan ijtimoiymadaniy faoliyat Harakatlar strategiyasini o’zidayoq xalq hayotiga kirib borish mexanizmi sifatida ko’rsatib qo’yilgan.


Bir so'z bilan aytganda harakatlar strategiyasida ko'zda tutilgan maqsadlarga erishishda san'at va madaniyat faoliyatning muhim o'rni bor. Bu o'z navbatida faoliyatning samarali tashkil etilishi nafaqat mamlakat aholini madaniy ehtiyojlarini qondirish, ong - tafakkur darajasini bugungi taraqqiyotga monand oshirish bilan chegaralanib qolmay, ulkan bunyodkor xalqni ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtiradi.

Mustaqillik mas`uliyati. Milliy mustaqillik sharoitida ma`naviyat masalalarining dolzarblashuvi. О`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma`naviyat masalalariga alohida e`tibori. Insonlar ongidafi eski mafkura asoratlaridan qutulish muammosi va yangicha tafakkur zarurati. О`zbekistonning siyosiy va iqtisodiy rivojida xalq ma`naviyatini yuksaltirishning ahamiyati. I.A.Karimov asarlarida ishlab chiqilgan mustaqil О`zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy rivojlantirish kontseptsiyasi va uning tadrijiy xarakteri. Ma`naviyatning yaxlit soha sigatida tan olinishi. Bugungi kunda milliy ma`naviyatimiz asoslarini ilmiy-nazariy о`rganish zarurati. Ushbu muammoni hal qilishda erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar. Islohotlar va ularning ma`naviy mezoni. Mustaqillik davrida ajdodlarimiz ma`naviy merosiga munosabatning tubdan yangilanishi. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi. Buyuk ajdodlarimiz, xalqimizning suyukli farzandlari xotiralarini yodlash – yosh avlodni milliy g`urur va milliy iftixor ruhida tarbiyalashning ta`sirchan vositasi. Tarixiy xotirasiz kelajak yо`q.

Download 29,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish