Energiyani tejash "energetika" ilmiy yo‘nalishining amaliy faoliyati va muhim tarbiyaviy



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana01.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#106373
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
м1



 

 

 

 

Energiyani  tejash  “energetika”  ilmiy  yo‘nalishining  amaliy  faoliyati  va  muhim  tarbiyaviy 

qismi  sifatida  XX  asrning  oxirida  rivojlana  boshladi.  Bunga  oldingi  asrning  70–80-yillaridagi 

energetika  inqirozining  ikki  to‘lqini,  texnogen  faoliyat  natijasida  ekologik  xavfni  insoniyat 

tomonidan  anglab  etilishi,  shuningdek  tabiiy  resurslarning,  xususan,  organik  yoqilg‘ining 

cheklanmaganligi sabab bo‘ldi. 

“Energiyani tejash” atamasi texnik va iqtisodiy muammolarning keng spektrini qamrab olsa-

da, muhandislik faoliyatining bu ilmiy va amaliy yo‘nalishining maqsad va vazifalarini juda aniq 

aks ettirmaydi. 

Energiyadan  samarali  foydalanish  to‘g‘risida  gapirish  to‘g‘riroq  bo‘lar  edi.  Energiyani 

tejash  soxasidagi  mutaxassis  oldida  turgan  vazifa  –  energetika  resurslaridan  samarali 

foydalanishga  imkon  beruvchi  texnologiyalarni,  metodlarni,  texnik  echimlarni  va  iqtisodiy 

mexanizmlarni rivojlantirishdir. 

O‘zbekiston  Respublikasida  1997  yilda  “Energiyadan  oqilona  foydalanish  to‘g‘risida” 

qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonunning  maqsadi  milliy  energetika  resurslarining  saqlanishini, 

energiya  va  ishlab  chiqarish  imkoniyatlaridan  samarali  foydalanishni  ta’minlovchi  umumiy 

huquqiy  asoslarni  shakllantirish  hisoblanadi.  Energiyadan  oqilona  foydalanish  sohasidagi 

huquqiy tartibga solish quyidagilarga yo‘naltirilgan: 

energiyani  ishlab  chiqarishda  va  ishlatishda  undan  samarali  va  ekologik  xavfsiz 

foydalanishni ta’minlash; 

energosamarali  texnologiyalarni  ishlab  chiqish  va  joriy  qilishni,  yanada  arzon  neft 

mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir va tabiiy yoqilg‘ining (bundan keyin – yoqilg‘i) boshqa turlarini 

qazib olishni va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish; 

energiyani  ishlab  chiqarish  va  ishlatishning  miqdori  va  sifatini  o‘lchashlar  va  hisobga 

olishning aniqligini, haqqoniyligini, birligini ta’minlash; 

energiyaning  oqilona  ishlab  chiqarilishi  va  ishlatilishi  hamda  uning  sifati,  energetika 

qurilmalarining,  elektr  ta’minot  va  energiyani  ishlatish  tizimlarining  texnik  xolati  utidan  davlat 

nazorati va tekshiruvini amalga oshirish. 

Hammaga yaxshi ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiyotining asosi energetik resurslarning 

(energiyaning  imkoniyatli  manbalarining)  mavjudligi,  energetik  xavfsizlik  va  energiya 

mustaqilligi  hisoblanadi.  Xalqaro  amaliyotda  davlatning  rivojlanish  darajasi  va  iqtisodiy 

barqarorligini  belgilab  beruvchi  bir  qator  mezonlar  qabul  qilingan.  Ulardan  asosiylari  aholi  jon 




boshiga  elektr  energiyasini  ishlatish  va  yalpi  milliy  (ichki)  mahsulotning  energiya  sig‘imi  (kg. 

u.t./so‘m) hisoblanadi. 

YAqin  kelajakda  energiyadan  foydalanishda  saqlab  qolingan  sharoit  va  an’analarda 

iqtisodiyotning  kutilayotgan  o‘sishi  energoresurslarga  bo‘lgan  ehtiyojning  ancha  o‘sishiga  olib 

kelib,  uni  birlamchi  energiya  resurslarini  qazib  olish  va  qayta  ishlash  hajmlarini  oshirish 

hisobigagina qanoatlantirishning amaliy jihatdan imkoni yo‘qdir. 

Respublika iqtisodini barqaror rivojlantirishni ta’minlash va uni energoresurslar bilan to‘liq 

ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan foydalanish hisoblanadi: 

· ikkilamchi elektroresurslar (IER) dan, birinchi navbatda, yuqori temperaturali va yoqilg‘ili 

(YOIER)dan,  bundan  keyin  issiqlik  va  elektr  energiyani  ishlab  chiqarish  va  kogeneratsiya 

jarayonlarini joriy etish bilan; 

· past temperaturali IIER dan, masalan, issiqlik nasoslarini qo‘llanish bilan; 

· energiyaning noan’anaviy va yangilanib turadigan manbalari; 

· energiyani iste’mol qiluvchi qurilmaning energiya samaradorligini oshirish; 

· energetik menejmentni tashkil etish va joriy qilish. 

Energetik menejment – bu energoresurslarni ishlab chiqarish va ishlatish sohasida energiya 

oqimlarini  boshqarish  sistemasi  bo‘lib,  u  energoauditdan  farqli  ravishda  doimiy  amal  qiluvchi 

tizim hisoblanadi. 

Monitoring  jarayoni  kommulyativ  yig‘indi  metodiga  tayangan  holda  axborotning 

xaqqoniyligini  ta’minlovchi,  belgilangan  vaqt  oralig‘ida  axborotga  statistik  ishlov  berishga 

asoslangan. 

Energomenejmentning asosi energoaudit hisoblanadi, uni o‘tkazish natijasida mahsulotning 

bir  birligiga  energoeltuvchilarning  sarflanishi  qonuniyatlari  aniqlanadi  va  energiyani  tejash 

imkoniyatlarini  joriy  qilish  bo‘yicha  iqtisodiy  asoslangan  tavsiyalar  berilib,  ular  qoplanishi 

muddatlari bo‘yicha tashkiliy (xarajatsiz va  kam xarajatli), o‘rtacha xarajatli va yuqori xarajatli ( 

investitsion) toifalarga ajratiladi. 

Energetik  audit  energoresurslardan  foydalanish  samaradorligini  oshirishga  yo‘naltirilgan 

amaliy  faoliyat  turi  sifatida  O‘zbekistonda  nisbatan  yaqindan  boshlab  rivojlanmoqda.  Uning 

amalga  oshirilishi  uchun  “Issiqlik  energiyasi”,  “Elektroenergetika”,  “Energetik  menejment”, 

“Menejment” kabi bir qator yo‘nalishlarda katta hajmdagi nazariy bilimlar va amaliy milakalarga 

ega mutaxassislar talab etiladi. 

O‘quv  qo‘llanmada  jaxon  va  o‘zbek  energetikasining  rivojlanish  an’analari 

umumlashtiriladi,  energiya  ta’minoti  va  energiyani  ishlatishning  samaradorligini  oshirishning 

bosh  resursi  sifatidagi  energiyani  tejash  siyosatining  vazifasi  va  imkoniyatlari  tahlil  qilinadi, 

shuningdek aytib o‘tilgan masalalarni hal qilishda energetik auditning o‘rni ko‘rib chiqiladi. 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish