Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

4-
§
. Ikkinchi jahon urushi arafasida Avstriya
1933 yil yanvarida Germaniyada Gitlerchilarning hokimiyat tepasiga kelishi va terroristik
siyosati Avstriya hukumatini rag‘batlantirib yubordi. 1933 yil 15 martda Dolfus parlamentni tarqatib
fashistik diktatura o‘rnatdi. Xeymver rasmiy suratda tanilib, yordamchi politsiyaga aylantirildi,
uning soni 100 ming kishiga yetkazildi. Dolfus hukumati Italiya fashist hukumati bilan yaqin aloqa
o‘rnatdi. 1933 yilda Dolfus Mussolini bilan uch marta uchrashdi. Italiya-Avstriya-Vengriya ittifoqi
tuzildi. Fashistik diktaturani mustahkamlash maqsadida hukmron sinflar 1934 yil 1 mayda yangi
konstitutsiyani qabul qildilar. Avstriyada Italiyadagidek fashistik korporativ tuzum o‘rnatildi.
Avstriya avtoritor davlat deb e’lon qilindi. Bu davlat hokimiyatga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishga
asoslangan davlat edi. Qonun chiqarish deyarli prezident ixtiyoriga topshirildi. Ishchilar siyosiy
huquqlardan butunlay mahrum qilindi. Fashistik «vatan fronti» birdan-bir siyosiy partiya deb tanildi.
Dolfus hukumatining Mamlakatda mustahkam tayanchi yo‘q edi. U asosan Avstriya fashistlarining
italiyanparast qismiga suyanar edi. 1934 yil 17 martda Italiya-Avstriya-Vengriya o‘rtasida aloqa va
maslahatlashib turish maqsadida ahdnoma-Rim protokoli imzolandi. Avstriya hukmron, doiralari
mamlakatning milliy manfaatlariga xiyonat qildilar. Avstriya fashistik Italiyaga qaram bo‘lib qoldi.
Shunday vaziyatda «anshlyus» tarafdorlari bo‘lgan germanparastlar, Avstriyadagi gitlerchilari
tarafdorlari bo‘lgan natsistlar isyon ko‘tarib, Avstriyani Germaniyaga qo‘shib olish rejasini amalga
oshirishga urindilar. Germaniya fashizmining ko‘rsatmasiga muvofiq 1934 yil 25 iyulda Avstriya
natsistlarining qurolli guruhi isyon ko‘tardi. Natsistlar radiostansiyaga va hukumat binolariga hujum
qildilar. Isyonchilar kansler Dolfusni o‘ldirdilar va hokimiyatni qo‘lga olishga urindilar. Shtiriya va
Karintiyada ham shunday isyonlar ko‘tarildi. Germaniya qo‘shinlari anshlyussni amalga oshirish
maqsadida Avstriyaga bostirib kirishga tayyorlandilar. Lekin Avstriya gitlerchilari va Germaniya o‘z
maqsadlariga erisha olmadilar. Avstriya hukumat qo‘shinlari isyonni bostirdi. Avstriya Italiyaning
roziligisiz atrofdagi mamlakatlar bilan muzokoralar olib bormaslik majburiyatini oldi. Lekin
keyinchalik Musollinining Gitler bilan yaqinlasha boshlagani sababli Shushning hukmati
germanparast elementlar bilan yaqinlasha boshladi. Italiyaning Habashiston urushida (1935-1936
yillar) zaiflanib qolganligi va Germaniyaning harbiy jihatdan kuchayib borayotganligi sababli
Shushning hukumati uzil-kesil Germaniya tomon burildi. 1936 yil 11 iyulda Avstriya bilan
Germaniya o‘rtasida «Normal va do‘stlik aloqalarini tiklash to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Gitler
hukumati Avstriya suverenitetini tan oldi. Shunga binoan, Avstriya rasman mustaqil davlat bo‘lib
qolsada, amalda u Germaniya ta’siridagi mamlakatga aylandi. Shushning hukumati Avstriya
natsional sotsialistlariga yana legal ishlash huquqini berdi. Gitler agentlari Avstriya davlat
organlariga va armiyaga ko‘plab suqilib kirdilar. Avstriya siyosati Germaniya manfaatlariga
bo‘ysundirildi. 1938 yil boshidan e’tiboran nemis fashist matbuoti Avstriyani Germaniyaga qo‘shib
olish kompaniyasini kuchaytirib yubordilar. 1938 yil 12 fevralda Shushning Gitler huzuriga


35
chaqirildi va unga ultimatum topshirildi. Gitler Shushningdan qamoqqa olingan barcha natsistlarni
ozod qilishni, natsist Zeys Inkvartni ijtimoiy tartib va xavfsizlik ministri qilib tayinlashni,
natsistlarning agitatsiyasiga to‘la erkinlik berishni talab qildi. Shushning oldida Gitler Keytelni
chaqirib uning Avstriyaga bostirib kirishga tayyor turgan qo‘shinlar haqidagi axborotini tingladi.
Shushning Gitler talablarini qabul qildi. Venada va boshqa shaharlarda ish tashlashlar, namoyishlar
va mitinglar bo‘lib turdi, 1 mln 600 ming kishi Shushning siyosatiga qarshi yozilgan xujjat
memorandumga qo‘l qo‘yib, mamlakat mustaqilligini saqlab qolishga tayyor ekanligini bildirdilar.
Shushning xalq ommasining qat’iy talabiga muvofiq Avstriyaning mustaqilligi masalasida 13 martda
plebissit o‘tkazishni e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Shushning Gitlerning talablarini qabul qilib, iste’fo
berdi va radio orqali so‘zlab, armiya bilan xalqni nemis qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmaslikka
da’vat etdi. Natsist Zeys Inkvart Avstriyaning yangi kansleri qilib tayinlandi. 11 mart kuniyoq 250
ming kishilik nemis armiyasi Avstriya chegarasidan o‘tib uni ishg‘ol qildi. 13 martda Zeys Inkvart
hukumati chiqargan qonunda Avstriya Germaniyaning bir qismi deb e’lon qilindi. O‘sha kuni Gitler
Avstriyani Germaniya tarkibiga qo‘shdi. 10-aprelda esa Gitler terror va shovinistik kayfiyat avj
oldirilgan bir sharoitda Avstriya va Germaniyada plebissit o‘tkazib, Avstriyaning Germaniyaga
qo‘shib olinganligini «qonunlashtirdi». Shu tariqa butun bir davlat Yevropa xaritasidan yo‘qotildi,
hatto Avstriya nomi ham o‘chirildi. Avstriya 7-oblast (GAU)ga bo‘lindi. «Ostmark» (Sharqiy
marka) nomini oldi. Ostmark hududi Gitler bosqinining muhim strategik rayoni bo‘lib qoldi.
Avstriya boyligi, harbiy sanoat potensiali va armiyasi Gitler Germaniyasi ixtiyoriga o‘tdi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish