o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
yuridik va jismoniy shaxslarga:
(19-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi
O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda
loyihalarni davlat imtiyozli krediti hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha;
(19-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi
O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-
son)
Oldingi
tahrirga qarang.
tarmoqlararo ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, energiya
jihatidan samarador va energiya jihatidan tejamkor asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini
ishlab chiqarish bo‘yicha;
(19-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi
O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-
son)
o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli
Qonuniga
asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
(19-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyuldagi
O‘RQ-628-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2020-y., 03/20/628/1068-
son)
belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini ta’minlagan;
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardagidan kam bo‘lgan raqobatbardosh
mahsulot ishlab chiqarayotgan;
yoqilg‘idan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida
foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va kapital mablag‘lar
qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob-uskunalar, asboblar, qurilish materiallari va
konstruksiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan
mahsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan ishlab
chiqaruvchilarga,
shuningdek
mazkur
asbob-uskuna,
asbob,
material
konstruksiya,
mahsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanilishini ta’minlayotgan yuridik va jismoniy
shaxslarga qonunchilikka muvofiq soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Energiya va issiqlik ta’minotini takomillashtirish, uy-joylar, kvartiralar, korxonalar, muassasalar
va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan
asboblar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va
energiya sarflashni kamaytirishga, isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan, mahalliy yoqilg‘i turlari va ishlab chiqarish chiqindilaridan
foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni qo‘shimcha ravishda amalga oshirayotgan
yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablag‘laridan dotatsiya berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: