2.3.4. SHaxsni o’rganish so’rovnomasi
Yo’riqnoma: Sizning e’tiboringizga havola qilinayotgan savollar o’z shaxsiy xususiyatlaringizni aniqlashga yordam beradi. So’rovnomada "to’g’ri" yoki "xato" javoblar bo’lishi mumkin emas. Odamlarning xarakter xususiyatlari turlicha bo’lganligi tufayli har kim o’z fikrini bildirishi turgan gap. Siz samimiy va aniq javob berishga harakat qiling. Har bir savolga javob qaytarayotganingizda taklif qilinayotgan uchta savoldan o’z qarashingizga, o’zingiz to’g’ringizdagi fikringizga mos tushadigan bittasini tanlang. Javoblar "a", "b", "v" variantlarga ajratilgan.
Savollar ustida ko’p bosh qotirmang,miyangizga kelgan dastlabki fikrga asoslaning. "Bilmayman" yoki "noaniq oraliq" variantlarga berilib ketmang. Har bir savolga tartib bilan javob kaytarishga rioya qiling.
Olingan natijalarni hisoblashni osonlashtirish uchun 17 ta savolni bir blok sifatida ajratib olish maqsadga muvofiq.
O’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni (familiya, ish joyi, o’quv muassasasi, sinf yoki kurs) yozishni unutmang.
Oldindan sizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.
1. Mening xotiram oldingi yillarga qaraganda durustroq
a)ha b)aytish qiyin v)yo’q
2. Men odamlardan olisroqda tanho yashashni uddasidan chiqaman
a)ha b)bilmayman v)yo’q
3. Dunyo ag’dar-to’ntar bo’lganida ham jinoyatchini qandaydir atashim kerak
a)o’g’ri b)gunohkor v)adashgan banda
4. Uyquga yotganimda
a)tez uyquga b)goh unday, v)qiynalib uyquga
ketaman goh bunday ketaman
5. Serharakat ko’chada avtomobil boshqarganimda shunday yo’l tutgan bo’lar edim
a)avtomobillarga b)bilmayman v)oldindagilarni
yo’l berardim quvib o’tardim
6. Uchrashuv va ziyofatlarda odamlar meni iliq qarshi oladilar
a)ha b)ba’zan v)yo’q
7. Men uchun atrofimda hamisha batartiblik bo’lishi juda muhim
a)darhaqiqat b)bir narsa deyish v)yolg’on
qiyin
8. Uchrashuv va ziyofatlarda odamlarni hazil-mutoyiba qilishiga imkon beraman
a)ha b)ba’zan v)yo’q
9. Menga juda yoqadiganlar
a)futbol, gala b)biror narsa v)kurash,
konsert deyish qiyin qo’lto’pi
10. Odamlarning qilmish-qidirmishlari bilan ularni hikoya qilib berish o’rtasidagi katta farq g’ashimni qo’zg’atadi
a)ha b)ba’zan v)kamdan-kam
11. Biror hodisa to’g’risida xabar o’qiganimda u bilan chuqurroq tanishishni yoqtiraman
a)hamisha b)ba’zan v) kamdan-kam
12. Do’stlarim menga hazil-mutoyiba qilayotganlarida ular bilan birga xandon urib kulaman
a)ko’pincha b)ba’zan v)hech qachon
13. Menga kimdir qo’pollik qilsa, uni tezda esdan chiqaraman
a)to’ppa-to’g’ri b) bilmayman v)noto’g’ri
14. Biror ish qilganimda eski usulni qo’llashdan ko’ra, yangisini o’ylab topish yoqadi
a)to’ppa-to’g’ri b) bilmayman v)noto’g’ri
15. Hech kimning yordamisiz, mustaqil ish qilishni xohlayman
a)to’ppa-to’g’ri b) bilmayman v)noto’g’ri
16. Boshqalarga qaraganda, kam qo’zg’aluvchan hamda his-tuyg’uga beriluvchanman
a)to’ppa-to’g’ri b)javob berishga v)noto’g’ri
qiynalaman
17. Kam hafsala, beqaror, subutsiz odamlar g’ashimni keltiradi
a)to’ppa-to’g’ri b)goh unday, v)noto’g’ri
goh bunday
18. Qisqa muddatli bo’lsa-da, ota-onamga nisbatan ensa qotish kechinmasi sodir bo’lib turadi
a)ha b)bilmayman v)yo’q
19. Ezgu niyatlarim to’g’risida fikr almashishni yoqtirmayman
a)o’z do’stlarim b)bilmayman v)kundalikka
bilan yozaman
20. SHaxsiy fikringizga qarshi chiqishlik-bu inkor etishlikmi?
a)shoshqaloqlik b)chuqurlashtirish v)taxmin
21. Zarurat sezsam, o’zimda vaqt ham, kuch-quvvat ham topaman
a)ha b)goh unday, v)yo’q
goh bunday
22. Mening shaxsiyatimga, g’ashimga tegadigan odamlar
a)dag’al hazilkashlar b)javob berishga v)uchrashuvga jo’rttaga
qiynalaman kechikuvchilar
23. Mehmon ko’nglini xushnud qilishlik menga yoqadi
a)to’ppa-to’g’ri b)goh unday, v)noto’g’ri
goh bunday
24. Meningcha
a)hamma yumushni puxta b)javob berishga v)biror ishga kirishsam uddalash shart emas qiynalaman uni do’ndiraman
25. Noxushliklarni bartaraf qilishga to’g’ri keladi
a)ha b)goho v)yo’q
26. Do’stlarim men bilan tez-tez
a)fikrlashib b)u yoki bu narsani v)menga maslahat
turadi qiladi berishadi
27. Do’stim meni kalaka qilayotgan bo’lsa, yuziga solishdan ko’ra, uni sezmaganday o’zimni tutaman
a)ha b)goho v)yo’q
28. Men shunday do’stlarni qadrlayman
a)qiziqishlari qat’iy va b)bilmayman v)borliqqa o’z
turmushga daxldor qarashi mavjud
bo’lsa
29. Turmushga singib ketgan g’oyalarga qarshi odamlarga men befarq emasman
a)to’ppa-to’g’ri b)bir narsa v)noto’g’ri
deyish qiyin
30. O’tmishdagi nuqsonlarim va fe’l-atvorim halovatimni buzadi
a)ha b)bilmayman v)yo’q
31. O’zim yoqtirgan mashg’ulotlarni boshqalarday puxta egallashni orzu qilaman
a)shaxmat b)bir narsa v)rasm chizishni
o’ynashni deyish qiyin
32. Menga muloqotmand, mehmondo’st odamlar yoqadi
a)ha b)bir narsa v)yo’q
deyish qiyin
33. Ehtiyotkor, tajribali bo’lganligim uchun boshqalardan kamroq noxushlik hamda tasodiflarga uchrayman
a)ha b)aytish v)yo’q
qiyin
34. Zarurat tug’ilganida shaxsiy majburiyat va g’amxo’rlikni aslo esdan chiqarmayman
a)ha b)goho v)yo’q
35. Nohaqligimni tan olish juda qiyin kechadi
a)ha b)goho v)yo’q
36. Tashkilotda ishlash qiziqroq o’tadi
a)mashina yoki b)aytish v)odamlar bilan
texnikani qiyin suhbatlashganda
boshqarishda hamda jamoat ishi bilan
shug’ullanishda
37. Qaysi so’z qolgan ikkitasi bilan bog’lanmagan
a)mushuk b)uzoq v)quyosh
38. Diqqatimni chalg’ituvchi narsalar
a)g’ashimni b)goh unday, v)tinchimni
keltiradi goh bunday buzadi
39. Agar pulim ko’p bo’lganida, men
a)o’zimni hech narsadan b)bilmayman v)hasaddan o’zimni
qismay yashardim saqlagan bo’lardim
40. Men uchun eng katta jazo-bu
a)og’ir mehnat b)bilmayman v)uyda yolg’iz qolishlik
41. Odamlar axloq me’yorlariga doimo rioya qilishlari kerak
a)ha b)bilmayman v)yo’q
42. Farzandim bilan birga bo’lishim haqida gapirdilar
a)yolg’iz qolishni yoqtiraman, b)biror narsa v)meni yolg’iz qoldirish
chunki xotirjamman deyish qiyin mumkin emas, chunki o’ta
harakatchanman
43. Texnika bilan ishlashga maylim kuchli
a)ha b)bilmayman v)yo’q
44. Qiyin bo’lsa-da, sudda guvoh haqiqatni gapirishi kerak deb o’ylayman
a)ha b)aytish v)yo’q
qiyin
45. Amalga oshirish mumkin bo’lmaganligi uchun o’z g’oyalarimni turmushga tatbiq etishga botina olmayman
a)to’ppa-to’g’ri b)javob berishga v)noto’g’ri
qiynalaman
46. Boshqa odamlarday hazil-mutoyibida qah-qah kulishga intilmayman
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
47. O’zimni shu qadar baxtsiz, omadsiz his qilganim sababli yig’lagim keladi
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
48. Menga juda yoqadi
a)dutor ijrosidagi kuy b)bilmayman v)g’ijjak navosi
49. Men ta’tilni shunday o’tkazishni xohlayman
a)bir yoki ikkita b)javobga v)sayyohlar guruhini
do’stim bilan qiynalaman boshqarishni
qishlokda
50. Reja tuzishda aqliy zo’r berish
a)ortiqcha emas b)aytish qiyin v)arzimaydi
51. Do’stlarimning beo’xshov qiliqlari va mulohazalariga aslo hafa bo’lmayman, hatto goho parvo qilmayman
a)to’g’ri b)bilmayman v)kamdan kam
52. Uddalashga qurbim yetsa, topshiriqni yengil bajaraman
a)doimo b)ba’zan v)kamdan kam
53. Meni yoqtiradigan yumushim
a)odamlarga rahbarlik b)aytish v)yolg’iz ish
qilish qiyin qilishlik
54. Uy ayvonga uzukka qo’yilgan ko’zday munosib
a)uzukka ko’zday b)unday yoki v)unday emas
bunday
55. U yoki bu ishga qo’l uraman, lekin uddalay olmayman
a)kamdan b)unday yoki v)tez-tez
kam bunday
56. Ish boshlaganimda ko’pincha men
a)tavakkal b)goh unday, v)harakat qilishni
qilaman goh bunday afzal ko’raman
57. Ehtimol, ba’zi odamlar meni juda sergap deb o’ylashlari mumkin
a)xuddi shunday b)bilmayman v)unday emas
58. Menga ko’pincha shunday odam yoqadi
a)beparvo, besubut, lekin aqlli
b)aytish qiyin
v)o’rta qobiliyatli, lekin ikkiyuzlamachilikka qarshi
59. Men qaror qabul qilaman
a)boshqalarga nisbatan tezroq b)bilmayman v)boshqalardan sekinroq
60. Menda chuqur taassurotlar qoldiradigan narsa
a)mahorat va b)bilmayman v)kuch va quvvat
latofat
61. Men o’zimni hamkorlikka moyil kishi deb hisoblayman
a)ha b)o’rtamiyona v)yo’q
62. Ochiq va dangalchi odamlarga qaraganda, menga muloyim, mulohazali shaxslar yoqadi
a)ha b)bilmayman v)yo’q
63. Menga shu narsa afzal
a)menga aloqador ishni shaxsan bajarish
b)javobga qiynalaman
v)o’rtoqlarim bilan maslahatlashish
64. Suhbatdosh savollarimga tez javob bermasa, u holda o’zimni abgorday his qilaman
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
65. O’quvchilik yillarida fan asoslarini egallaganman
a)darslarda b)bilmayman v)kitob o’qish
orqali
66. Jamoat ishlari va majburiyatlaridan o’zimni chetga olaman
a)to’g’ri b)ba’zan v)noto’g’ri
67. Muammoni yechish qiyinchilik bilan kechgan bo’lsa, unda men
a)boshqa masala bilan shug’ullanishga moyilman
b)aytish qiyin
v)muammoni yechishga qayta kirishaman
68. Noaniq sabablarga ko’ra, menda kuchli emotsional holatlar vujudga keladi (hadiksirash, g’azab, ichakuzdi kulgi va h.k.z)
a)ha b)ba’zan v)yo’q
69. Ba’zan odatdagidan yomon fahmlayman
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
70. O’zimga noqulay bo’lishdan qat’i nazar, boshqa odamlar uchun qulay uchrashuvni tashkillashtirish meni xushnud qiladi
a)ha b)ba’zan v)yo’q
71. Son qatorini davom ettiruvchi
1,2,3,9, 6, 5,4-bu
a)10 b)8 v)7
72. Noaniq sabablarga ko’ra, menga qisqa muddatli ko’ngil aynish, bosh aylanish xuruj qiladi
a)ha b)kamdan kam v)hech qachon
73. Ofitsiantlarni ortiqcha bezovta qilmaslik uchun buyurtmadan voz kechishni afzal ko’raman
a)ha b)goho v)yo’q
74. Boshqalardan farqli o’laroq men bugungi kun tashvishi bilan yashayman
a)to’g’ri b)aytish qiyin v)noto’g’ri
75. O’tirishlarda yoqadi
a)ishbilarmonlik suhbatida qatnashish
b)javobga qiynalaman
v)barcha bilan birga hordiq chiqarish
76. Meni kim tinglayotganidan qat’i nazar o’z fikrimni bildiraman
a)ha b)ba’zan v)yo’q
77. Agarda o’tmishga qaytish imkoni bo’lsa edi, unda uchrashishni xohlardim
a)Navoiy bilan b)bilmayman v)Hizr ota bilan
78. Boshqalarning ishiga aralashmaslik uchun o’zimni ushlab turishga harakat qilaman
a)ha b)ba’zan v)yo’q
79. Do’konda ishlaganimda quyidagilarga ahamiyat berar edim
a)vitrinani b)bilmayman v)kassirlikka
jihozlash
80. Odamlar men to’g’rimda yomon fikrda bo’lsalar, u holda ularni ishontirishga harakat qilmayman
a)ha b)aytish v)yo’q
qiyin
81. Jonajon do’stim meni dag’alroq qabul qilsa, unda shunday mulohazaga boraman
a)uning kayfiyati yomonroq
b)bilmayman
v)noto’g’ri qiliq qildimmi deb bezovtalanaman
82. Noxushliklar kelib chiqishiga odamlarning o’zi aybdor
a)muammo yechimiga o’zgartirishlar kiritishadi
b)bilmayman
v)yangi takliflarni inkor qilishadi
83. Mahalliy yangiliklar to’g’risida axborot berishdan rohatlanaman
a)ha b)ba’zan v)yo’q
84. Talabchan va sarishta odamlar men bilan umumiy til topa olmaydilar
a)to’g’ri b)ba’zan v)noto’g’ri
85. Boshqalar bilan qiyoslaganda, men kamroq asabbuzar odamga o’xshayman
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
86. Boshqa odamlarni pisand qilmaslik menda yengil ko’chadi
a)to’g’ri b)bilmayman v)noto’g’ri
87. Odamovilik (begonasirash) holati menda bo’lib turadi
a)tez-tez b)ba’zan v)hech qachon
88. Soat strelkalari 65 soniyada uchrashib tursa
a)orqada qoladi b)to’g’ri yuradi v)ilgarilab ketadi
89. Menda zerikish holatlari bo’lib turadi
a)tez-tez b)ba’zan v)kamdan kam
90. Odamlarni aytishlaricha, didimga yoqadigan ishni qilish menga juda yoqar emish
a)to’g’ri b)ba’zan v)noto’g’ri
91. Hayajonlanishga yo’l qo’ymaslik kerak, chunki u tinkani quritadi
a)ha b)ba’zan v)yo’q
92. Uyda bo’sh vaqtimda
a)barcha yumushlardan voz kechaman
b)javob berishga qiynalaman
v)meni qiziqtiradigan ish bilan shug’ullanaman
93. Notanish odamlardan do’st orttirishga ehtiyot bilan yondashaman
a)ha b)ba’zan v)yo’q
94. SHe’r orqali ifodalangan fikrni muvaffaqiyat bilan prozada ham qo’llasa bo’ladi deb o’ylayman
a)ha b)qiynalaman v)yo’q
95. Menga do’stona munosabatdagi odamlar oldimdan ham, orqavorotdan ham bir xil fikrdalar
a)ha b)ba’zan v)yo’q
96. Har qanday ajoyibotlar taassuroti bir yildan keyin yo’qola boradi
a)ha b)bilmayman v)yo’q
97. Men uchun zavqliroq deb hisoblayman
a)o’simliklarni parvarish qilish
b)bilmayman
v)sug’urta bilan shug’ullanish
98. U yoki bu narsalarga hadik bilan qarayman: itga, mozorga, sanaga
a)ha b)ba’zan v)yo’q
99. Olamni gullab yashnashi to’g’risida mulohaza yuritishni xush ko’raman
a)ha b)aytish qiyin v)yo’q
100. Men shunday o’yinni yoqtiraman
a)jamoada o’ynashni yoki sherik topib mashg’ul bo’lishni
b)bilmayman
v)har kim o’zi o’ynasa
101. Tushimga o’ylagan narsalarim yoki qo’rqinchli tasodiflar kiradi
a)ha b)ba’zan v)yo’q
102. Uyda yolg’iz qolsam, biroz vaqt o’tgandan keyin vahima va qo’rqinch bosadi
a)ha b)ba’zan v)hech qachon
Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish masalasi dolzarbligi bilan boshqa psixologik kategoriyalar ichida alohida axamiyat kasb etadi. CHunki erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zi shaxsda shakllanib ulgurmagan sifat, xislat, xususiyat, fazilat singari sub’ektiv imkoniyatga ega bo’lgan milliy, umumbashariy, insoniy qiyofa oldiga yangi talablarni ko’yadi. Buning oqibatida hayot va faoliyat odamdan hali ro’yobga chiqmagan ichki imkoniyatlari, zaxiralari namoyon bo’lishini taqozo qiladi. SHaxsiy va ijtimoiy turmushda yuz berayotgan o’zgarishlar, islohotlar insonni zamon talabiga moslashishning ehtiyoj va zarurat darajasiga ko’taradi. Buning natijasida shaxsda yangi fazilatlar, kobiliyatlar ro’yobga chiqa boshlaydi, hatto erkak va ayolga xos o’ziga xoslik, kasbiy yo’nalganlik o’rtasidagi tafovutlar ham ayniyatga aylanadi. Ayniqsa, ayollarda menejment, marketing, brokker, biznes faoliyatlariga moyillik, uquvchanlik, zehn, farosatlilik, tavakkalchilik, mas’uliyat hissi kabi xarakterologik xususiyatlar ularda tarkib topa boshlaganligi ijobiy, ijtimoiy voqelik yoki hodisa sifatida baholanishga loyiq. Ushbu shakllanayotgan, yangidan yuzaga kelayotgan shaxsning xislatlari, ichki imkoniyatlari jamiyat tarakqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi, shaxslararo, millatlararo munosabatlar darajasini yuksaklikka ko’tarishga xizmat qiladi. Ma’lumki, insondagi ichki imkoniyatlarning uzluksiz ravishda, izchillik bilan namoyon bo’lishi taraqkiyot (progress)ning kafoloti tariqasida gavdalanadi. SHaxsda doimo yuksaklikka intilish yoki komfort hissining hukm surishi taraqqiyotni amalga oshirishning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi vazifalarini bajaradi.
Psixologiya fanida yuz berayotgan o’zgarishlar shaxsga oid ta’riflarning ham o’zgacha, takomillashgan tarzda ifodalanishini taqozo etmoqda. Xuddi shu bois, biz shaxsni va uning yuqori bosqichi bo’lmish komillikni quyidagicha ifodalashni tavsiya qilamiz: "Muayyan jamoa, guruh a’zosi, jismoniy, jinsiy, ijtimoiy kamolotga erishgan, biologik va sotsiologik shartlangan xislatlar egasi, o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqaruvchi, bilishga intiluvchi faoliyat, xulq-atvor, muomala sub’ekti shaxs deyiladi".
Sub’ektlilikning instansional, super stansional tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan, tabiat, jamiyat qonunlari haqidagi bilimlarning sohibi, xulq-atvori to’kis, o’zligini bizlik bilan umumlashtirgan, boshqa olamlar to’g’risidagi tasavvurlarni kashf qiluvchi donishmand zot (alloma, daxo) komil inson deb ataladi (ta’rif bizniki-E.G’.).
Endi shaxsning xayrixohlik sifatini tadqiq qilish hamda o’rganish uchun quyidagi metodik yoki testdan foydalanishni tavsiya etamiz.Kitobxon hukmiga havola qilinayotgan test 20 ta savoldan yoki vaziyatdan tuzilgan bo’lib, shaxsning xayrixohlik motivatsiyasini aniqlashga imkon beradi. Tajriba ishtirokchilariga mana bunday tarzda yo’llanma berish nazarda tutiladi: Siz quyida keltiriladigan har bir hukm yoki vaziyatni diqqat bilan o’qib chiqing. O’qigan savolingiz Sizning xatti-harakatingizga aynan mutanosib bo’lsa, u holda qalb amringiz bilan "Ha" yoki mazkur holat Sizga mos tushmasa, unda, "Yo’q" deb javob qaytaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |