Eramizdan avvalgi birinchi ming yillarda Baktriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iena, Parfiya, Zarafshan vohalari Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining ildizi hisoblangan


belgilangan. Axloqiy fazilatlariing majmuasi insonning ma’naviy



Download 28,31 Kb.
bet4/4
Sana20.02.2022
Hajmi28,31 Kb.
#460592
1   2   3   4
belgilangan. Axloqiy fazilatlariing majmuasi insonning ma’naviy olamini tashkil etadi. Xadislar belgilangan maqsadlariga ko‘ra diniy, axloq-odob xarakteriga ega. Diniy xarakterdagi xadislar diniy talab, e’tiqod qonun qoidalarini oydinlashtirsa, axloq-odob xarakteridagi xadislar inson xulqi, ma’naviy olamining bir necha yo‘nalishlarini qamrab olgan. Ularni biz shartli ravishda g‘oyaviy, estetik, jismoniy, iqtisodiy, aqliy, axloqiy, baynalminal, vatanparvalik tarbiya tasnifini tuzishimiz mumkii. Xadislarda insonparvarlik, demokratiklik munosobatlar ulug‘lanadi va xar bir insonni unga chaqiradi.
Xadislarda ilm poklik, xalollik, kishilarni yaxshilik sari boshlovchi, korong‘ilikda yo‘l ko‘rsatuvchi mash’al tariqasida talqin qilinadi. Ilmli kishi aql-idrok chirog‘i orqali Ollohning kuch - qudratini zakovatini anglashga erishadi degan g‘oYani ilgari so‘radi.

3. O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning inson kamoloti haqidagi ta’limot ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin SHarqda o‘z bilimi, fikr doirasini kengligi bilan nom chiqargan Farobiyning yirik mutafakkir- «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.


Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiYaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berishrish zarurligi ta’lim-tarbiya usullari va uslublari xaqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt- saodatga eriShuv to‘g‘risida", "Ixso-al-ulum", "Ilmlarning kelib chiqishi", Aql ma’nolari to‘g‘risida" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Forbiy "Baxt- saodatga eriShuv to‘g‘risida" asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu-olam asoslari haqida ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat-o‘simlik va xayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklaShuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Forobiy ta’lim-tarbiYaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va Shu jamiyat uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim-degan so‘z insonga o‘qitish, tuShuntirish asosida nazariy bilim berish; Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim.
Abu Nasr Forobiy Yana aytadi: «Ta’lim-degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa Shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir».
Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni Shu xalq, Shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish -harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi, o‘rganishdir", -deydi.
Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko‘zlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o‘z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Insonning kamolga etishida ham aqliy, axloqiy tarbiYaning o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim va tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.

4. Sharqda "Shayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, doriShunoslik, ruhShunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.


Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona kishlogida kichik amaldor oilasida dunyoga keladi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich maktabda o‘qiy boshlaydi. Undagi tug‘ma qobiliyat, o‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh xamda uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy munozara o‘tadigan oilaviy muhit yosh Ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan Buxoro shahri Somoniylar davrining yirik madaniy markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab madrasa, kasalxona nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo‘lgan. Jaxonning turli mamlakattalaridan kelgan olimlarning munozaralarida yosh Ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan xind hisobi, fiqxdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so‘ng Ibn Sino o‘zi mustaqil holda barcha fanlar bilan Shug‘ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Qamariy bo‘ldi. Ibn Sino so‘ngra falsafani o‘rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel falsafasini, uning “Metafizika" asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to‘liq o‘zlashtirib oladi.
X asr oxiri - XI asr boshlariga kelib, o‘lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashadi. Shu tufayli Ibn Sino Xorazmga - Urganchga ko‘chib o‘tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy boshqarayotgan "Ma’mun akademiyasida" ilmiy ish bilan Shug‘ullana boshlaydi. Xorazmda o‘zining yirik asari - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlariniijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga , ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nima qilishimiz kerakligini o‘rgatadi deydi.
U birinchi o‘ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu Ali Ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga dav’at etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonuniyatlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson kiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! “Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir".
Talabaga bilim berish o‘qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga ko‘ra Ibn Sinoo‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, Shunday yo‘l-yo‘riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.
-ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziktira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tuShunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- Har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o‘rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e’tibor beradi. Oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o‘rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari hunarmand, dexqonlar mehnatini ulug‘laydi va qimorboz, sudxo‘r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to‘g‘ri talqin etadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy-estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga etishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi.Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiYaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi katta xizmatlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sino inson kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiYaning o‘zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy ta’limotini, usullarini yaratib,ta’lim-tarbiya sohasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri Shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovatini ulug‘laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi kerakligini tinmay targ‘ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiYaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarkibidagina emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-amaliy jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyaShunos olim sifatida ham tadqiq etish, o‘rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.

Download 28,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish