Eramizdan avvalgi birinchi ming yillarda Baktriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iena, Parfiya, Zarafshan vohalari Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining ildizi hisoblangan



Download 28,31 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2022
Hajmi28,31 Kb.
#460592
  1   2   3   4

1.Eramizdan avvalgi birinchi ming yillarda Baktriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iena, Parfiya, Zarafshan vohalari Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining ildizi hisoblangan. Sak-massagetlar so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar, va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Bu elatlar yashagan xududlarga o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta’lim-tarbiyaga oid boy meros ham kiradi. Hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining ijodiy merosi, san’ati va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Eramizdan oldingi ming yillar o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi afsona va rivoyatlardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»dir.
«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib, uning ilk saxifalari Zardush tomonidan 548-529 yillar orasida Amudaryo soxillarida yaratilgan. Keyinchalik janubiy Eronda otashparastlik dinining ulamo-xinlari tomonidan to‘ldirilib takomillashtirilgan.
80-yillarning o‘rtalariga kelib barcha tadqiqotchilar «Videvdad»da uchraydigan Mavr, Baxtriya, Xitoy, Sug‘d, Xorazm, Amudaryo, Sirdaryo kabi jug‘rofik atamalarga asoslanib, «Avesto»ning vatani Markaziy Osiyo va unga chegaradosh yurtlardir, degan qat’iy xulosaga keladilar. Haqiqatdan ham «Avesto»dagi jug‘rafiya doim ma’lumotlar bu xulosani tasdiqlaydi.
Arablar 8-asrda Eronni bosib olgan zardushtiylikka sadoqatini saqlagan bir necha ming maxalliy aholi janubiy Xindistonga qochib o‘tdilar. Ular qadimgi madaniyat, adabiyot va e’tiqodiga doir yodgorliklarni ham o‘zlari bilan eltadilar. 1723 yili ingliz olimi Jorj Bouje «Avesto»ning bir necha nusxasini Xindistondan eltib, Oksford kollejining kutubxonasiga topshirdi.
Hozirgi ana Shu dasxatlardan biri Bombeydagi Koma sharqShunoslik ilmgoxida saqlanadi. Bu ilmgoh zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lib, Shu jamoa mablag‘i hisobiga ishlaydi. Kitob 1615 yilda parfiyoni yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib, 672 betdan iborat.
«Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha mukammal ma’lumot beradigan ulkan, eng ko‘xna manba hisoblanadi.
Grek olimi Pliniy «Avesto»ni 2 million baytdan iborat degan edi. Biz unda Markaziy Osiyo, Eron va Ozarboyjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf-odat, e’tiqod, ibodat paytida qiroat qiladigan oyatlari, diniy marosimlarda ijro etadigan qo‘shiqlari, minglab xalq oxanglari haqida ma’lumot olamiz. Bundan tashqari, kitobda qadimgi xalq og‘zaki ijodiga taalluqli yagona syujetlar-dostonlar, parchalar mavjud.
Bundan tashqari, «Avesto»da eramizda oldingi ikki minginchi yillardan tortib to oltinchi asrlargacha bo‘lgan davrdagi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixiga doir, Sirdaryo va Amudaryo soxillarida yashaydigan xalqlarning ijtimoiy turmushiga oid ma’lumotlar bor. CHunonchi, kitobda Shu zaminlarda istiqomat qilgan xalqlarning kasb-kori, savdo-sotig‘i, qo‘shni xalqlar bilan munosabatlari bayon qilingan: har bir kasb xunar egasining jamiyatda tutgan o‘rni alohida qayd etilgan, dehqonlar bilan chorvadorlar jamiyat moddiy ne’matlarini yaratuvchilar sifatida ta’riflangan.
Zardushtiylik ta’limotida jismoniy va ma’naviy dunyo uch hayotiy davrga bo‘linadi.

  1. Eng qadimgi davr;

  2. Hozirgi davr;

  3. Bo‘lg‘usi hayot;

Zardusht ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. O‘smir balog‘at yoshiga etganda Zardusht qonunlari ahloqiy yo‘riqlar o‘rgatilgan. O‘smirlarning xudojo‘y mehankash adolat uy niyatlari, so‘zlari ishlarida xalollikka alohida e’tibor berishilgan. Zardushtiylikning ahloqiy yo‘riqlariga ko‘ra insonning o‘z burchini xis etishning birinchi belgisi poklik hisoblangan. «Avesto»da insonning barkamol bo‘lib etishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor berilgan. Bu ahloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyingi yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarda ham asos bo‘lgan desak ham hatto qilmaymiz. Unda insonning har tomonlama mukammal kamol topishi zarur bo‘lgan barcha talablar hayotiy yo‘l-yo‘riqlar o‘z ifodasini topgan.

Download 28,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish