Energetika va transport tizimlari



Download 6,48 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2022
Hajmi6,48 Mb.
#683997
Bog'liq
Almardonov Mirislom Temir yoʻllari



TERMIZ MUHANDISLIK
TEXNOLOGIYA INSTITUTI “
ENERGETIKA VA TRANSPORT
TIZIMLARI 
“ FAKULTETI YO’L
MUHANDISLIGI YO’NALISHI 21-B
GURUH TALABASI 
ALMARDONOV
MIRISLOM
NING “ AVTOMOBIL
YO’LLARINI RIVOJLANTIRISH TARIXI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI


MAVZU: O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI DARYO
YO’LLARI VA ULARGA
QO’YILADIGAN TALABLAR


REJA:
1. O’zbekiston Respublikasi
daryo transporti.
2. Dengiz va daryo
transportlarini tashkil etuvchilari.
3. Dengiz va daryo floti. Portlar.
4. Dengiz va daryo suv yo’llari.


Daryo transporti — transportning
asosiy turlaridan biri; tabiiy (daryo,
koʻl) va sunʼiy (kanal, suv ombori
va boshqalar) suv havzalari orqali
yuk va yoʻlovchi tashiydi.
Vazifasiga koʻra, bir qancha
davlatlar oʻrtasida tashqi savdo
aloqalarida yuk tashishga xizmat
qiluvchi magistral daryo yoʻllarida
(mas, Dunay, Oder, Reyn, Amur,
Paragvay va boshqalar),
mamlakat ichida yirik
mintaqalararo (mas, Yanszi, Volga,
Missisipi), ichki hududiy
aloqalarga xizmat koʻrsatadigan
mahalliy (hudud ichida) Daryo
transporti turlari mavjud. Daryo
transporti kemalari foydalanish
maqsadlariga koʻra transport,
texnik va yordamchi kemalariga
boʻlinadi.


Transport kemalari tarkibiga yoʻlovchi, palubasida quruq yuk
tashuvchi, tryumiga suyuq yuk tuldiriladigan yoki palubasida
maxsus baklar oʻrnatilgan suyuq yuk (neft, neft mahsulotlari)
tashuvchi, suruvchi va shatakchi kemalar kiradi. Texnik flot da
daryolar tubini chuqurlashtiruvchi snaryadlar, suv yoʻllarini
sozlashga xizmat koʻrsatadigan yordamchi kemalardan
foydalaniladi. Yordamchi kemalar ga taʼmirlash ustaxonalari,
suzuvchi magazinlar, kemalar, paromlar, kum va shagʻal qazib
oladigan jihozlar va boshqalar kiradi. Daryo transportida bugʻ,
yonilgʻi, elektr energiyasi, gaz dvigatellari yordamida harakat
qiladigan kemalar (paroxod, teploxod, elektroxod) hamda barja
va sollardan foydalaniladi. Daryo transportida yuk va
yoʻlovchilarni tashish quruqlikda harakat qiluvchi transportga
nisbatan ancha arzon (avtomobil transportiga nisbatan 3—5
marta).
Yuk va yoʻlovchilarni manzilga yetkazishda Daryo transportidan
foydalanish qadimdan maʼlum. Miloddan ming yillar ilgari
Mesopotamiya (Dajla va Furot daryolari) va Misr (Nil daryosi)da
eshkakli va hatto, yelkanli kemalar ishlatilgan.


Dunyoda daryo yoʻllarining umumiy uz. 550 ming km ga yaqin. Yevropada Daryo
transporti bir-muncha yaxshi rivojlangan. Mas, Polshada Odra, Visla daryolari,
Germaniyada Quyi Oder, Oʻrta Elba va boshqalar, Vengriyada Dunay, Tisa,
Kyoryosh, Fransiyada Reyn, Rossiyada Volga daryolarida yuk va yoʻlovchi
tashuvchi kemalardan keng foydalaniladi. Shuningdek, AQSH, Braziliya, Kanada
va boshqalar davlatlarda ham yuk tashishda Daryo transporti muhim ahamiyatga
ega.
Oʻrta Osiyoda qadimdan Amudaryo va Sirdaryoda qayiqlardan transport turi
sifatida foydalanilgan. 18-asrda Rossiyaning boshqa mamlakatlar bilan savdo
munosabatlari Oʻrta Osiyoda daryo transportining rivojlanishiga katta taʼsir
koʻrsatdi. Jahon bozorida rus xom ashyosi (yogʻoch, don, kanop, momiq) va
Rossiya orqali oʻtadigan sharq tovarlari (choy, ipak, paxta va boshqalar) ga talab
ortdi. 1847 yilga kelib Orol dengizining shim. qirgʻogʻi va quyi Sirdaryoni egallagan
Rossiya ruslarning tayanch punktlarini qoʻriqlash va yangi hududlarni oʻrganishga
moʻljallangan Orol harbiy flotiliyasini tuzdi.
DARYO
PORTLARI


Amudaryoda bugʻ bilan yuradigan kemalarning uzluksiz qatnovi 1873
yildan yoʻlga qoʻyildi (shu yilning aprelda Orol dengizidan Nukus
shahrigacha birinchi kema yurdi). 1877 yilda daryoning Chor-joʻygacha
boʻlgan qismi ham oʻrganildi, suv yoʻli uzaytirildi. 1887 yilga
kelibRossiyaning Oʻrta Osiyodagi siyosiy va iqtisodiy mavqeini
mustahkamlash maqsadida Amudaryo harbiy flotshshyasi tashkil etildi
(Amudaryo harbiy flotiliyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror 1893 yilda
tasdiklangan). 1913 yilda flotiliyada 8 paroxod, 14 barja boʻlib, ular
garnizonlarga xizmat koʻrsatish, Toʻrtkoʻldan Termizgacha boʻlgan
masofaga doimiy pochta, yoʻlovchi va yuk tashishni yoʻlga qoʻyishga
moʻljallangan edi. 1923 yilda Amudaryo harbiy flotiliyasi natsionalizatsiya
qilindi va "Oʻrta Osiyo paroxodchiligi" aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi


Kema va qayiqlar qatnaydigan suv yoʻllarining umumiy uz. 887 km edi. Oʻsha
davrda Oʻrta Osiyo suv yoʻllarida umumiy yuk ortish quvvati 7 ming t boʻlgan
20 kema va 50 barja, umumiy yuk ortish quvvati 24 ming t boʻlgan 1500
qayiqbor edi. 1923 yilda boshqaruv idorasi Toshkentda joylashgan Oʻrta
Osiyo paroxodchilik boshqarmasi tuzildi (1934 yilda boshqarma Chorjoʻyga
koʻchirildi, 1956 yildan Oʻrta Osiyo paroxodchiligi sobiq Ittifoq Dengiz floti
vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi).
1930 yilda Toshkentda dengiz texnikumi ochildi (1939 yilda Chorjoʻyga
koʻchirilgan). Xorazm vohasi, Qoraqalpogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston
daryo transporti 50-yillarning 2-yarmigacha bu xududlarning iqtisodiy rivo-
jida muhim oʻrin tutdi. 1950 yil Termizda daryo porti ochildi, 1952 yilda
Xoʻjaylida kema taʼmirlash zdi qurildi. Amudaryo sohillarida yangi Sharlavuq,
Toʻrtkoʻl, Beruniy, Qoratov, Xoʻjayli bandargoh (pristan)lari foydalanishga
topshirildi. 1980 yilga kelib Oʻzbekistonda suv yoʻllarining umumiy uz. 2800
km ga yetdi. Amudaryoda Panj (Tojikiston) bandargo-qidan Moʻynoqqa qadar
paroxodlar qat-novi amalga oshirildi.


Daryo suvining kamayishi va Orol dengizining qurib borishi natijasida suv yoʻllari
keskin qisqardi, ammo shunga qaramay 1980 yil Daryo transportida 1420 ming t yuk
tashildi.
1991 yilda Oʻrta Osiyo respublikalari mustaqillikka erishganlaridan keyin Oʻrta Osiyo
paroxodchiligi boshqarmasi mulki Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston oʻrtasida
taqsimlandi. 1994 yil 11 mayda Oʻzbekistan Respublikasida joylashgan daryo floti
boʻlinmalarini boshqarish tartibi qayta tashkil etildi. Oʻrta Osiyo paroxodchiligining
Oʻzbekistondagi mulki va boʻlinmalari negizida "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo
floti", "Qoraqalpogʻiston daryo floti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi (1995). 
2001 yil iyun oyidan Oʻzbekistan avtomobil va daryo transporti 
agentligi
(1998)ning 
Kemachilik registri va kemachilik inspeksiyasi boʻlimi flotning texnik holati va suv
yoʻllarining holatini nazorat qilish ishlarini olib boradi.


Respublikada Termiz daryo porti, Sharlavuq, Toʻrtkoʻl, Beruniy, bratov, Xoʻjayli
bandargoxlari, Amudaryo orqali Toʻrtkoʻl — Xonqa, Chalish — Beruniy suzma
koʻpriklari, Xoʻjayli kema taʼmirlash zdi bor (2001). Termiz daryo porti yiliga 2 mln. t
dan ortiq yukni qabul qilish — joʻnatish quvvatiga ega, Afgʻonistonning Hayraton
bandargohi orqali eksport-import yuklarini yetkazib berish xalqaro ahamiyatga molik.
Respublika daryo flotida 200 dan ortiq teploxod, shuningdek, barjalar, zemlesoslar,
su-zuvchi ekskavatorlar, port kranlari va boshqalar yordamchi kemalar texnika
vositalari bor. Respublikada suv yoʻllarining umumiy uz. 1000 km ga yaqin. Xalq
xoʻjaligi yuklari asosan Termiz — Hayraton, Sharlavuq — Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli — Toʻrtkoʻl,
Xoʻjayli — Beruniy, Qoratov — Taxiatosh yoʻnalishlarida tashiladi. Oʻzbekistonning port
va bandargoxlari temir yoʻllar bilan bogʻlangan



Daryo transporti sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ro’yhati
1. “Kemalarni qurishda, ishlatishda, qayta ta’mirlashda majburiy ko’rikdan
o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5
maydagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan.
2. “O’zbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavi”. Vazirlar
Mahkamasining 1997 yul 25 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan.
3. Kemalarni ro’yhatga olish qoidalari (ro’yhat raqami 2595, 2014 yil 17 iyun).
4. Daryo transportida yuk tashish qoidalari (ro’yhat raqami 2468, 2013 yil 13
iyun).
5. “O’zbekiston Respublikasi ichki kema yo’llarida suzish qoidalari”. (ro’yhat
raqami 796, 1999 yil 9 iyul).
6. Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari. (ro’yhat raqami 990, 2000 yil 6
dekabr).
7. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari.
(ro’yhat raqami 966, 2000 yil 8 sentyabr).
8. Daryo portlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari
(Mehnat vazirining 2002 yil 30 avgustdagi 133-son buyrug’i bilan
tasdiqlangan).
9. “Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun bepul maxsus kiyim,
poyafzal va boshqa yakka himoya vositalarini berishni namunaviy normalari”
(ro’yhat raqami 1511, 2005 yil 8 sentyabr).
10. “Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari”
( ’ h t
i 2067 2010 il 14
)


Daryo transporti to’g’risida ma’lumotlar
Daryo transporti bo’limining
Kemachilik inspeksiyasi ro’yhatida
O’zbekiston Respublikasi ichki suv
yo’llarida va suv xavzalarida
foydalanishda bo’lgan jami 224 ta suv
transporti vositasi (kemalar) hisobga
olingan, shundan:
transport kemalari – 132 ta;
texnik kemalar – 74 ta;
yordamchi kemalar – 14 ta;
suzuvchan ponton ko’priklar – 4 ta.
Daryo transporti bo’limi O’zbekiston
Respublikasi Transport vazirligining
Avtomobil va daryo transportini
rivojlantirish departamentining tarkibiy
tuzilmasi hisoblanadi va Transport
vazirligi faoliyatini daryo transporti
sohasi bo’yicha masalalari bilan
ta’minlaydi.


Hamdo’stlik davlatlarini 14 ta dengiz va 3 ta ummon o’rab
turadi. Dengiz transporti ichki yuklarni tashish bilan birga,
ko’pgina tumanlarni iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Dengiz transporti chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar
olib borishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston
Respublikasining iqtisodiy rivojlanishiga to’siq bo’layotgan
masalalardan biri bu dengizlardan O’zoqdaligidir. Bizda
bugungi kunga kelib 500 km suv yo’limiz mavjuddir. Bu
Amudaryo orqali bo’lib, bunda kichik xajmdagi yuklarni
tashishda keng foydalaniladi. Daryo transporti ommaviy
yuklarni tashishda katta ahamiyatga ega: yog’och, neft, qurilish
materiallari uchun ayniqsa bu transport arzon transport turi
bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda eng katta daryolardan
Sirdaryo bo’lib, uzunligi 2206 km ni tashkil qiladi. O’zbekiston
daryolaridan Amudaryo uzunligi 1437 km, Zarafshon 781 km,
Norin daryosi uzunligi 534 km, Qashqadaryo uzunligi 310 km,
Ohangaron daryosi uzunligi 236 km ni tashkil qiladi.
O’zbekistondagi daryolar haqida umumiy ma’lumot quyidagi
jadvalda berilgan


O’zbekiston Respublikasida daryo transporti yaxshi
rivojlanmagan. Faqat Amudaryo bo’ylab kema suzish tashkil
qilingan. Bu daryo Afg’oniston bilan iqtisodiy aloqalar olib
borishda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston Turkistonning
markazida, materikning ichki qismida joylashganligi tufayli
uning daryolari okean va dengizlarga quyilmaydi, binobarin
berk havzaga qaraydi. Respublikamiz daryolari hudud bo’yicha
notekis joylashgan bo’lib, hziga xos gidrologik hususiyatga
ega. O’zbekiston daryolari asosan uning tog’li qismidan
hamda qirg’iziston va Tojikiston hududidagi tog’lardan suv
oladi. Dengiz yo’liga misol qilib Kaspiy dengizini ko’rishimiz
mumkin. Kaspiy dengizi muhim transport yo’li bo’lib, u Kavkaz
orti, Shimoliy Kavkaz, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Volga
bo’ylarini bog’laydi. Kaspiy dengizi Volga daryosi orqali
ko’pgina shaharlarni bog’laydi. Sun’iy suv yo’llari Kaspiy
dengizini Boltiq, Oq, Qora, Azov dengizlari bilan bog’laydi.
Kaspiy dengizi orqali katta hajmda savdo-sotiq ishlari qilinadi.



Odatda ikki sun’iy suv ombori yoki tabiiy ko’l bilan birlashtirish va ular orqali
kemalar suzishiga imkoniyat yaratish maqsadida sun’iy kanallar quriladi.
Agar ikki birlashtiruvchi ob’ekt bir xil balandlikda bo’lsa, ochiq turdagi
kanallar, agar ular balandliklari xar xil bo’lsa shlyuzli kanallar quriladi.
Kemalar suzishiga mo’ljallangan kanallar eni ikki qarama-qarshi
kelayotgan kema bemalol va xavfsiz o’ta oladigan hamda o’tuvchi katta
kema eniga nisbatan 2,6 marta ortiq, burilish radiuslari esa hisobiy kema
uzunligidan 6 marta ko’p va chuqurligi kemalarning eng ko’p botishiga
nisbatan 0,1:0,3 m chuqur bo’lishi kerak.


Portlar. Daryo porti deb kemalar
suv yo’li orqali osonlikcha qirg’oq
yoniga keladigan va uning ko’prik
yeridagi temir yo’l va avtomobil
transporti kelishiga mo’ljallanib
inshootlar bilan jixozlangan punktga
aytiladi. Portlar asosan yuk ortish
va tushirish, yo’lovchilar chiqarish
va tushirish ishlari bilan birga
kemalarga texnika xizmati ham
ko’rsatiladi. Portlarda yuk
oprasiyalarini bajarish uchun zarur
uskuna, mashina va boshqa jixozlar,
port kranlari, ombor xo’jaliklari va
yo’lovchilarga servis xizmati
ko’rsatuvchi vokzal majmuailari
bo’lishi kerak.


Dengiz portlari odatda dengiz va ummon qirg’oqlari va
daryolarning dengizga quyilish yerlariga joylashtirilgan bo’lib,
katta transport tugunlarining tarkibiga kiradi. Portlar dengiz
transporti asosiy ishlab chikarish korxonalaridan bo’lib, ko’p
xollarda uning samaradorligini belgilaydi. Dengiz portlari
umum foydalanish, maxsus va aralash portlarga bo’linadi.
Umum foydalanish portlari yo’lovchilar va yuk tashuvchi
kemalarni hamda boshqa kemalarni ham qabul qiladi. Maxsus
portlar yuklarning muayyan guruxlarini qabul qilishga
mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, ko’mir, ma’dan, don, neft,
sement, baliq va x.k. Hamdo’stlik davlatlarida 160 dan ziyod
dengiz porti mavjud. Daryo transporti o’z navbatida
daryolarga quriladigan ko’priklarga quyidagi talablarni qo’yadi.
Kema qatnaydigan daryolardan ko’priklarning ko’prik osti
o’lchamlari (gabaritlar) suv yo’li darajasiga qarab GOST
26775-85 da belgilangan.


E’tiboringiz
uchun rahmat!

Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish