O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
Hayot faoliyati xavfsizliki fanidan
Amaliyot ishi-3
Topshirdi: Toshpulatov Xusanboy Botirjon o’g’li
810-18-guruh
Qabul qildi:Qodirov Fazliddin Misliddinovich
Toshkent 2020
Variant-48 (48-114).
1.Insonni elektr toki urish xafviga ta’sir etuvchi asosiy omillar.
2.Yonish jarayonini rivojlantirish va hosil qilish uchun qanday tarkibiy qismlar (komponentlar) zarur?
1. Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli tasiridan himoya qilishga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar tizimiga aytiladi. 1862 yili De Merkyu elektrdan jarohatlanish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni yoritdi. XX asrda avstraliyalik vrach insonni elektr toki o‘ldirishi mumkinligini, lekin tok bilan insonni o‘ldirish qiyinligi to‘g‘risida xulosa qildi.
Elektr tokining inson tanasiga tasiri bir necha omillarga, jumladan, tok kuchiga, inson tanasining elektr tokiga karshiligiga, kuchlanish miqdoriga, tok turiga va chastotasiga, tokni tasir etish vaqtiga, tokning inson tanasi bo‘ylab utish yo‘liga hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr toki insonga uch xil, yani, kimyoviy, issiqlik va biologik tasir ko‘rsatadi. Kimyoviy tasirda inson tanasidagi qon va boshqa organik suyuqliklar buzilishi mumkin. Issiqlik tasirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil bo‘ladi. Biologik tasirda tananing tirik hujayralarini ko‘zg‘alishi va uyg‘onishi oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi, qisqarishi yuzaga keladi.
Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga tasiri elektr zarba, elektr kuyish va elektr shikastlanish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Ushbu tasirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim azolari: yurak, o‘pka, asab tizimi va boshqa shu kabi azolari orqali o‘tishi natijasida yuzaga keladi.
Elektr kuyishlar esa quyidagi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: bevosita yoki kontaktli - bunday holat inson tanasining elektr qurilmalaridagi tok o‘tkazuvchi qismlar bilan yaxshi kontaktda bo‘lmasligi natijasida yuz beradi; bilvosita elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida erigan metall parchalarining sachrashi yoki elektr yoylaridagi uchqunlar tasirida yuz beradi.
2. Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon, bunda issiqlik va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi.
Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo‘lishi zarur.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham to‘xtaydi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-o‘zidan yonish.
1. O‘t olish - bu suyuq yoki qattiq materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.
2. Alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.
3. O‘z-o‘zidan alangalanish - bu yonishga o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
a) alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‘lishi yoki,
b) past bo‘lishi mumkin.
Birinchisida materiallaming qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |