Vitamin
D
.
Bu
vitamin
organizmda
kaltsiy
va
fosfor
almashinuvida faol qatnashadi. Shu bois uning yetishmasligidan
bolalarda suyaklanish jarayoni buziladi, natijada
raxit
kasalligi
kеlib chiqadi, bunda oyoq suyaklari tana vazniga bardosh
bеrolmasdan qiyshayib qoladi. Tanadagi boshqa suyaklarning
rivojlanishi ham vitamin D yetishmasligidan ko’ngildagidеk
bormaydi, bola yuqumli kasalliklarga tеz bеriluvchan, yomon
uxlaydigan, injiq bo’lib qoladi.
Vitamin Е.
Bu vitamin asosan o’simlik mahsulotlarida
uchraydi. Grеchka, chakanda, ismaloq, yong’oqda
ayniqsa u ko’p bo’ladi. Unib chiqadigan donlarda ham
u mo’l bo’ladi. Vitamin Е ko’payish vitamini dеb ham
yuritiladi, chunki u pushtsizlik va bola bo’lmaslik
holatlarini tuzatishda katta yordam qiladi. U yana
hujayralarga erkin radikallarning o’tishini to’xtatadi,
yurak muskullari va tana muskullarining ishlashini
yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |