Namunali xulq-atvor,besabab dars qoldirmaslik,jamoat ishlarida faollik.
“Kamalak“ bolalar tashkiloti a’zolari safidan chiqarish qanday hollarda amalga oshiriladi?
tashkilot a’zosining o’z xohishiga ko’ra;
tashkilotga a’zolik yoshidan o’tganda;
tashkilot a’zosi bergan va’dasiga rioya etmagan taqdirda;
tashkilot a’zosi tomonidan ushbu Nizomga zid bo’lgan xatti-harakatlarga yo’l qo’yilganda;
tashkilotning faoliyati tugatilganda.
Yoshlar ittifoqi sardoriga qo’yiladigan talablar?
besabab dars qoldirmay, namunali xulq-atvori bilan tengdoshlariga o’rnak ko’rsatadi;
tabiiy sardorlik, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, tengdoshlarini o’zi ortidan ergashtira oladi va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi;
Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyati, shuningdek, o’zi sardorlik qilayotgan yo’nalishlar bo’yicha yetarli ma’lumotga ega bo’lishi talab etiladi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolariga qanday imtiyozlar taqdim etiladi?
Davlat boshqaruvi akademiyasida o’qish, Yoshlar ittifoqi stipendiyasi, bepul kompьyuter o’quv dasturlari, qo’shimcha chet tillari o’quv kurslari, bepul seminar treninglar, kadrlarni ish bilan ta’minlash, oliy o’quv yurtlariga imtiyozli kirish, talabalar to’lov kontrakt summasinin 35% ini to’lab berish, yosh tadbirkor va mutaxassislarga soliq imtiyozlari, yosh oilalar uchun imtiyozli uyo joylar, 10 yilga imtiyozli avtokreditlar.
“Kamalak“ bolalar tashkiloti o’quvchilarga qanday imtiyozlar beradi?
Oromgohlarda bepul dam olish, o’quvchi yoshlar stipendiyalari, bepul turistik sayohatlar, xorij davlatlarida tajriba amashish, turli tanlov va loyihalarda ishtirok etish, bepul o’quv kurslari va to’garaklarga qatnashish imkoniyatlari.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkilot tomonidan o’tkazilgan tanlov va loyihalardan sanab bering.
“Yosh kitobxon”, “Kamalak yulduzlari”, “Momomning sadig’i” ertaklar tanlovi, respublika insholar tanlovi, Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlangan videoroliklar tanlovi, “O’zbekiston yoshlari terrorizmga qarshi” loyihasi.
Maktabda O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan o’tkazilgan tanlov va loyihalardan sanab bering.
“Onajonim tabiat” asfalьtga rasm chizish tanlovi, “Biz terrorizmga qarshimiz” fotosuratlar tanlovi, “Bizni mehr birlashtiradi” aktsichsi, “Qorboboga maktub” va “Qorbobo ustaxonasi”, “Bobomning hikmatlari” loyihalari, “Salomat bo’ling!” aktsiyasi.
Asaka tuman 17-maktab yoshlar yetakchisi Nazira Ubaydullayeva. @yetakchi_kundaligi kanali
Do'stlaringiz bilan baham: |