Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha)
Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o`rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, g`arbda Atlantika okeanlari o`rab turadi. Materik o`zida Osiyo va Yevropa qit`alarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dunyoda "rekordsmen” yoxud "super materik” hisoblanadi.
Eng kichik materik– Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va g`arbda esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan.
Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo`lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yog`ingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning ko`p saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin o`rmonzorlar bilan qoplanganligidadir.
Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o`rniga (ekvator chizig`ida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bog`liq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bo`lgan.
Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tushadi.
Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik o`rniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.
Eng baland materik – Antarktida.
Eng katta qit`a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng kichik qit`a – Yevropa. Maydoni - 10 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining g`arbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng katta orol– Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bo`lagi hisoblanadi. Siyosiy-ma`muriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.
Eng katta daryo oroli – Morajo. Ushbu orol Amazonka daryosining Atlantika okeaniga quyilish qismida joylashgan.
Eng katta yarimorol – Arabiston. Janubiy-g`arbiy Osiyoda joylashgan. Maydoni - 3 250 000 km.kv. Yarimorol hududida 7 mamlakat hududi joylashgan.
Eng katta arxipelag – Malayya. Maydoni - 2 000 000 km.kv. Arxipelag tarkibida 10 000 orol mavjud. Eng yirik orollari: Kalimantan, Sumatra, Sulavesi, Yava v.b. Shuningdek, Kanada Arktikasi arxipelagi ham eng katta arxipelag sifatida e`tirof etiladi.
Eng uzun tog` tizmasi – Janubiy Amerika materigidagi And tog` tizmasi. Uzunligi – 9 000 km. Shimoliy Amerika materigidagi Kordilera tog’ tizmasi ham And tizmasining uzunligi bilan deyarli teng. Har ikkala tog` tizmasi ham meridianal yo`nalishda joylashgan.
Eng baland cho`qqi – Everest (Jamolungma). Bu cho`qqi Xitoy va Nepal davlatlarining chegarasida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr. Cho`qqini ilk bor 1953 yil 29 mayda Norvegiyalik Edmund Xillari va Nepallik Tensing Norgey, O’zbekistonliklardan esa birinchi bo`lib, 1998-yilda Rustam Rajabov zabt etgan.
Eng baland suvlik va quruqlikdagi tog` – Gavayi orollarida joylashgan. Mauna-Loa nomi bilan ataladigan vulkanik-tog` Everestdan ham balandligi bilan ajralib turadi. Uni Tinch okeani tubidagi qismi bilan qo`shib hisoblaganda umumiy balandligi 10205 metrni tashkil etadi. Shundan 4205 metrlik qismi suv ostida joylashgan.
Eng baland harakatdagi vulqon – Janubiy Amerika materigidagi Lyulyaylyako vulqonidir. Balandligi - 6723 metr.
Eng katta tekislik– Amazonka. Maydoni – 5 000 000 km.kv. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida, asosan Amazonka dayosining havzasini egallaydi.
Eng katta cho`l – Sahroi Kabir. Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bo`lib, materikning 30% hududini egallaydi. G`arbdan sharqqa 4 800 km ga, shimoldan janubga 800-1200 km masofaga cho`zilgan. Maydoni 8 600 000 km.kv. Cho`l hududida 11 mamlakat joylashgan.
Eng katta qumli va baland cho`l – Takla-makon. Xitoyning g`arbida joylashgan. Maydoni – 300 km.kv. G`arbdan sharqqa 1000 km, shimoldan janubga 400 km masofaga cho`zilgan.
Eng katta dara – Kolorado kanyoni. Chuqurligi 2 km, uzunligi 320 km.
Eng katta yer yorig`i – Buyuk Afrika yer yorig`i. Afrikaning Akoba qo`ltig`idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etib, uzunligi 6500 km. Kelajakda Buyuk Afrika yer yorig`idan sharqdagi hududlar Afrikadan ajralib ketadi.
Eng uzun g`or – Flint Mamont. Uning uzunligi 565 metr. G`or AQSHning Kentukki shtatida joylashgan.
Eng chuqur g`or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog` tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.
Eng chuqur joy – O`lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.
Do'stlaringiz bilan baham: |