Mavzu: Eron XX asr ikkinchi yarmida.
(Eron Islom Respublikasi)
Ko`rib chiqiladigan masalalar
1. 1945-yil voqealari
2. Eron nefti uchun kurash
3. Eron inqilobdan so'ng
4. Eron - O'zbekiston munosabatlari
Darsning maqsadi.
Eron va Bog`dod pakti (SENTO). Eronning tashqi siyosati. Eron va AQSH. 1978-1979 yillardagi shoh rejimiga qarshi qratilgan inqilob. R.Xomeyni boshchiligidagi harakatning Eron tarixidagi roli. Eron Islom Respublikasining e’lon qilinishi. 80-90 yillarda Eron hukumati olib borgan ichki va tashqi siyosat.
1. 1945-yil voqealari
Ikkinchi jahon urushi oxirida Eron shoh Muhammad Rizo Pahlaviy (1919—1980) tomonidan boshqarilar, hukumat boshlig'i Qavam as Sulton edi. 1947-yil uning o'rniga I. Hakimiy va undan so'ng Razmari tayinlandi. 1945-yili Eronda yashovchi ozarbayjon va kurd xalqlarining milliy muxtoriyat uchun kurashi boshlandi. Eron Ozarbayjonida faoliyat ko'rsata boshlagan Ozarbayjon demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan ohsh; o'z parlamentiga ega bo`lish. Bu talablar shoh hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o'tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi. 1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o'tkazildi. Parlament 9-dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi. Saylovdan so'ng tuzilgan hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo'lmagan barcha ko'rsatmalarini bajarishini ma'lum qildi. Maktablarda ta'lim ozarbayjon tilida olib borila boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi.
1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag'batlantirilgan va qo'llab-quwatlangan edi. Bu esa o'zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo'llab-quwatladi. Eron hukumati, tabiiyki, Eron Ozarbayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi. Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik ko'rsatdi. Chunonchi, Eronga qo'shimcha harbiy kuchlar jo'natdi. SSSR manevr qilishga majbur bo'ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet — eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi shartnoma evaziga o'z qo'shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. 1946-yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to'la o'z nazoratiga bo'ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks aralashuviga duch kelishi mumkin edi.
Ayni paytda Eronda ingliz - amerika ta'siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko'zda tutuvchi Erondagi Amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron — amerika shartnomasining imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz — amerika qarama-qarshiligi kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |