42
yechimlarga yaqin bo‘lgan yechimlarga erishishga imkon beradi. Bu
mutaxassislarni
almashtirish oson emas
4.
Mehnat resurslarining yetishmasligi mavjud (masalan, o‘zlashtirilmagan
va olisdagi tumanlarda ishlab chiqarish ob’ektlarini yaratishda);
5.
Avtomatika kritik va avariya holatlarida ob’ektni boshqarishda zarur.
Oddiy holatlarda o‘z majburiyatlarini a’lo darajada bajaradigan mutaxassis,
avariya holatlarida turli psixologik va fiziologik ta’sirlar ostida boshqarish
bo‘yicha to‘g‘ri echimlarni qabul qilishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
Boshqarish tartibiga ko‘ra, ob’ektni boshqarishda qandaydir boshqarish
sifati mezoni shakllantirilishi mumkin. Bu mezon narx ifodalanishiga ega
yoki qiymatlariga boshqarish tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladigan bir
qancha parametrlarni optimallashtirish masalasi ko‘rinishida ifodalanadi
(bunda parametrlarning qiymatlari narx baholanishi bilan qandaydir
bog‘langan). Boshqarish ob’ekti prinsipial qo‘lda boshqarish imkoniyatiga
ega bo‘lishi kerak. Lekin inson ob’ektni boshqarish bilan boshqarish mezoni
nuqtai nazaridan nooptimal yechimlarni qabul qilib qo‘yishi mumkin.
Agar avtomatik boshqarish sifatini sezilarli yaxshilashga imkon bersa,
u holda uning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buyurtmachi faqat
avtomatlashtirishga ketgan sarflarni boshqarish sifatini yaxshilashdan
yutuqlarga (qabul qilingan o‘zini oqlash muddatlarini hisobga olib) pulli
ko‘rinishda taqoslashi kerak bo‘ladi. Agar bu taqqoslash natijasida u
avtomatlashtirishdan iqtisodiy yutuqni aniqlasa, u holda boshqarish tizimida
inson ishtiroki qisman yoki to‘liq avtomatika bilan almashtirilishi kerak.
Endi asosiy masalalardan biri ENHAT tizimlarini qurishda qanday
avtomatlashtirish darajasi tanlanishi lozimligini aniqlasak. Bu masalani
yechish uchun ENHATning asosiy funksiyalarini energiya iste’moli (hisobga
olish) haqida ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek, korxona energiya ta’minoti
43
jarayonlarini tahlil qilish va boshqarishni o‘tkazilishini eslash zarur. Hisobga
olish katta hajmli ma’lumotlarni to‘plash va ular bilan ishlashga bog‘liq, bu
yerda EHM insonga nisbatan shubhasiz avzalliklarga ega. Shuning uchun
hisobga olishni deyarli to‘liq avtomatik qilish mumkin.
Lekin, korxona energiya ta’minotini boshqarishni amalga oshirish
insonning ishtirokisiz bo‘lmaydi. EHM dasturiga texnologik jarayonlar
talablarining barcha nozik tafsilotlarini qo‘yib bo‘lmaydi (yoki juda
murakkab), avtomatikaning u yoki bu zararlarini algoritmik tavsiflash qiyin.
Bu holda EHM ga boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun insonga
yordam berish vazifasi yuklanadi (operator tahlil qilishi uchun qulay shaklda
ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlik darajasi past ma’lumotlarni aniqlash va
alohida parametrlarning o‘zgarishlarini taxmin qilish, operatorlar
harakatlarining to‘g‘riligini qayd etib borish va nazorat qilish). Shunday
qilib, korxona energiya ta’minotini boshqarishda optimal avtomatlashtirish
darajasi, inson-operator va EHM qatnashishining optimal qo‘shilishi topilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: