So'zlashuv uchun iboralar
Good
Yaxshi
Not so good
Unchalik emas
Long time no see
Anchadan beri ko'rishmadik
I missed you
Sizni sog'indim
What's new?
Yangiliklar bormi?
Nothing new
Yangilik yo'q
Thank you (very much)!
Katta rahmat
You're welcome! (for "thank you")
Marhamat
My pleasure
Arzimaydi
Come in! (or: enter!)
Kiring
Make yourself at home!
O'zingizni uyingizdagidek his qiling!
44-dars. Go
Ingliz tilidagi eng mashhur so'zlardan biri "go" hisoblanadi.
Go - "ketmoq" degani. Past simple'da "went", present perfect'da "gone".
Go - to/on/for lar bilan birga kelishi mumkin. Agar ketilayotgan joy mamlakat, shahar, qishloq, teatr kabi ma'lum nomga ega manzil bo'lsa, "go to" ishlatiladi:
I'm going to France next week - Men keyingi hafta Fransiyaga ketyapman.
Faqat "home" (uy)da to qo'shilmaydi: I'm going home now - Men hozir uyga ketyapman.
Agar manzil sayohat, dam olish, tadqiqot kabi narsalar bo'lsa, "go on" ishlatiladi.
We go on holiday every year - Biz har yili dam olishga boramiz.
Agar yurish, ovqatlanish, uchrashish kabi ma'lum bir harakatni bajarish uchun ketayotgan bo'lsa, "go for" qo'yiladi:
She has gone for a walk in the park - U istirohat bog'ida aylangani ketdi.
"Holiday" so'zida "go on holiday" yoki "go for a holiday" desa ham bo'ladi. "For" bilan ishlatilganda "a" qo'yish kerak ekan.
Swimming, shopping, fishing kabi "ing" qo'shimchasi bilan kelgan so'zlardan oldin yolg'iz "go" qo'yiladi, xolos:
We went fishing - Biz baliq tutgani ketgan edik.
"Let's go swimming" yoki "Let's go for a swim" desa ham bo'ladi. Ma'nosi: Ketdik, cho'milgani boramiz.
45-dars. Pronouns
Me/him/them
Me - meni/menga
Us - bizni/bizga
You - sizni/sizga
Him - uni/unga (erkak)
Her - uni/unga (ayol)
It - uni/unga (jonsiz)
Them - ularni/ularga.
Bu so'zlar gapning yoki gap bo'lagining oxirida kelib, yuqoridagi ma'nolarda keladi. Ba'zan with/for/to/at kabi preposition so'zlar bilan keladi.
This letter isn't for you. It's for me - Bu maktub sizga emas. Menga.
He doesn't want to see me - U meni ko'rishni xohlamaydi.
Alisher likes you - Alisher sizni yoqtiradi.
Do you want to come with us - Biz bilan birga kelishni xohlaysizmi?
Do you know him - Uni bilasizmi?
They want to see her but she doesn't to see them - Ular uni ko'rishni xohlaydi, lekin u ularni ko'rishni xohlamaydi.
Bobur never drinks milk. He doesn't like it - Bobur hech qachon sut ichmaydi. U uni yoqtirmaydi.
It va you so'zlari "ni" va "ga" qo'shimchasi bilan kelganda ham shundayligicha qoladi. Masalan, I - me, she - her, we - us va hokazo boshqa so'zlar qanday o'zgarishini ko'rdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |