Йилларда франция



Download 1,56 Mb.
bet29/72
Sana11.01.2017
Hajmi1,56 Mb.
#169
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72
80-yillarda Italiya.

Italiyaning 80-yillardagi ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy jihatdan barqarorlikning saqlanib qolganligi bilan izohlanadi. Mamlakat parlamentida “mustahkam ko‘pchilik”ning yo‘qligi, parlament va hukumatlarni boshqarishda koalitsiyalar amaliyotidan foydalanishga sabab bo‘ldi. Parlamentni tarqatib yuborish, yangi tarkibni tuzish bo‘yicha navbatdagi saylovlar 70-yillardagidek muddatidan oldin o‘tkazilar edi. Ko‘pgina qonunlar qog‘ozdagina mavjud bo‘lib, ular bajarilmas edi. Mamlakatda partiyalarning imkoniyatlariga ishonmaslik, hafsalasi pir bo‘lish holatlari kuchaydi. Giyohvandlar va mafiyaning qurbonlari soni yanada ortdi. Terrorizm va korrupsiya Italiya siyosiy hayotining ajralmas aylanib qoldi.

1980 yilda beshta siyosiy partiya: xristian demokratlar, sotsialistlar, sotsial-demokratlar, liberal va respublikachilar vakillaridan iborat koalitsion hukumat tashkil topdi. Xristian demokratlar bu safar ham hukumat boshqaruvini o‘z qo‘llarida saqlab qoldi. Shu bilan bir qatorda XDPning ichida bir-biriga qarama-qarshi oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. XDPning yetakchisi I.de Mita A. Moro siyosatiga qaytishni taklif qildi. Bu esa XDPning korrupsiyaga qarshi kurashish va so‘l tomonga og‘ib ketishini anglatar edi. A.Fanfani boshchiligidagi o‘ng qanot vakillari esa bu taklifni qo‘llab-quvvatlamadi.

Shu davrga kelib, Italiya siyosiy hayotida uchinchi o‘rinni egallab turgan Italiya sotsialistik partiyasining boshqaruv tizimida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. 1976 yilda Bensdetto (Bettino) Kraksi ISPning siyosiy kotibi lavozimini egalladi. U o‘z oldiga ISPni hukumat tepasiga olib chiqishi va mamlakat tarixida sotsialistlardan chiqqan birinchi premyer ministr bo‘lish maqsadini qo‘ydi. Kraksi o‘zining “Sotsializm injili” nomli risolasida sotsialistlarning kommunistlar bilan hamkorlik qilinishining plyuralizm sharoitida xususiy sektorning iqtisodiy jihatdan katta potensialga ega ekanligi haqidagi tezisni qo‘llab-quvvatladi.

1983 yilda sotsialistlar hukumat tarkibidan chiqib ketdi. Premyer ministr Fanfani, parlamentdan ishonch votumini ololmaganligi sababli, iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Italiya prezidenti Pertini tomonidan parlament tarqatib yuborildi va muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazish belgilandi. Saylov natijalariga ko‘ra XDP 5% ga yaqin saylovchilar ovozidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, ISP esa o‘z mavqeini yanada mustahkamlab oldi. XDP Premyer-ministrlik lavozimini boshqa partiya vakillariga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Besh partiyali hukumatni Italiya tarixida birinchi marta sotsialistlar vakili B.Kraksi egalladi. U jamoatchilik orasida qat’iy va bir so‘zli bo‘lib, 1983-1987 yllar mobaynida hukumatni boshqardi. Yangi hukumatning strategik dasturi, 1980-1983 yillarda yuz bergan navbatdagi davriy inqirozdan neoliberalizmga xos bozor metodlarini neokonservativ tadbirkor doiralarning manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘llashni ko‘zda tutgan edi. Mamlakat infrastrukturasining deyarli katta qismini tashkil etgan davlat sektorining istiqboli masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Chunon o‘sha vaqtda kon sanoatining 3G‘4 qismi, shu jumladan, cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish sanoatning elektromexanik sanoatning 2G‘3 qismi davlat sektoriga tegishli edi. Davlat sektoriga nisbatan yuzaga kelgan yangicha yondashishga ko‘ra, davlat sektorining ma’lum bir qismini privatizatsiya qilish va ziyon keltirayotgan davlat korxonalarini tugatishdan dolzarb masalalarni amalga oshirish rejasi ishlab chiqildi. Hukumat qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sanoatiga qarashli, lekin nostrategik hisoblangan korxonalarni xususiy sektorga berishni mo‘ljalladi. Shuning bilan bir vaqtda davlat sektoriga qarashli hisoblangan strategik jihatdan tayanch sohalarda texnologik rekonstruksiyani amalga oshirish va naukoyemkiye ishlab chiqarishni kengaytirish va tirish rejalashtirib qo‘yildi. Bundan tashqari, tashqi savdo defitsiti tufayli nomuvozanatlashgan to‘lov balansini barqarorlashtirish vazifasi kunning eng muhim masalalaridan hisoblanar edi. Kraksi hukumati ilgari surgan siyosatning asosida, oddiy-mehnatkash xalq yanada zug‘um o‘tkazish hisobiga “qat’iy iqtisodiyot” siyosatini amalga oshirishga imkoniyat tug‘ildi. Buning uchun ish haqidagi “o‘zgaruvchan” (sirg‘ampa - ) shkalaning ta’sir kuchi cheklab qo‘yildi va sog‘liqni saqlash ijtimoiy ta’minot, ta’lim sohalaridagi davlat xarajatlari qisqartirildi. Shu bilan bir qatorda Kraksi hukumati katolik cherkovning maktab va oila qonunchiligiga ta’sirini biroz bo‘lsada cheklab qo‘ydi, mafiya va terrorizm bilan qat’iyroq kurash olib borishga harakat qildi: politsiya va sud organlarining vakolatlarini yanada kengaytiradigan (umumiy yalpi tintuv o‘tkazish, ibtidoiy (suddan oldingi) qamoqning muhlatini oshirish va boshqa) favqulodda tadbirlar ishlab chiqildi.

80-yillarning birinchi kelganda Italiyada o‘ng tomonga konservativ burilish yuz berdi. Bu siyosiy jarayon boshqa davlatlardagi bilan qiyoslaganda o‘ng kuchlarning o‘ta faolligi sharoitida amalga oshdi. Masalan, 1980-1982 yillarda butun mamlakat bo‘ylab 42 mln kishi namoyishlarda ishtirok etdi. Bu ko‘rsatkich AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, GFR va Yaponiya davlatlardagi bilan birga qo‘shib hisoblaganda ham ikki barobar ko‘p edi. AQSH qanotli raketalarining Sitsiliya hududiga joylashtirilishi tufayli mamlakat ichkarisida urushga qarshi bo‘lgan harakatlar kuchayib ketdi. Atrof-muhitni himoya qilishni muhim vazifa deb hisoblaydigan “yashillar” harakati yuzaga keldi. Sotsialistlar bilan xristian demokratlar o‘rtasidagi raqobat natijasida hukumat doimiy inqirozlar girdobi ostida qoldi. Shu bilan bir qatorda Italiyadagi konservativ burilish boshqa davlatlardagiga nisbatan xususiylashtirish salmog‘ining kichikligi va davlat sektorining hukmron mavqeini saqlab qolganligi bilan ajralib turadi.

80-90 yillar arafasida Italiya iqtisodiy sohada rivojlangan industrial davlatlardan biriga aylandi va kapitalistik dunyoda YAIM (yalpi ichki mahsulot) ko‘rsatkichlariga ko‘ra 5 o‘rinni egalladi. Mashinasozlik (turli xil stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha kapitalistik dunyoda 4-o‘rinni egallaydi) va avtomobil ishlab chiqarish sanoatlari yuqori texnologiyali FIAT konserni bu sohaning yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Italiya iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalarning mablag‘lari hisobiga 1200 dan ortiq turli xil korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda Italiya sarmoya kiritiladigan davlat bo‘lishi bilan bir vaqtda, ustga sarmoya chiqarish imkoniyatiga egadir. Kuyidagi faoliyatlar bu sohadagi eng yirik qadamlar hisoblanadi, chunonchi, oligarx Bermuskot tomonidan Ispaniya televidiniyasidagi beshinchi kanalning sotib olinishi; FIAT konsernining Fransiya va Angliyadagi avtomobil firmalari aksiyalariga bo‘lishi; “Olivett”ning elektronika sohasida yetakchilik qilayotgan guruhlar safiga kirib borishi va boshqa misol bo‘la oladi. Italiya eksportining asosini qishloq xo‘jalik texnikasi, ximikatlar, mebel va qurilish materiallari, tikuvchilik mahsulotlari, oyoq kiyimlari, elektrotexnika va tibbiyot apparaturasi, transport vositalari va sanoat asbob-uskunalari, mevalar, vino, vinochilik mahsulotlari tashkil etadi. Turizm industriyasining tezkor o‘sishi binokorlikning taraqqiy etishi va oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga turtki bo‘lish bilan bir qatorda, bu istiqbolli sohada aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlash imkonini tug‘dirmoqda. YAIMda turizmning ulushi va turizm sohasidagi valyuta daromadlarining ko‘rsatkichlari

Ammo, Italiya iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan, ba’zi bir salbiy holatlar hozirgi paytda ham saqlanib qolmoqda. Bu salbiy holatlarga mintaqaviy (shimol-janub) va tarmoqlararo dispraporsiya (nomutanosiblik), turumsh qiymatlarining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, ishsizlik, xom ashyo va yoqilg‘i quvvatining importi uchun sarflanayotgan xarajatlarning ko‘pligi, yuqori texnologiyalar ishlab chiqarishi sohasida yanada ilg‘orroq hisoblangan mamlakatlar oldidagi tobeliklar misol bo‘la oladi. Globallashgan iqtisodiyot sharoitida jahon texnologiyalarining darajasi bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarining (ITI) holatga bog‘liq bo‘ladi. 80-90 yillarda Italiyada ITINi assignatsiya (biror bir maqsad uchun mablag‘ ajratish) qilish qisqartirildi va ITI natijalarining samaradorligini nazorat qilish mavjud emas edi. Davlat va xususiy tarmoqlar o‘rtasida ITI va fanning eng yangi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish sohasida hech qanday organik munosabatlar o‘rnatilmagan edi. Kichik va o‘rta korxonalarning ko‘pligi ilmiy-tadqiqotlarning orqaga ketishiga sabab bo‘lmoqda. Chunki bu korxonalar ITI uchun juda kam miqdorda mablag‘ sarflashmoqda. Masalan, 1991 yilda ITIga ketgan xarajatlar ulushi YAIMning bor yo‘g‘i 1,4 % ini tashkil etdi. Rejalashtirish muammolari ham o‘z aktualligini yo‘qotgani yo‘q. Jahon bozorlarining globallashuvi uzoq muddatli va yirik masshtabli rejalarni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqarayotgan bir davrda, Italiya parlamentidagi barqarorlik tufayli hukumat qisqa muddatli rejalar asosida faoliyat ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda.

90-yillarda Italiya.

90-yillarga kelganda, Italiya ijtimoiy-siyosiy hayotidagi beqarorlik va qarama-qarshiliklar yanada kuchaydi. Keskin siyosiy inqirozlar asosan, mo‘tadil kelishuvlar bilan tugar edi.

Elektorat dinamikasi shunday dalolat beradiki, 90-yillarning boshida sotsialistlarning obro‘si yanada oshdi, bunga qarama-qarshi ravishda esa kommunistlarning nufuzi tushib ketdi. Sharqiy Yevropada sotsializmning inqirozga yuz tutishi sharoitida IKP rahbariyati kompartiyani ommaviy so‘l kuchlar partiyasiga aylantirish tashabbusi bilan chiqdi. IKPning 1991 yil boshlarida bo‘lib o‘tgan XX syezdida, uning saflarida ixtilof oqibatida ajralish yuz berdi. Ko‘pchilik, partiyaning Italiyada demokratiyaning o‘rnatish va himoya qilishdagi xizmatlarini unutishni o‘ziga ma’qul ko‘rdi. Yaqin o‘tmishda bu partiya uchun saylovchilarning 1G‘4 to 1G‘3 gacha qismi ovoz berishi ham esadan chiqarildi.

Natijada, kommunistlarning katta qismi (a’zolarining deyarli 2G‘3) so‘l kuchlarning Demokratik partiyasini (DPL) tashkil etishdi. Yoshlar kommunistik harakatining sobiq yetakchisi va kompartiyaning kundalik gazetasi hisoblangan “Unita”ning redaktori Massimo D Alema 1994 yildan beri DPLning kotibi hisoblanadi. DPL Yevropadagi sotsial-demokratik harakatlarning saflariga singib (qo‘shilib) ketdi. Sobiq IKPning kichikroq qismi (o‘zlarining stalinchilar deb hisoblagan partiyaning a’zolari) esa Kommunistik uyg‘otish partiyasini tashkil etdi. Yangi partiyaning kommunistik harakatning faxriysi Fausto Bertinotti boshqardi.

XDP uchun ham qiyin kunlar boshlanib ketdi. 90-yillarning boshidayoq XDP kommunistlarning davlat tepasiga chiqishiga to‘siq bo‘lgan holda, davlatni boshqa partiyalar koalitsiyasida boshqardi. Bu vaziyatni beqaror muvozanat deb atashdi. Ammo, 90-yillar mobaynida XDP o‘zining hukmron partiya sifatidagi rolini mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy voqealar bunga imkon yaratdi. 90-yillarning boshiga kelganda Italiyani yangi siyosiy mojarolar larzaga keltirdi. Bu mojarolarga davlat amaldorlari bilan bir qatorda yirik siyosatchilar ham aralashib qolgan edi. 1992 yil fevralida Milandagi partiyalar uyining direktori M.Kyez qamoqqa olindi. Olib borilgan tergov natijasida shu narsa aniqlandiki, ko‘pgina sanoat kompaniyalari yuqori lavozimlarga, davlat buyurtmalariga ega bo‘lish va boshqa g‘arazli faoliyatlar uchun amaldorlar va turli siyosiy partiyalarning rahbarlari hisobiga sarmoya o‘tkazib turishgan. Mablag‘ o‘tkazilib turilgan partiyalar qatoriga: xristian-demokratlar, sotsialistlar, sotsial-demokratlar va kommunistlarni ham kiritish mumkin edi. Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, korrupsiya har bir noqonuniy bitim bo‘yicha pora olish uchun mustahkam va samarador tizimga aylanib ulgurgan edi. Buning ustiga hukumat manfaatdor tomon sifatida namoyon bo‘lib qoldi. Proporsional vakillik prinsipiga asoslangan saylov tizimi hukumat ichida amalga oshirilayotgan firibgarlikning yashirin manbalaridan biri ekanligi ham aniqlandi. Kun tartibiga uni majoritar prinsip bilan almashtirish masalasi qo‘yildi.

Bu orada esa siyosiy mojarolar davlat xizmatchilari bilan uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida mustahkam aloqalar mavjudligi to‘g‘risida ko‘pgina dalillarni ko‘rsatib berdi. M.Kyezning hibsga olinishi bilan Italiyada “Toza qo‘llar” nomli umummilliy kompaniya avj olib ketdi. Asosan, so‘l qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi, Milan shahri prokuraturasi xizmatchilarining bir guruhi (magistratlar degan nom bilan atalgan) juda katta tergov jarayonini boshlab yubordi. Bu jarayon tufayli mafiya bilan bir necha minglab kishilar qamoqqa olindi. Ular orasida ko‘zga ko‘ringan tijoratchilar va tadbirkorlar, yirik va kichik partiyalarning funksionerlari, hukumatda yuqori doiralarning vakillari ham bor edi. Bu sud amaliyotida o‘xshashi bo‘lmagan (analogi) va keng xalqaro rezonans (jarangdor)ga ega bo‘lgan, misli ko‘rilmagan operatsiya edi.

Sobiq premyer-ministr, xristian demokratiyasining ustunlaridan biri sanalgan D.Andreattiga nisbatan partiyani noqonuniy yo‘llar yordamida mablag‘ bilan ta’minlash, mafiya bilan aloqadorlikda va buyurtmali suiqasdlar uyushtirish bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib ayb qo‘yildi. qo‘yilgan ayblar shu darajada jiddiy ediki, hatto D.Andreotti o‘z ixtiyori bilan deputatlik daxlsizligidan voz kechishga rozi bo‘ldi va hibsga olindi. “Toza qo‘llar” operatsiyasi sotsialistlar yetakchisi, sobiq premyer ministr B.Kraksini ham siyosiy jihatdan badnom qildi. ISPni 16 yil davomida boshqargan B.Kraksi iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. qamalishdan qo‘rqib, Kraksi mamlakatni tark etdi. Tunisda quvg‘inda yashadi va 2000 yilda shu mamlakatda vafot etdi.

Siyosiy tus berilganligi va ayrim suiste’mollarga yo‘l qo‘yilganligiga qaramasdan, g‘ayri qonuniy harakatlarni fosh qiluvchi “Toza qo‘llar” kompaniyasi yetarli darajada samarali bo‘ldi va Italiyada yangi siyosiy kurash turi paydo bo‘ldi, ya’ni korrupsiyaga qarshi kurashish siyosiy xarakterga ega bo‘ldi.

Xristian demokratlar uchun hukumat mablag‘larini taqsimlash imkoniyati yanada qisqardi va binobarin partiyaning ommaviy bazasi ham kamaydi. XDPning hukumatidagi doktarati ham ozchilikni tashkil etib, yetakchilarning nufuzi tushib ketdi. XPD ichidagi partiyaviy kurash yanada keskinlashdi. XDP obro‘sining tushib ketishiga, xalq ruhiyatida, ayniqsa, yoshlar orasida katolik cherkovi an’analariga bo‘lgan qiziqishning susayganligi ham turtki bo‘ldi. Italiya jahondagi eng zabardast katolik davlatlardan biri bo‘lib qolayotgan bo‘lsada, italiyaliklar mentalitetiga cherkovning ta’sir etish samarasi pasayib ketdi. Shunday qilib, XX asrning so‘nggi o‘n yilligida XDP o‘z obro‘sini yo‘qotdi va quyida “Toza qo‘llar” nomli operatsiyaning zarbalari ostida so‘l kuchlar bilan ittifoq bilishni maqsad qilib olgan. Xalq partiyasiga o‘nglar bilan bir kaolitsiyada bo‘lishni mo‘ljallagan Xristian-demokratik markazga bo‘linib ketdi. O‘z navbatida, xalq partiyasining o‘zi ham yana 3 ta oqim va bir qancha guruhchalarga ajralib ketdi. Masalan, sobiq xristian-demokrat, Palerio shahrining meeri L.Feando yetakchiligidagi guruh “yashillar” harakati bilan birlashib Sitsiliyada faoliyat ko‘rsatuvchi “To‘r” nomli partiyani tashkil etdi. Bu partiyaning maqsadlaridan biri mafiyaga qarshi kurash olib borish edi.

Mamlakatdagi boshqa siyosiy partiyalarning taqdiri ham shu qismatga duchor bo‘ldi. Moliyaviy nopokliklar haqidagi ayblovlar yomg‘iri avvallari kaolitsion hukumatlar tarkibiga kirgan respublikachilar, liberallar va sotsial-demokratlar kabi partiyalarni amalda siyosat maydonidan tushirib tashladi. Endilikda XDP bu partiyalar uchun tayanch nuqtasi bo‘lolmay qoldi.

Isteblishmentdagi o‘zgarish, xususan XDP va IKPlarning zaiflashishi o‘ziga xos siyosiy vakuumni keltirib chiqardi. O‘z navbatida bu siyosiy vaaukumni asosan o‘ng partiyalar va qisman DPL to‘ldirdi (band etdi).

O‘ng partiyalarning peshqadam mavqega ko‘tarilishi (chiqishi) 90 yillar siyosiy marketingida yangi hodisa (voqea bo‘ldi). Umberto Bossi Boshchiligidagi Shimol Ligasi nomli o‘ng siyosiy gruppirovka janub muammosi Italiya va ayniqsa Shimoldagi barcha kulfatlarning manbai degan fikrni surdi. Liga tarafdorlarining qarashlari uchun separativ (bir tomonlama) kayfiyat xarakterli edi. Rahbariyat esa populistik taktikani asos qilib oldi. Liganing asosiy elektorati, tabiiy ravishda mamlakatning shimoliy viloyatlarida to‘plangan edi. 1992 yildagi saylovlarda Shimol Ligasi katta muvaffaqiyatga erishdi. Chunonchi, parlamentda 55 ta (1 ta qarshi) va senatda 25 ta (1 ta qarshi) o‘ringa ega bo‘ldi. Shimol Ligasi o‘ng partiyalar bilan kaolitsiyada bo‘lish kursini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘ng qanotga oid bo‘lgan siyosiy guruhlardan yana biri, ya’ni-neofashistlar 90-yillar o‘rtalariga kelganda, siyosiy kurashning respektabel (salobatli, hurmatli,) qatnashchisiga aylanib ulgurdi. Uni ISDstlar harakatining a’zosi va keyinchalik “Italiya ijtimoiy harakati - Milliy o‘ng kuchlar” (ISD NPS ) partiyasining yetakchisiga aylangan Djanfranko Fini boshqardi. Uni Italiyada ko‘pchilik Dj.Almiraning g‘oyaviy merosxo‘ri deb hisoblashar edi. Fashistik o‘tmishdan uzoqlashgan holda Fini neofashizmning ortodokslari (mustahkam e’tiqodli, sobitqadam, sodiq) bilan aloqani uzdi va va 1993-1995 yillar orasida bu partiyani postfashistik () Milliy alyansga aylantirdi. Bu partiya o‘z maqsadlari yo‘lida o‘ng va markazchi raqiblari bilan siyosiy kompanyon (sherik) bo‘lishga ham tayyor edi.

O‘ng markazchi guruhlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi 1993 yilda tashkil topgan “Olg‘a, Italiya” nomli partiya edi. Bu partiya markaziy siyosiy kuch bo‘lishga da’vogarlik qiladi. “Olg‘a, Italiya” partiyasining tashkilotchisi va yetakchisi S.Berluskoni hisoblanadi.

Silvio Bermuskonining asli kasbi huquqshunos bo‘lib, u o‘zining shaxsiy sifatlari va qobiliyati noqulay vaziyatdan muvaffaqiyatli chiqib keta olish iqtidori evaziga juda katta boylik orttirdi. U hozirgi kunda Italiyadagi eng boy kishilardan biri hisoblanadi. Bermuskoni yaxshi tijoratchi va tug‘ma tadbirkor sifatida ham tan olingan. U hozirgi kunda mamlakatdagi uchta yirik xususiy telekanal, bir qancha supermarketlar to‘riga, katta miqdordagi qurilish kompaniyalari, Italiyadagi 30 ta yirik gazetalarning nazorat aksiyalariga ega bo‘lgan “mondadori” nomli nashriyot uyi va “Milan” futbol klubining xo‘jayini hisoblanadi. Shubhasiz, oddiy bank xizmatchisi o‘g‘lining moliyaviy imperiya egasiga aylanib ketish qonunni himoya qiluvchi organlarning e’tiborini tortmasdan ham qolmagan. Turli davrlarda Berluskonini noqonuniy mablag‘larni aylantirish, soliqlarni to‘lashdan bosh tortish, mafiya bilan hamkorlik qilish (aloqa), siyosiy arboblar, sudyalar va soliq politsiyasi xizmatchilarini pora berib o‘z tomoniga og‘dirib olish kabi jinoiy ishlar bilan shug‘ullanganlikda ayblashgan. Lekin, shunga qaramasdan medialagnat bu kabi ayblovlarni rad etgan. uning fikricha, guyoki bu mashmashalar uning o‘ta boyligidan hasad qiladigan siyosiy raqiblarining ta’na va hiyla-nayranglaridan boshqa hech narsa emas ekan. Berluskoning huquqiy jihatdan (neuyazvimost) mustahkamligini yuqori malkali shaxsiy advokatlari ta’minlab tursada, eng katta madad aloqadorligi evaziga olar edi. Masalan, hisob raqamiga

Berluskoni “Ozodlik Alyansi” nomli saylovoldi blokini tashkil etdi. Blokka “Olg‘a, Italiya” partiyasidan tashqari neofashistik Milliy Alyans va o‘nglarning siyosiy gruppirovkasi hisoblangan Shimoliy Liga ham kirgan edi. Yangi koalitsiya 1994 yil martida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 38% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu saylovlarda boshqa nufuzli guruh va partiyalarning obro‘si ancha tushib ketdi. Masalan, XDP uchun saylovchilar 11% (“Toza qo‘llar operatsiyasi boshida 31,7% qarshi ovoz”), sotsialistlar uchun esa bor yo‘g‘i -2,2% (oldingi saylovlardagi 14,5 % ga qarshi) ovoz berdi. Ozodlik Alyansining g‘alabasi tufayli o‘nglar Deputatlar palatasida absalyut ko‘pchilikka (301-mandat) ega bo‘ldi. Saylovlarda “Olg‘a, Italiya” partiyasi 21% ovozga ega bo‘lib, yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi, Berluskoni esa 1999 yilning may oyida bosh vazir etib tayinlandi.

Bosh vazir Berluskoniga iqtisodiy muammolarni bartaraf etishdan tashqari, “Ozodlik Alyansi”ning bir-biri bilan muxolif bo‘lib qolgan ikki vakilini murosaga keltirish muammosi ham paydo bo‘ldi. Shimoliy Liga o‘ng markazchi koalitsiyalardan chiqib, parlamentdagi ko‘pchilikka barham berganida, Berluskonining hokimiyat tepasiga kelganiga bor-yo‘g‘i 7 oy bo‘lgan edi. Bu siyosiy voqealar 1994 yil dekabrida iste’foga chiqishga majbur qildi. Italiyadagi jamoatchilik orasida Berluskonining televizion saltanatini bitta kanalgacha cheklash va reklama monopoliyasiga barham berish haqidagi fikrlar to‘lqini yuzaga chiqdi. Berluskoni bu g‘avg‘olardan omon qolgan bo‘lsada, yana darhol yangi korrupsiya mashmashasiga aralashib qoldi. Bu mojaro kichik ukasi va unga qarashli bo‘lgan “Fininvest” kompaniyasining direktorlariga daxldor bo‘lib, Berluskoni bu kompaniya orqali telereklamani monopoliya qilar va Italiyadagi ko‘pgina telekanallarning faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi. Berluskoni poraxo‘rlik va soliq nayranglarida. hamda neofashistik Milliy Alyans va Shimoliy Liga separatizmini qo‘llab-quvvatlash kabi jinoiy ishlarda ayblanib, sud oldida javob berishga majbur bo‘ldi. Unga, Kraksi davridagi saylov kompaniyasini noqonuniy moliyalashdagi “xizmatini” ham eslatib qo‘yishdi. Sud uni uch marotaba aybdor deb hukm chiqargan bo‘lsada, yuqori malakali advokatlarning sayi-harakati bilan qamoq jazosini o‘tashdan qutulib qolaverdi.

Mediamagnat iste’foga chiqqanidan so‘ng prezident O.L.Skalfaro 1995 yil yanvarida Berluskoni hukumatida moliya vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan texnokrat Lamberto Diniga partiyasiz hukumat tuzish vazifasini topshirdi. Lamberto Dini o‘z davrida VXF da faoliyat ko‘rsatganligi uchun, xalqaro moliyaviy doiralarida taniqli shaxs edi. Dini hukumatining asosiy maqsadi mamlakatda moliyaviy tizimni sog‘lomlashtirish bo‘ldi. Ammo, oktabr oyida yangi yildagi budjet masalasi ishlab chiqilayotgan vaqtda “Olg‘a, italiya” va Shimoliy Liga revansh olishni maqsad qilib, parlamentda hukumatga ishonchsizlik bildirish (votum) masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ydi. So‘l partiyalarning ko‘magi Dini hukumatini vaqtinchalik saqlab qolsada, 1996 yil yanvariga kelib bu hukumat iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

1996 yil aprelida bo‘lib o‘tgan saylovlarda So‘l Demokratik Partiyaga mansub bo‘lgan eks-kommunistlar (ustunlik qilgan) muhim o‘rin tutgan “Zaytun daraxti” nomli so‘lmarkazchi bloki Berluskoni yetakchilik qilgan o‘ng markazchi kaolitsiyadan birozgina farq bilan ustunlik qildi. Bu blokning tashkilotchisi va yetakchisi iqtisodiyot professori Romano edi. Romano Prodi o‘zining siyosiy faoliyatini xristian demokratlar safida boshlagan bo‘lib, u nafaqat Italiyada, balki Yevropadagi ishbilarmonlar doirasida ham e’tiborli arbob edi. Bu hukumat nisbatan barqarorroq (bardoshliroq, chidamliroq) bo‘lib, 2,5 yil faoliyat ko‘rsatdi.Ammo, 1998 yil kuzida budjet masalasi bo‘yicha parlamentda bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslardan so‘ng, R.Prodi iste’foga chiqdi. Prezidentning topshirig‘i bilan tuzilgan yangi koalitsion o‘ng markazchi hukumatni 49-yoshli eks-kommunist (SDP a’zosi) Massimo D Alema boshqardi. U Italiya tarixida sobiq IKP ning hokimiyat tepasiga chiqqan birinchi vakili edi. Massimo D Alema hokimiyatni 18 oy davomida boshqardi.

Hukmron so‘l koalitsiya (R.Prodi va M.D Alema) o‘zining besh yillik faoliyati davomida (1996-2001 yillar) mamlakat xazinasini davlat sektoriga qarashli korxonalarni milliylashtirish hisobiga 60 mlyard dollarga to‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi. 1 mln ishchi joylarining tashkil etilishi bilan ishsizliklar soni ancha qichqartirildi. qurolli kuchlarda o‘tkazilgan islohot tufayli harbiy majburiyat bekor qilishdi va shartnoma asosida xizmat qilish joriy etildi. Italiya Yevropadagi iqtisodiy hamkorlik tizimidagi yagona valyuta-yevo zonasiga qo‘shilgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi. Shu bilan bir qatorda, so‘llarning ijtimoiy sohadagi ko‘pgina va’dalari qog‘ozda qolib ketdi. Yirik shaharlarda jinoyatchilik miqdori ancha o‘sdi, fuqarolarda shaxsiy xavfsizlik Albaniya va sobiq Yugoslaviyadan muxojirlarning oqib kelishidan qo‘rquv hissi saqlanib qoldi. Mamlakat ichidagi ijtimoiy fikr keskin o‘zgardi, “Toza qo‘llar” operatsiyasining ta’siri susaydi. Ko‘pgina tadbirkorlar, jumladan Berlus qoni bilan bog‘liq sud jarayonlari to‘xtatildi, D.Andreotti sudda oqlandi va B.Kraksi, esa muhojirlikda vafot etdi. Yuqoridagi omillarning barchasi 2000 yil bahoridagi siyosiy voqealarga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

2000 yilning aprel oyida 20 ta viloyatning 15 tasida mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarida ma’muriy saylovlar bo‘lib o‘tdi. D.Alemaning “yarim kommunistik rejimidan” norozi bo‘lgan o‘ng oppozitsiya o‘zining siyosiy raqiblariga nisbatan qaqshatqich kurash boshladi. O‘ng markazchi “Ozodlik qutbi”ning (Ozodlik qutbiga birinchi galda “Olg‘a, Italiya”, “Milliy Alyans va bir qator boshqa partiya va harakatlar kiradi) yetakchisi Borluskoni yana bir bor Shimoliy Liganing federalchilari bilan birlashdi va qizg‘in saylovoldi tashviqotni boshlab yubordi. Cherkov dindorlarni o‘ng kuchlarning nomzodlarini yoqlab ovoz berishga chaqirdi. Natijada, o‘nglar shimoldagi sanoatni rivojlangan barcha hududlar bilan qo‘shib hisoblaganda, 8 ta viloyatda g‘alaba qozondi.

Yaqindagina “so‘llar hokimiyat tepasiga uzoq vaqtga keldi” deb bayonot bergan Massimo D Alema bunday vaziyatda o‘z mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi va prezidentga iste’foga chiqish haqidagi xujjatni topshirdi. Prezident K.A.Champi (1999 yilda buyon) texnokratlarning o‘tish hukumatini belgiladi va G‘azna, budjet va iqtisodiy rejalashtirish moslamalari bo‘yicha vaziri sotsialist Djuliano Amatoga hukumatni boshqarishni taklif qildi. Jurnalistlar taniqli iqtisodchi va siyosiy arbob Dj.Amatoni o‘ziga xos sezgirligi uchun “o‘tkir janob” deb nomlashgan. Yaqin o‘tmishda u ISPning rahbarlaridan va B.Kraksining izdoshlaridan biri edi. Yangi bosh vazir uchun meros bo‘lib qolgan muammolardan biri saylov tizimidagi proporsional prinsipni bartaraf qilish orqali saylov to‘g‘risidagi qonunning mohiyatini o‘zgartirish edi. Mablag‘larni aylantirish jinoyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish ham kun tartibidagi dolzarb muammo edi. Chunki Italiyada bu turdagi jinoyat misli ko‘rilmagan darajada ko‘payib ketdi. To‘g‘ri, mablag‘larni aylantirish jinoyat sifatida tan oliniyu, jinoyat kodeksining moddasiga ko‘ra 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etih va 2 dan 30 mln liragacha jarima to‘lash belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, bu illatga qarshi kurashish samaradorligi uncha yuqori emas.

Shu bilan bir qatorda Italiyani 2001 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlar kutmoqda edi. 2000 yilda o‘ng kuchlar tomonga ro‘y bergan tub burilishi yanada ko‘z tashlana bordi. 2000 yil bahorida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan. Berluskoni “Ozodliklar uyi” nomli yangi Alyansni tashkil qiladi. “Ozodliklar uyi” 2001 yil bahoridan saylovoldi kompaniyasiga kirishib ketadi. Yangi Alyansga markaziy kuch bo‘lishga intilayotgan - “Olg‘a, italiya” partiyasi, hamda o‘nglarga tegishli bo‘lgan Milliy alyans va Shimoliy Ligalar qo‘shildi. Saylovoldi kompaniyasida Berluskoni imperiyasining butun qudrati ishga solindi. Tashviqot-targ‘ibot ishlarida eng yangi siyosiy texnologiyalar, so‘l kuchlarning zaif joylarini ochib tashlash, italiyaliklar ruhiyatida hukumatning boshqaruv institutlari va qonunlaridan hafsalalarini pir qilish kabi vositalardan ham foydalanildi. bunday sharoitda F.Rutellining “Zaytun daraxti” nomli so‘l markazchi kaolitsiyasi uncha ishontirolmaydigan kuch sifatida namoyon bo‘ldi. Siyosiy raqiblarning saylovoldi dasturlari bir-biridan unchalik farq qilmas edi. Chunonchi har ikkala blok ham Italiyaning iqtisodiy qoloqligini bartaraf etish tadbirlarini, davlatda tinchlik bo‘lishni va bir qancha siyosiy islohotlarni amalga oshirishni rejalashtirib qo‘yishgan edi. Shunday bo‘lsada, saylovchilarning katta qismi 2001 yil 13 mayda Berluskoni yetakchiligidagi “Ozodliklar uyi”ni yoqlab ovoz berishdi. Ancha vaqtdan beri qonunni hurmat qilmay qo‘ygan italiyaliklar, ko‘ra bila turib, qonun ta’qib ostiga olgan Berluskonini qo‘llab-quvvatlab ovoz berishdi. Ular o‘z hayotini shu darajada yaxshi qila olgan kishi, mamlakatga ham yordam bera olishga qodir degan fikrga asoslanib bunday yo‘lni tashlashdi.

Saylov natijalariga ko‘ra “Ozodliklar uyi” kaolitsiyasi mamlakat parlamentidagi ko‘pchilik o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi, jumladan deputatlar palatasidagi 630 o‘rindan 367 tasiga, senatdagi 315 o‘rindan 177 tasiga ega bo‘ldi. “Zaytun daraxti” nomli so‘l markazchi blok 248 ta, kommunistlar 11 ta va qolganlar esa 4 ta deputat mandatiga ega bo‘ldilar. “Olg‘a, Italiya” partiyasi mamalkat parlamentidagi eng katta fraksioga aylandi. Oldingi saylovlarga qaraganda, u o‘z elektoratini 21 dan 30% gacha oshirishga muvaffaq bo‘lgan yagona partiya bo‘ldi. parlamentning har ikkala palatasida ham ko‘pchilikka ega bo‘lgan Berluskoni nazariy jihatdan hukumatni qonun bilan belgilab qo‘yishgan. 5 yil muddat davomida to‘la boshqarish imkoniyatiga ega. Bosh vazir lavozimi va bir vaqtlar olingan Yevroparlament deputatining statuti Berluskoniga katta immunitet huquqini beradi. YA’ni, uni nafaqat italiyalik sudbyalar va balki boshqa davlatlarning qonunni himoya qiluvchi tashkilotlari ham jinoiy javobgarlikka tortish imkoniyatidan mahrum etilganlar. Yangi bosh vazir oldida undan oldin faoliyat ko‘rsatgan o‘tmishdoshlari uddalay olmagan muammolarni hal qilish turibdi. Bunday muammolarga; konstutitsion tizimni takomillashtirish, hukumatning asosiy illatlari sifatida saqlanib qolayotgan byurokratizm va korrupsiyani yo‘q qilish, yuqori darajadagi ishsizlik (9%), maktab islohoti, soliq tizimini korrektirovka () qilish kabi o‘nlab masalalar misol bo‘la oladi. S.Berluskoni muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z variantini “kontrakt” deb nomlangan saylovoldi xujjatida e’lon qildi. Unga ko‘ra, Berluskoni ishsizlarni 1,5 mln kishiga qisqartirish, nafaqalar bo‘yicha islohot o‘tkazish, kichik biznesga yordam berish, soliqlarni qisqartirish, merosga solinadigan soliqlarni bekor qilish kriminal va byurokratiyaga qarshi kurashishga va’da berdi. Tashqi siyosatda esa chuqur o‘zgarishni amalga oshirish ko‘zda tutilmagan edi.

Shunday qilib, Italiya XX asrga bloklararo strategiya an’analarini saqlab qolgan holda kirib keldi. Mamlakat isteblishmentida barcha siyosiy partiyalarga tegishli o‘zgarishlar yuz berdi: ba’zi birlari o‘z faoliyatlarini to‘xtatishsa, ba’zilari esa bo‘linib ketdi yoki yangilanishdi. O‘ng partiyalar bloklararo siyosiy o‘yinlarning qoidalarini qabul qilib, mamlakatni boshqarish dastagini ushlab turishga harakat qilishmoqda. Xristian demokratiya esa “Katolik dunyo”ning monopol (yagona) siyosiy vakili bo‘lmay qoldi. “Olg‘a, Italiya” partiyasi bu lavozimga ega bo‘lishga urinmoqda. So‘l partiyalar ichida SDPning mavqei ancha yuqori hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda Italiya istiblishmentida so‘l va o‘ng qanotlarni tenglashtirib, sentrizmni siyosiy oqim sifatida foydalanishga harakat qilayotgan kuchlar ham borligi ma’lum bo‘lib qoldi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish