Mil. avv. I asrda esa qog‘oz ixtiro qilindi
Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo‘lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali katta qoshiqni eslatar edi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog‘ochga o‘rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko‘rsatgan Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan.
_________________________________________________________________
19-§. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar
Qadimgi Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston va qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget qabilalari yashaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |