Epidemiologiya



Download 23,79 Kb.
bet2/2
Sana13.07.2022
Hajmi23,79 Kb.
#787455
1   2
Bog'liq
Epidemiologiya

nfeksion kasalliklar — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.
Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.
Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina Infeksion kasalliklardan keyin immunitet qoladi. Mac, Infeksion kasalliklarni aniqlashda kasallikning klinik belgilari, lab.da tekshirish natijalari va epidemiologik maʼlumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.
Infeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi Infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti bilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.
Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar bogʻchalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infeksion boʻlimidan tashqari) boʻlimlarida izolyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (toun, vabo) bilan ogʻrigan bemorlarga yaqin yurgan kishilarni oʻsha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi muddat bilan ajratib qoʻyish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar turli muddat bilan ajratib qoʻyiladi (jadval)
O‘zbekiston Respublikasida kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi. 1991-yildan boshlab qator yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining izchil kamayib borishi kuzatilmoqda, shu jumladan “A” virusli gepatit bilan kasallanish 4,5 baravar, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish 4,6 baravar, o‘tkir respirator kasalliklar bilan kasallanish 7,9 baravar kamaydi.
Profilaktik emlashlar Milliy taqvimining takomillashtirilishi natijasida hamda rivojlangan mamlakatlarning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda hozirgi vaqtda 13 ta yuqumli kasallikka qarshi vaksinatsiya o‘tkazilmoqda. Aholining immunizatsiya bilan qamrab olinishi 95 — 99% ni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, yuqumli kasalliklar profilaktikasi darajasi va davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar to‘la yechimini topgan emas. Moddiy-texnik baza hamda respublikada yuqumli kasalliklar muassasalarining, shu jumladan yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish laboratoriyalarining kadrlar salohiyati dunyo standartlariga muvofiq emas.
Virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish hamda 2030-yilga kelib bu kasalliklarni tugatishga erishish, samarali profilaktika tizimini tashkil qilish, yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolashning ilg‘or usullarini joriy etish, respublika yuqumli kasalliklar muassasalari moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda tuzilmasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yilda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy yuqumli kasalliklar kasalxonalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan gepatologiya markazlari tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, gepatologiya markazlari:
dispanser ko‘rigidan va profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda aholini ommaviy tekshirishni tashkil etish maqsadida yuqumli kasalliklar va virusli gepatitlarning laboratoriya diagnostikasi samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi;
epidemiologiya, virusologiya, mikrobiologiyasi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash masalalari bo‘yicha fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda, shuningdek tadqiqot natijalarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etishda qatnashadi;
yuqumli kasalliklar, shu jumladan virusli gepatitlar tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktik, sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.
3. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish, ular profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks chora-tadbirlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar “Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Kompleks chora-tadbirlarda ko‘rsatilgan yuqumli kasalliklar muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda gepatologiya markazlarining namunaviy tuzilmasi va namunaviy nizomini tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan tashkil qilinayotgan gepatologiya markazlari yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishini, shuningdek tibbiyot xodimlari va boshqa tegishli mutaxassislarning malakasi muntazam ravishda oshirib borilishini ta’minlasin;
yuqumli kasalliklar muassasalari, shu jumladan gepatologiya markazlarining yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
yuqumli kasalliklar muassasalarining yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil qilsin;
xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda respublikada qo‘llanilayotgan yuqumli kasalliklarga, shu jumladan surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash usullarini muntazam yangilab borish maqsadida ularning samaradorligini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlasin.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Sog’ayish davri 1. Klinik sog’ayish 2. Bakteriologik sog’ayish Bakteriya tashuvchilik • o’tkir bakteriya tashuvchilik • cho’zilgan bakteriya tashuvchilik • surunkali bakteriya tashuvchilikYuqumli kasalliklarning asosiy belgilari (1) • Kasallikning bevosita sababchisi, maxsus qo’zg’atuvchisining bo’lishi • Kontagiozlik (yuqumlilik) yoki kasalliklar bir necha xodisalarining ya’ni umumiy kasallik manbai (zoonozlar, sapronozlar) vujudga kelishi • Keng epidemik tarqalishga moyilligiYuqumli kasalliklarning asosiy belgilari (2) • Kechishining siklikligi • Kasallik residivi va xuruji, cho’ziluvchan va surunkali shakllari rivojlanishining mumkinligi • Qo’zgatuvchi antigeniga nisbatan immun reaksiyalarning rivojlanishi • Tashuvchilik rivojlanishining mumkinligiYuqumli kasalliklardan so’ng bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan turg’unlik – immunitet paydo bo’ladi. Har qanday mikrob tarkibida zaharli modda – toksin bo’ladi. • Toksin mikrobning hayot faoliyati oqibatida hosil bo’lib, atrof muhitga tarqalsa – ekzotoksin deyiladi. Grammusbat mikroblar ekzotoksin hosil qiladi (difteriya tayoqchasi, botulizm) • Ekzotoksin oqsil moddasini saqlaydi • Mikrob tanasi parchalanishi oqibatida atrof muhitga tarqaladigan bo’lsa – endotoksin deyiladi. Grammanfiy mikroblar endotoksin ajratadi (vabo vibrioni, ich terlama mikrobi). Tananing mikrob kirib, tarqaladigan joyi – infeksiyaning kirish darvozasi (IKD) deyiladi. • Masalan: gripp, qizamiq, suvchechak, ko’kyo’tallarda IKD – yuqori nafas yo’llari. • Ichak infeksiyalari uchun IKD – og’iz orqali. • Yuqumli kasalliklarning tanaga tushgan mikrob qonga o’tishi bakteremiya deyiladi. Yuqumli kasalliklarning tasnifi 1. Antroponoz kasalliklar 2. Zoonoz kasalliklar 3. Antropozoonoz kasalliklar • Yuqumli kasalliklarda mikrob qaerda joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1. Ichak infeksiyalari. 2. Nafas yo’llari infeksiyalari. 3. Qon orqali yuqadigan infeksiyalar. 4. Tashqi qoplam (teri) orqali yuqadigan infeksiyalar. 5. Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. “Boshqariladigan infeksiyalar” • Bu guruhga emlash yo’li bilan oldini olish mumkin bo’lgan yuqumli kasalliklar kiradi. Bular: • Sil, poliomielit, difteriya, ko’kyo’tal , qoqshol, qizamiq. O’ta xavfli infeksiyalarga – vabo, toun, kuydirgi, sariq isitma, gemorragik isitma, brutsellyozlar kiradiYuqumli kasalliklar tashxisining asosiy usullari • Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning asosiy tamoyillaridan biri – kasallikni erta aniqlash va tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik. • Bemorning shikoyatlari • Anamnez yig’ish • Epidemiologik anamnez • Bemorni ob’ektiv tekshirish • Laborator tekshiruvlar • Qiyosiy taqqoslash • Yakuniy tashxis qo’yish • Davolash • Profilaktik chora-tadbirlarBa’zi yuqumli kasalliklarda terida turli toshmalar – ekzantemalar paydo bo’ladi. Ichki a’zolar yoki shilliq qavatlardagi toshmalar – enantemalar deb ataladi. • Ekzantemalar quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi: – Rozeola – pushti rang, kichkina 2 -3 mm dog’lar. Ular teri ustida bo’rtib turmaydi. Teri bosilsa yo’qoladi, iz qoldirmaydi. – Petexiya – teri orasiga qon quyilishi natijasida paydo bo’ladi. – Papula – teri yuzidan biroz bo’rtib turadi. – Vezikula – ichida tiniq suv tutadigan mayda pufakchalar. – Eritema – ma’lum kattalikda terida yaxlit qizarish. – Allergik toshmalar. Diareya (ich ketishi) enteritik kolitik Axlat tez-tez, ko’p, suyuq, suvsimon, hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari bilan, sassiq hidli, yashil yoki och sariq rangda bo’lishi Axlat bo’tqasimon yoki yarim, suyuq konsistensiyada, jigar , rangdagi, axlat massalarining hajmi kamayishga moyil. Axlatda patologik qo’shilmalar (yiring, shilliq va boshqalar). tenezmlar, yolgon chaqiriqlar xos.
Download 23,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish