1
ENG KICHIK UMUMIY KARRALI (BO‘LINUVCHI)
1. 1) Ikki sonning umumiy karralisi nima? Eng kichik umumiy karralisi-chi? U
qanday belgilanadi?
2) Ikki sonning eng kichik umumiy karralisini bilgan holda, ularning barcha
umumiy karralilarini qanday topish mumkin?
3) Ikkita o‘zaro tub sonning EKUK nimaga teng?
4) Qanday holda ikki sondan biri ular uchun EKUK bo‘ladi?
2. Matoni 4 m dan yoki 5 m dan qilib sotishmoqchi. Laxtak (mato parchasi)
qolmasligi uchun to‘pda eng kamida necha metr mato bo‘lishi kerak?
3. Eng kichik umumiy karralisi: 1) 10; 2) 15; 3) 26; 4) 60 bo‘lgan uchtadan sonni
yozing.
4.
a va
b sonlarining eng kichik umumiy bo‘linuvchisini toping:
1) a = 2
∙3∙7; b = 2 ∙ 3 ∙ 5 ∙ 7 ;
2) a = 2
∙3∙5; b = 2 ∙ 3 ∙ 5 ∙ 5 ;
3) a = 2
∙3∙5∙11; 6 = 2 ∙ 3 ∙ 5 ;
4) a = 2
∙2∙5; 6 = 2∙5 ∙23.
5. a va b sonlar uchun EKUB va EKUK ni toping:
1) a = 2
3
∙5
2
∙ 19; b = 2
2
∙5
3
∙9
2
;
3) a=2
4
∙5 ; 6=5
2
∙7
2
;
2) a = 2-3
2
-5-17; b = 2
2
∙5
2
∙17
2
;
4) a = 3
4
∙5
3
; 6 = 2
3
∙ 3
3
.
6. Jadvalni to‘ldiring va xulosa chiqaring:
7. 3 ta ketma-ket natural sonning ko‘paytmasi 6 ga; 4 ta ketma-ket natural sonning
ko‘paytmasi 24 ga bo‘linishini ko‘rsating.
8. Toping:
EKUK (720, 324, 360);
3) EKUK (106, 159, 530);
2
EKUK (22, 110, 330);
4) EKUK (28, 70, 140);
5) ikki sonning ko‘paytmasi 2 890 ga, ularning eng katta umumiy bo‘luvchisi 17
ga teng. Bu sonlar uchun EKUK ni toping.
9. Ikki sonning ko‘paytmasi 360 ga, ularning eng katta umumiy bo‘luvchisi 5 ga teng.
Bu sonlar uchun EKUKni toping.
10. a va b sonlar bir-biriga bo‘linmaydi va EKUB {a, b) = 14, EKUK (a, b) = 630
bo‘lsa, shu sonlarni toping.
11. Aravaning oldingi g‘ildiragi aylanasi 135 sm, keyingi g‘ildiragi aylanasi esa 225
sm. Oldingi va keyingi g‘ildiraklar butun son marta aylanishi uchun arava kamida
qancha masofa o‘tishi kerak?
12. Bir-biriga bo‘linmaydigan ikki sonning: 1) EKUK 432 ga, EKUB 72 ga;
2) EKUK 60 ga, EKUB esa 4 ga teng. Shu sonlarni toping.
13. Quyidagi sonlarning eng kichik umumiy karralisini toping:
1) 7 va 19; 2) 52 va 39; 3) 12 va 35; 4) 210 va 35.
14. Agar:
1)
∙
∙
∙
∙ 3)
∙
∙
2)
∙ ∙ ∙
∙ 4) ∙ ∙
∙ ∙
bo‘lsa, EKUK(a,b) ni toping.
15. Toping:
1) EKUK (25, 75, 100);
2) EKUK (30, 45, 225).
16. Toping:
EKUK (45, 90, 180);
EKUK (4, 24, 36);
17. Bir-biriga bo‘linmaydigan ikki sonning:
EKUK 420 ga, EKUB 6 ga;
EKUK 504 ga, EKUB 36 ga teng. Shu sonlarni toping.
18. Mato 5 m dan yoki 7 m dan qilib sotilmoqchi. Laxtak (mato parchasi) qolmasligi
uchun to‘pda eng kamida necha metr mato bo‘lishi kerak?
19. Ma'muraning bir qadami 54 sm, Ruxsoraning bir qadami esa 63 sm. Qanday eng
qisqa masofada ularning oyoq izlari ustma-ust tushadi?