4
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Fakultet:
Mashinasozlik
Magistratura talabasi:
D.P. Ergashev
Kafedra:
Avtomobilsozlik
Ilmiy rahbar:
t.f.d. prof. T.S.Xudoyberdiyev
O`quv yili:
2016/2018
Mutaxassislik:
Avtomobilsozlik
va
traktorsozlik
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Ichki yonuv dvigatellarining ishonchli va uzoq
muddat ishlashi ularning
texnik holatiga bog`liq. Yonilg`i va moyning sarfi, ishlab bo`lgan gazlarning
tozaligi, belgilangan quvvatga o`z vaqtida chiqishi
va yurgizib yuborishning
yaxshiligi dvigatel texnik holatini belgilovchi kattalikdir. Ushbu kattaliklarni
belgilangan me`yorda bo`lishini ko`p jihatdan porshen halqalari belgilaydi.
Dvigatellarga texnik xizmat ko`rsatish ishlarining asosiy qismi porshen
halqalarini almashtirishdan iborat. Bunga sabab porshen
halqalari va silindr
orasida tirqish hosil bo`ladi va yonish kamerasida bosim pasayib ketadi.
Natijada dvigatel kerakli quvvatni bera olmaydi. Bundan tashqari yonilg`i va
moy sarfi ko`payib ketadi.
Demak porshen halqalari va silindr orasidagi tirqishni dvigatel
ko`rsatkichlariga ta`sirini o`rganish va kerakli tavsiyalarni ishlab chiqish
bugungi kunda eng zarur va yechilishi kerak bo`lgan muammolardan biridir.
Ushbu
tadqiqotning maqsadi, halqa va silindr orasidagi tirqishning
dvigatel
ko`rsatkichlariga
qanday
ta`sir
qilayotganligini
asoslash
va
muammoning kontruktiv yechimlarini topishdir.
Bu ko`rsatkichlar sifatida
dvigatel quvvati, yonilg`i sarfi va moyning kuyishini tanlab olindi.
Tadqiqotning obekti sifatida Spark M300 avtomobilining
dvigateli va D-
21A dvigatellari tanlab olindi.
Tadqiqotning uslublari. Porshen halqasi va silindr orasidagi tirqishni dvigatel
ko`rsatkichlariga ta`sirini o`rganishda quyidagi uslublardan foydalaniladi:
5
-empirik tadqiqot usullari;
- nazariy tadqiqot usullari;
-taxlil va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash usullari.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi :
- dvigatel quvvati, yonilg`i va moy sarfining dastlabki
holati va ekspluatatsiya
davridagi holati nazariy jihatdan taqqoslanadi.
- halqalarni o`rnatishning va nazorat qilishning uslublari keltiriladi
- porshen guruhi konstruksiyasiga o`zgartirish kiritish takliflari beriladi
Tadqiqot natijalarining ama liy ahamiyati va tadbiqi shundaki, tadqiqot
loyihasi avtomobilning ishlatilish davridagi ko`rsatkichlar
miqdorini ilmiy
asoslaydi.
Ushbu magistrlik ishi kirish, mavzuning dolzarbligi, 3 ta bob,
xulosa va
takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovadan iborat.
Ilmiy raxbar __________________ t.f.d. prof T.S.Xudoyberdiyev
(imzo)
Magistratura talabasi __________________ D.P.Ergashev
(imzo)