2017 yilning 26-27-28 may kunlari XVI an'anaviy “Ipak va ziravorlar”
xalqaro turistik festevali o'zgacha ruxda tashkil etildi. Buxoro viloyat xokimligi,
Respublika “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi, O'zbekiston
respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va boshqa qator tashkilotlar
xamkorligida an'anaviy utkazilib kelinayotgan festeval milliy hunarmandchilikni
rivojlantirish, uni xalqaro miqiyosida keng targ'ib qilish, hunarmandlar o'rtasidagi
aloqalarni kengaytirish, Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga
aylantirishga xizmat qilmoqda.
So'nggi besh yilda hududda sayyohlar oqimi 15-20 foizga oshdi. Ularning
aksariyatini Ispaniya, Yaponiya, Malayziya, Indoneziya, Buyuk Britaniya kabi chet
el vakillari tashkil etadi. Viloyatimizga tashrif buyurgan sayyohlarga etarli shart-
sharoitlarni yaratish uchun turistik kompaniyalar soni 40 taga, mehmonxonalar 114
taga etkazildi. Ayni vaqtda mehmonxonalarda bir kunda 4,5 ming nafardan oshiq
turistlarni qabul qilish imkoniyati mavjud, dedi viloyat hokimi o'rinbosari o'z
so'zida.
Festivalda 40 nafardan ortiq diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar
vakillari, 54 nafar hunarmand, shuningdek, mamlakatimizning turli hududlaridan
720 nafarga yaqin hunarmand va ziravorchilar qatnashdilar. Festival doirasidagi
tadbirlarni sayyoh sifatida 5000 nafar xorijiy mehmonlar, 15 ming nafardan ortiq
yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan vatandoshlarimiz kuzatib borishdi.
Yuqoridagi tahlillar natijasida milliy hunarmandchilikning quyida SWOT
tahlilini keltirishimiz mumkin:
Milliy hunarmandchilikning kuchli tomonlari:
• katta, diversifikatsiyalangan va potentsial bozor.
• turli xil, katta mahsulot turlari mavjud.
70
• qo'llab-quvvatlovchi davlat siyosati
• turli xil bozorlarga xizmat ko'rsatadigan turli xil mahsulotlar.
• arzon mehnat stavkalari raqobatbardosh narxga olib keladi.
• kam mablag'ning sarflanishi;
• moslashuvchan ishlab chiqarishning mavjudligi.
• yangilikning kirib kelishiga to'siqlarning pastligi.
Milliy hunarmandchilikning kuchsiz tomonlari:
• infrastruktura va aloqa vositalarining yetishmasligi.
• xalqaro talablar va bozor haqida ogohlik.
• yangi texnologiyalarning kam ma'lumoti. Joriy bozor tendentsiyalari haqida kam
ma'lumot.
• malakali mehnatning etishmasligi.
• qishloq joylar va kichik shaharlar va foydalanilmagan bozor.
• hunarmandchilik mahsulotlari reklamasi kamligi.
Milliy hunarmandchilikka xavf soluvchi tahdidlar:
• ichki bozorda raqobat.
• yuqori talab va taklif o'rtasidagi muvozanat.
• Xitoy, Hindiston va Eron kabi raqobatdosh mamlakatlar tomonidan ishlab
chiqarilgan sifatli mahsulotlar.
• raqobatlashayotgan davlatlar tomonidan taqdim etilgan savdo qoidalari.
• raqobatbardosh mamlakatlarda texnologik qo'llab-quvvatlash.
Milliy hunarmandchilikning rivojlantirish, samaradorligini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |