GULAG- Axloq tuzatish-mehnat lagerlari va
qamoq joylari Bosh boshqarmasi bo‘lib, 1934 yilda tashkil topdi va 1956 yilgacha faoliyat
ko‘rsatdi. GULAG tizimida 30-50-yillardagi shaxsga sig‘inish davri ommaviy qatag‘onlari
hamda SSSRdagi totalitar tuzum qurbonlari saqlandi.
Mahbuslar o‘z mehnatlari uchun haq olmasdilar, buning evaziga ularga tegishli darajada va
sifatli maxsus lager kiyim va ovqat berilishi ko‘zda tutilardi. Shunday qilib, qashshoq dehqonlar va
mahbuslar butun dunyoga ishchi va dehqonlarni ekspluatatsiyadan ozod qilgani to‘g‘risida jar
solgan mamlakatni moliyaviy halokatdan saqlab qoldilar.
3-
§
. Sovet totalitar tuzumining tashqi siyosati
30-yillarda SSSR tashqi dunyo bilan aloqalarda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi.
Jumladan, eng avvalo podsho hukumatining qarzlarini to‘lash, xorijiy mulkni ularning eski egalariga
qaytarish, xalqaro aloqalardagi teng huquqlilik va mustaqillik muammolari bilan bog‘liq bo‘ldi.
Ammo bu qiyinchiliklarga qaramay, sovet diplomatiyasi tashqi munosabatlarni sekin-asta
o‘zgartirishga erishdi.
1941 yil arafasidayoq Sovet mamlakati bilan Estoniya, Latviya, Litva, Finlyadiya, Polsha
o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud edi. Sovet davlati 1921 yil mart oyida Angliya bilan
savdo bitimi tuzdi. Bu bitim Angliyaning haqiqatda Sovet hukumatini taniganligini bildirardi.
63
Shundan keyin, ko‘p vaqt o‘tmay, 1921-1922 yillarda Germaniya, Norvegiya, Avstriya,
Shvetsiya, Chexoslovakiya, Italiya bilan ham savdo bitimlari tuzildi.
Yevropa mamlakatlari va AQSH bilan iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanishiga
tashqi savdoning davlat tomonidan monopoliyalashtirilgani to‘g‘anoq bo‘ldi. Bu tufayli AQSH
SSSR bilan savdo aloqalari o‘rnatishni qat’iyan rad etdi.
Sovet hukumati AQSH bilan SSSR o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga harakat
qildi. 1921 yil 20 martda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining raisi M.I.Kalinin Amerika
kongressiga va AQShning yangi prezidenti Gardingga telegramma yuborib, Sovet hukumatining
AQSH bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga tayyorligini bildirdi. Shu maqsad bilan ikkala
mamlakat o‘rtasidagi hamma masalalarni, shu jumladan savdo munosabatlarini yangidan boshlash
masalasini hal qilish uchun AQShga maxsus delegatsiya yuborish istagi borligi ma’lum qilindi.
Ammo AQSH hukumati bu taklifni rad qildi.
Sovet diplomatiyasi SSSR da kolonializmga qarshi kurashda o‘z ittifoqchisini ko‘rgan Osiyo
mamlakatlari bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatishda ma’lum muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
1921 yilda Eron, Afg‘oniston, Turkiya va Mongoliya bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida bitimlar
tuzildi.
1921 yil 26 fevralda Moskva Eron bilan imzolagan shartnomada chor Rossiyasining Eron
bilan tuzgan va Eron uchun asoratli bo‘lgan hamma shartnoma va bitimlari bekor qilinganligi
ta’kidlandi. RSFSR hukumati chor hukumatining Eron territoriyasidagi barcha konsessiyalaridan,
pul da’volaridan voz kechdi, Kaspiy dengizida Eronning o‘z flotini saqlash huquqiga ega bo‘lishiga
rozi bo‘ldi va hokazo. Shartnomaning 6-moddasi ayniqsa muhimdir. Bu modda qanday bo‘lmasin
biron davlat Eron territoriyasini bosib olish yoki Eron territoriyasini Sovet Rossiyasiga qarshi urush
harakatlari bazasiga aylantirish maqsadida Eron territoriyasiga qurol kuchi bilan bostirib kirgan
taqdirda Sovet hukumati o‘zini mudofaa qilish manfaatlarini ko‘zlab zarur choralar ko‘rish uchun
Eronga o‘z qo‘shinlarini kiritish huquqi borligi aytilgan.
1921 yil 28 fevralda Sovet Rossiyasi bilan Afg‘oniston o‘rtasida do‘stlik shartnomasi
imzolandi, bu shartnoma ikkala mamlakatning o‘zaro mustahkam va do‘stona munosabatlariga
negiz bo‘ldi.
1921 yil 16 martda RSFSR bilan Turkiya o‘rtasida do‘stlik va birodarlik haqida shartnoma
imzolandi. Yakkalanib qolgan Turkiya o‘z mustaqilligi uchun kurash olib borayotgan dolzarb
vaqtda imzolangan bu sovet-turk shartnomasi milliy Turkiyaning xalqaro pozitsiyasini
mustahkamlashga, uning dushman imperialistik davlatlar qurshovini yorib o‘tishiga imkon berdi.
Zakavkazyedagi sovet respublikalari 1921 yilning oktabrida Turkiya bilan shartnoma tuzdilar.
1921 yil martida Suxe-Bator boshchiligida tashkil topgan Mo‘g‘uliston xalq-revolyutsion
hukumatining iltimosiga binoan, 1921 yilda RSFSR hukumati baron Ungernning bostirib kirgan oq
gvardiyachi qo‘shinlaridan Mo‘g‘ulistonni ozod qilish uchun kurashayotgan Mo‘g‘uliston xalq
armiyasiga yordam berdi. Qizil Armiyaning yordami bilan 1921 yil yozida Ungren qo‘shinlari tor-
mor qilindi. Bir-birini tanish va bir-biriga elchi yuborish haqida 1921 yilning 5 noyabrida
Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasi bilan RSFSR o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Sovet hukumati Xitoy bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga intildi va chor hukumati
bilan Xitoy o‘rtasida tuzilgan, teng huquqlilikka asoslanmagan, Xitoy uchun asoratli bo‘lgan hamma
shartnomalardan voz kechganligini necha martalab bildirdi. Ammo 1920-1921 yillarda olib borilgan
Sovet-Xitoy muzokaralari muaffaqiyatsiz tugadi.
O‘zaro da’volarni muhokama qilish va sulh shartnomasini uzil-kesil tuzib chiqish uchun
konferensiya chaqirish haqida Sovet hukumatining 1921 yil oktabrida qilgan taklifini Angliya,
Fransiya, Italiya, Germaniya hukumatlari va boshqalar qabul qildilar. 1922 yilning aprel-may
oylarida Italiyaning Genuya shahrida Yevropa davlatlarining moliyaviy-iqtisodiy konferensiyasi
bo‘ldi.
Konferensiyada sovet delegatsiyasiga memorandium topshirildi. Memorandumda quyidagi
asosiy talablar, ya’ni: chor hukumatining, burjua Muvaqqat hukumatining va fuqarolar urushi
vaqtida Rossiya territoriyasida bo‘lgan har xil oq gvardiyachi «hukumatlar»ning hamma moliyaviy
64
majburiyatlarini tan olish, chet el kapitalistlarining milliylashtirilgan korxonalarini o‘zlariga qaytarib
berish, tashqi savdo monopoliyasini bekor qilish va hokazo talablar bayon qilingan edi. Sovet
delegatsiyasi bu og‘ir talablarni qat’iyan rad qildi. Genuya konferensiyasi hech qanday qaror qabul
qilmadi.
Genuya konferensiyasi vaqtida kurort shaharchasi Rapalloda (Genuyaga yaqin joyda) 1922
yil 16 aprelda RSFSR bilan Germaniya o‘rtasida diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni tiklash,
urush xarajatlarini to‘latishdan ikkala tomonning ham voz kechishi haqida shartnoma tuzildi.
Germaniya nemis fuqarolarining Sovet hokimiyati tomonidan milliylashtirilgan mulklari uchun haq
da’vo qilmaydigan bo‘ldi. Bu narsa sovet diplomatiyasining jiddiy muvaffaqiyati edi, yirik
kapitalistik davlatlarning Sovet Rossiyasiga qarshi qaratilmish birlashgan frontiga bu shartnoma
bilan raxna solingan edi.
Rossiya va Germaniya taqdirida 1922 yili Genuyada imzolangan Rapallo bitimi katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. U ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Ushbu bitim G‘arb
davlatlarining SSSRga nisbatan siyosiy qamalini barbod qildi. Rappalo bitimidan so‘ng boshqa
davlatlar ham SSSRni tan ola boshladilar. 1924 yilda Angliya va Fransiya bilan diplomatik aloqalar
o‘rnatildi. Xuddi shu yili Yevropadagi ko‘plab davlatlar sovet davlatini diplomatik jihatdan tan
olishi va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishini bildirdi. 1925 yil yanvarda sovet-yapon bitimi
imzolandi. 1921-1925 yillarda SSSR chet mamlakatlar bilan jami 40 dan ortiq turli bitim va
shartnomalar tuzdi. 1924-1925 yillarda Sovet Ittifoqi Angliya, Italiya, Avstriya, Gretsiya,
Norvegiya, Shvetsiya, Xitoy, Daniya, Meksika, Fransiya va Yaponiya bilan diplomatik
munosabatlar o‘rnatdi. Xitoy bilan tuzilgan shartnomaga binoan Sovet hukumati podsho
hukumatining Xitoy bilan tengsizlik asosida tuzgan hamma shartnomalarini bekor deb e’lon qildi.
1932 yilda SSSR Polsha, Latviya, Estoniya va Finlyadiya bilan bir-biriga hujum qilmaslik
haqida shartnoma tuzdi. O‘sha yiliyoq Sovet-Fransiya munosabatlarida burilish yasaldi. Natijada
1932 yil noyabrida SSSR bilan Fransiya o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzilishiga olib
keldi. 1933 yilda SSSR bilan Italiya o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma tuzildi. Sovet
hukumati hujum qilmaslik haqida ahdnoma tuzishni Yaponiyaga ham taklif qildi. Biroq, Yaponiya
hukumati, SSSRga nisbatan agressiv niyatlari bo‘lgani uchun, bunday shartnomani imzolashdan
bosh tortdi.
1931 yildayoq Yaponiya Xitoyning shimoli-sharqiy viloyatlarini (Manchjuriyani) bosib oldi
va u yerda Sovet Ittifoqiga hujum qilish uchun, Xitoyga hamda Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlariga hujumni davom ettirish uchun platsdarm vujudga keltirdi. Shu tariqa, Uzoq Sharqda
jahon urushining birinchi o‘chog‘i vujudga keldi. Jahon urushining ikkinchi o‘chog‘i Germaniya
fashistlarining hatti-harakatlari natijasida Yevropaning markazida vujudga keldi.
Fashistlar Italiyasi ham agressiya yo‘liga kirdi. 1935 yilda u Efiopiyani (Xabashistonni) bosib
oldi. Shundan keyingi yilda har ikkala fashistlar davlati Ispaniyada general Franko isyonini
uyushtirdilar, so‘ngra esa Ispaniya respublikasiga qarshi harbiy intervensiya boshlab, bu respublikani
bo‘g‘ib tashladilar.
Fashistlar Germaniyasi bilan fashistlar Italiyasi 1936 yilda «Antikommintern pakti» deb
atalgan o‘zaro harbiy ittifoq tuzdilar, 1937 yilda Yaponiya ana shu ittifoqqa qo‘shildi va shu yili
Xitoyda jinoyatkorona, bosqinchilik urushini boshlab yubordi. Yangi jahon urushini boshlab
yuborishga intilgan «Berlin-Rim-Tokio» agressiv qaroqchilik bloki tashkil topdi. Ana shunday bir
paytda, 1933 yil noyabrida SSSR bilan AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
1935 yilda Sovet Ittifoqi Fransiya va Chexoslovakiya bilan o‘zaro yordam haqida paktlar
tuzdi.
Chexoslovakiya bilan tuzilgan shartnomada, ayni vaqtda Fransiya ham yordam ko‘rsatgan
taqdirda, o‘zaro yordam, shu jumladan, harbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi.
1936 yil martida SSSR bilan Mongoliya Xalq Respublikasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro yordam
haqidagi shartnoma yapon imperialistlari uchun jiddiy ogohlantirish bo‘ldi. 1937 yilda Yaponiya
Xitoyga hech bir vajsiz navbatdagi hujumni boshlagan paytda Sovet Ittifoqi Xitoy xalqiga yordam
65
qo‘lini cho‘zdi. 21 avgustda SSSR bilan Xitoy o‘rtasida hujum qilmaslik haqida shartnoma
imzolandi.
Chexoslovakiyaning taqdiri hal qilinayotgan kunlarda, Chexoslovakiya bilan tuzilgan o‘zaro
yordam ahdnomasiga Sovet Ittifoqi, Agar Chexoslovakiya va Fransiya rozi bo‘lishsa, ularga yordam
qilishga tamomila tayyor ekanligini bildirdi. Sovet hukumati agressorga zarba berishning konkret
tadbirlarini muhokama qilish uchun SSSR, Fransiya va Chexoslovakiya Bosh shtablari
boshliqlarining kengashini chaqirishni taklif qildi. Ammo Angliya-Fransiyaning hukmron doiralari
Chexoslovakiyani himoya qilishda birlashib harakat qilish imkoniyatidan foydalanmadi. Sovet
hukumati Germaniya va Chexoslovakiya o‘rtasida urush chiqqan taqdirda, Fransiyaning qanday
pozitsiya tutishidan qat’iy nazar, Chexoslovakiya hukumatiga yordam qilishga tayyor ekanligini
izhor qilishiga qaramay, Chexoslovakiyaning, prezidenti Eduard Benesh boshchiligidagi burjua
hukumatining o‘zi ham o‘z davlatining mustaqilligini himoya qilishga istak bildirmadi. Fashistlar
Germaniyasi bundan foydalanib, 1938 yilning oktabrida Chexoslovakiyani parchalab yubordi, 1939
yilning martida esa Chexiyani Germaniyaga qo‘shib oldi. Sovet hukumati 1939 yil 18 martdagi
notasida Germaniya hukumatiga bu bosib olish eng qo‘pol agressiya ekanligini aytdi va Chexiyaning
Germaniya imperiyasi sostaviga kiritilishini tan olishdan bosh tortdi.
Yaponiya imperialistlari haqiqatan ham SSSRga xujum qilishga zo‘r berib tayyorgarlik
ko‘rmoqda edi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ig‘volar uyushtirish yo‘liga o‘tib oldi va 1938 yil
iyulda yapon qo‘shinlari Vladivostokka yaqin joydagi Xasan ko‘li rayonidagi Sovet territoriyasiga
bostirib kirdi. 6-11 asgustda sovet qo‘shinlari yapon agressorlarga qarshi zarba berdilar va uni
SSSR territoriyasidan uloqtirib tashladilar. Lekin yapon bosqinchilari bu voqealardan o‘zlariga
tegishli saboq chiqarmadi. Mongoliyani bosib olish, sovet territoriyasiga yorib kirish, Sibir temir
yo‘l magistralini kesib o‘tish va Uzoq Sharqni qirqib qo‘yish maqsadida 1939 yil 13 mayda ular
Xalxin-Gol daryosi rayonida Mongoliya Xalq Respublikasiga hujum qildi. Yaponiyaning piyoda
askarlar va tanklardan iborat katta kuchlari ko‘plab harakat qilayotgan aviatsiya yordami bilan uch
oy davomida hujumga o‘tishga urinib ko‘rdi. Ammo ularning barcha xujumi qaytarildi, bunda ular
juda katta talofatlar ko‘rdi. 20 avgustda sovet va mongol qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdilar.
Dushman qo‘shinlari qurshab olindi va sakkiz kunlik jangda deyarli tamomila qirib tashlandi.
Angliya va Fransiya hukumatlari agressiyaga qarshi birgalashib kurashish masalasi yuzasidan 1939
yilning bahorida SSSR hukumati bilan muzokara olib borishga kirishdi. Muzokaralar 4 oy chamasi
davom etdi va natijasiz tugadi.
Sovet hukumati fashistlar agressiyasiga qarshi barcha uchun barobar asosda o‘zaro yordam
haqida samarali va amaliy natija beradigan bitim tuzishga bor kuchini sarf qildi. U urush bo‘lib
qolgan taqdirda kuchli armiya qo‘yishga, Polsha, Fransiya, Angliyaga fashistlar Germaniyasi xujum
qilgan taqdirda Yevropaga qo‘shin yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Lekin Angliya o‘z ustiga
bunday majburiyatlar olishni istamadi. Bu masalada Angliya va Fransiya hukumatlari tomonidan
qo‘llab-quvvatlanayotgan Polsha, agar sovet qo‘shinlariga Angliya va Fransiyaga yordam berish
uchun yo‘lga tushish zarur bo‘lib qolsa, sovet qo‘shinlarini o‘z hududidan o‘tkazmasligini aytdi.
Ana shularning hammasi bir tomondan, SSSR bilan, ikkinchi tomondan, Angliya va Fransiya
o‘rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashiga olib keldi.
Ayni bir vaqtda Angliya hukumati Germaniya bilan eng muhim siyosiy, harbiy va iqtisodiy
masalalar yuzasidan keng bitim tuzish haqida maxfiy muzokaralar olib bormoqda edi.
Ro‘y bergan xalqaro vaziyatni e’tiborga olib, Germaniyaning hujum qilmaslik to‘g‘risida
shartnoma tuzish haqidagi taklifini qabul etishga qaror qildi. Shartnomaga 1939 yil 23 avgustda
imzo chekildi. Bu bilan Sovet Ittifoqi bir yarim yil tinch yashash va avj olib borayotgan ikkinchi
jahon urushi sharoitida o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlab olish imkoniga ega bo‘ldi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |