ZARDUSHTIYLIK AXLOQINING ASOSIY UCHLIGI
inson
EZGU FIKR, EZGU KALOM, EZGUAMAL
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklari xam VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Garchi Urxun-Enisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlanmagan bo‘lsa xam, ulardan o‘sha davr axloqiy talablar yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin. Xususan, xoqonlar va alplarning jangovor faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo‘lib yashashga intilishi, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi insoniy xislatlari jamiyat xar bir a’zosining axloqiy qiyofasini belgilovchi muxim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadriyatlarimiz tarixida muxim axamiyatga ega.
Ma’lumki, VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo turk qabilalaridan turk xoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik garbdan Vizantiya, janubdan Eron va Hindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan. Turk xoqonligi Turkyut davlati deb xam atalgan. )£okonlik 603 yilda SHarqiy va G‘arbiy xoqonlikka ajralgan. 745-yilga kelib esa Turk xoqonligi tugallanadi. Turk xoqonligi asosan 3 kishi: Bilga xoqon (Mog‘ilyon), Kul tegin, Tunyuquqlar qo‘lida markazlashgan edi. Bilga xoqon (Mog‘ilyon) xoqon, Kul tegin - sarkarda, Tunyuquq esa - vaziri dono bo‘ladi.
Bitig toshlarda turk xoqonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko‘rsatgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. uz vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta’minlash xoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish, Eltarishning o‘g‘illari - Bilga xoqon va lashkarboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani xikoya qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda insonda eng qadrlanadigan xislat — jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalik bo‘lgan. Bu xislatlar o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyatdagi o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik qabilachilik turmush tarzi buni taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insondagi bu xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo‘lgan.
Hadis (arab. — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (sav) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʻon karimdandan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan hadislarlar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Hijriy 3-asrda hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalgʻging hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli hadislar bilan bir qatorda "zaif" hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso atTermiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh alMarvaziy, Haysam ibn Kulayb ashShoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul anNasafiy va boshqalar hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixti-loflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon H.lar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan xadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. 9— 10-asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan hadisning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (qarang Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abi Dovud", "Su-nani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta H. toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadishar qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan; undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat f-tlarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar toʻplami 4 jildda (1-j. — 1991, 2-j. - 1996, 3-j. - 1994, 4-j. -1992), 2nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muham-mad Termiziyning "Sahihi Termiziy" Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentdachop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
Imom Buxoriyning «Al-Jome as-saxix» deb nomlangan 4 jilddan iborat xadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muxaddislar tuzgan to‘plamlar orasida eng ishonarli va mukammalidir. To‘plamda Muhammad va uning saxobalari haqidagi xadislardan tashqari fikx, islom marosimchiligi, axloq-odob, talim-tarbiya hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga oid xadislar ham mavjud bo‘lib, unga 600 ming xadisdan faqat 7250 ta eng «saxix», xaqqoniy, ishonchli xadislar kiritilgan. Mazkur to‘plam Misr va boshqa bip qancha mamlakatlarda juda ko‘p marta chop etilgan, unga yirik ulamolar tomonidan sharx bitilgan. Bu kitob yozilganiga xijriy bo‘yicha 1200 yilcha bo‘ldi. O‘sha davrdan boshlab barcha ulomalar bu asarga qur’ondan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan manba deb baho berib keladilar.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, Imom al-Buxoriy Imom at-Termiziyning xadislarini sinchiklab o‘rganishdagi nodir qobiliyati, taqvodagi ustunligini tan olgan va bunga shoxidlik bergan.
Taniqli muxaddislarning ko‘plari Imom at-Termiziyning xadis ilmini takomillashtirish va uni kelgusi avdodlarga sof xolda etkazishdagi xizmatlarini yuqori baholaganlar. At-Termiziyning fikx boblariga moslab tasnif qilgan «Sunan» nomli kitobi tegishli mavzularni o‘z ichiga atroflicha qamrab olganligi sababli «Al-Jome as-saxix» deb nom olgan.
Bobokolonimiz at-Termiziyning buyukligi Shundaki, u o‘z kitoblarida asosan Shu g‘oYani tarannum etgan: «Inson insonning do‘sti, birodaridir. Inson insonga zulm ham qilmasligi, muhtoj damlarda inson insonni tashlab qo‘ymasligi kerak».
Do'stlaringiz bilan baham: |