Kurs ishining ilmiy yangiligi va ahamiyati. Yuqorida ta’kidlaganimdek, bu mavzuni yoritishdan maqsad Yaponiya tarixi hususida ingliz tilidagi asarlarda keltirilgan ma’lumotlar bilan o‘zbek tarixshunosligini tanishtirishdir. Chunki, o‘zbek tarixshunosligida bugungi kunga qadar mazkur mavzu doirasida kompleks tadqiqotlarning sayozligi yoki mavjud emasligi mazkur mavzuni kengroq o‘rganishni taqazo etadi. Ushbu kurs ishi Yaponiya manbashunosligi va tarixshunosligi bo‘yicha o‘zbek tilida yaratilgan dastlabki tadqiqotlardan hissoblanib, kelgusida yaratilishi mumkin bo‘lgan ilmiy ishlar uchun asos bo‘la oladi, deb hisoblayman. Qolaversa, kurs ishi materiallari asosida qayd qilingan keng qamrovli ma’lumotlar va ilmiy xulosalar oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlarida jahon tarixi, shu jumladan Yaponiya tarixidan o‘qiladigan maxsus kursni yaratishda bazaviy manba bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |