Eng chiroyli nutq egasi



Download 20,52 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,52 Kb.
#253270
Bog'liq
“Eng chiroyli nutq egasi” ko'rik tanlovi nizomi


O‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng chiroyli nutq egasi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

N I Z O M

1-bob. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Nizom Oltiariq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng chiroyli nutq egasi” ko‘rik-tanlovi (keyingi o‘rinlarda Tanlov )ni o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Таnlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi. 3. Таnlov ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni aniqlash tashkilotchilar tomonidan shakllantiriladi va hakamlar hay’ati ishtirokida amalga oshiriladi. 4. Таnlov tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. 5. Таnlov g‘oliblarini taqdirlash Oltiariq tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.



2-bob. Tanlovning maqsad va vazifalari
6. Tanlovning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

Oltiariq tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining adabiyot fanini o‘qitishda o‘quvchilarni adabiyot fani va badiiy, mumtoz adabiyotlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan takliflarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;

Adabiyot fanini o‘qitishni takomillashtirish orqali kitobxonlikni targ‘ib qilish va kitob mutolaasini shakllantirish;

O‘zbek tilini asrab-avaylash, nutq sofligi va so‘z boyligini oshirish uslublarini kengaytirish;

Umumta’lim maktablarida adabiyot fani o‘qitilishining samarali metodlari orqali o‘quvchilarda notiqlik san’atini rivojlantirish.
3-bob. Tanlovni o‘tkazish muddati va shartlari
7.Tanlovning tuman bosqichi 2020-yil 29-dekabr kuni o‘tkaziladi.

8. Таnlov quyidagi 3 ta shart asosida olib boriladi:

1-shart: Mumtoz adabiyotdan ixtiyoriy tanlangan aruz vaznidagi g‘azalni ifodali o‘qish

2-shart: Sahna mahorati (masal yoki monolog o‘qish)

3-shart: Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda dolzarb taklif
4-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi
9. Tanlovda bo‘lim tasarrufidagi har bir umumta’lim maktabidan 1 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi ishtirok etishi lozim.

10. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o‘qituvchi Oltiariq tuman xalq ta’limi bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

11. Ishtirokchilar belgilangan muddatda tanlov o‘tkaziladigan manzilga yetib kelishlari shart.


5-bob. Tanlov yo‘nalishi va baholash mezonlari

12. Tanlov so‘z san’ati yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi.


13. Shartlar hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizim asosida baholanadi:

Mumtoz adabiyotdan tanlangan ixtiyoriy g‘azalni barmoq vaznida ifodali o‘qishi 30 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchi 2-bosqichga o‘tadi (1-40)

vaqti 3 min

Sahna mahoratida ishtirokchi masal yoki monologni rolga kirib o‘qishi (1-30) vaqti 4 min

70 va undan yuqori ball to ‘plagan ishtirokchi 3-bosqichga o‘tadi

Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishdagi dolzarb taklif uchun (1-30) vaqti 2 min

14. Ishtirokchilarning chiqishlari takorlanmasligi shart.
8-bob. Таnlov g‘oliblarini aniqlash va rag‘batlantirish
15. Hakamlar hay’ati tavsiyasiga ko‘ra shartlarning bajarilishi bo‘yicha ballar hisoblanib, g‘oliblar aniqlanadi.

16. Таnlov shartlari bo‘yicha ballar hisoblanib tahlil qilinadi va hakamlar hay’ati tomonidan uchta o‘rin belgilanib e’lon qilinadi. 17. Таnlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari hamda diplom bilan taqdirlanadi.



9-bob. Yakuniy qoidalar

18. Belgilangan muddatdan kech qolgan ishtirokchi tanlovga qo‘yilmaydi.



19. Таnlov hamkorlari va homiylar g‘oliblarni rag‘batlantirishning boshqa shakl va usullarini belgilashlari mumkin.


Download 20,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish