Energetika va mashinasozlik



Download 0,78 Mb.
bet2/15
Sana27.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#512457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Diplom tayyor

KIRISH


Mashinasozlikda ilmiy va texnik taraqqiyot boshqa barcha sohalarning rivojlanishi va takomillashuvini sezilarli darajada belgilaydi. Ilmiy-texnik jarayonni tezlashtirishning eng muhim shartlari mehnat unumdorligini oshirish, raqobatbardoshlikni oshirish va sifatni yaxshilashdir.
Mashinalarni ishlab chiqarishning texnologik usullarini takomillashtirish juda muhimdir. Mashinaning sifati, ishonchliligi, chidamliligi va samaradorligi nafaqat uning dizayni mukammalligiga, balki ishlab chiqarish texnologiyasiga ham bog'liq. Ishlab chiqarish samaradorligini, raqobatbardoshligini va mahsulot sifatini yaxshilash: barcha bu asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan - mashina qismlari, ishchi yuzalar qattiqlashishi usullari yuqori aniqlik va sifatini ta'minlash, ilg'or yuqori samarali qayta ishlash usullarini qo'llash, bir butun sifatida qismlari va mashinalari resurs oshirish. Mashinasоzlik xalq xo’jaligining barcha sohalarini o’z mahsulotlari bilan ta'minlaydi. Mashinaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq bo’ladi. Bu talablar umuman mashinalarni va uning ayrim detallarini loyihalash hamda tayyorlashda hisobga olinadi. Eng yaxshi mashinalarga ega bo’lish uchun ularni loyihalashda fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan unumli foydalanish zarur. Shuning uchun bu borada har bir loyihachi, har bir muhandis mashina detallarini tayyorlashda aniqlikning ahamiyati, ularni hisoblash usulini yaxshi bilmog’i darkor.
Mashinasozlik ishlab chikarishning tayyorlov va yig’uv sexlari ishlarini mexanizatsiyalashtiradigan xamda avtomatlashtiradigan dastgohlar, mexanizmlar, ko’tarish, tushurish va tashish qurilmalari kompleksi tadbiq etilmoqda. Ko’p mashinasozlik korxonalarida: Toshkent TTZ, Navoiy mashinasozlik zavoda (NMZ), UzDEU asaka avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutgichlar ishlab chiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unumdor dastgoh va mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg’or texnologik jarayonlar yaratilishi davom etmoqda. Xozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi yangi takomillashtirilgan yuqori unumdor avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo’lgan mashinalarni uzluksiz yaratish - nazariy bilimlarni xamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Uzbekistonimizni xar tomonlama rivojlanishi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularga ilm - fanning eng ilg’or yutuqlari orqali bilim berishda
prezidentimiz aytganlaridek “..Kuchli ruxiy kuvvat beradigan milliy madaniyatimiz, Sharq falsafasining xayotbash va teran buloqlaridan baxramand bo’lish muhimdir”. Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga yangi texnikani yetkazib beradigan mashinasozlik mamlakatni texnik jihatdan rivojlanishini belgilaydi va yangi mustaqil respublikamizning moddiy bazasini yaratishda xal qiluvchi axamiyatga ega. Mashinasozlik sanoatida metall va metalmas materiallardan xilma - xil detallar tayyorlash uchun zamonaviy metall kesish dastgohlaridan foydalaniladi. Ular yo’nish, teshish, teshiklarni kengaytirish, randalash, jilvirlash, rezba qirqish va tish qirqish kabi dastgohlardir. Endilikda zamon talabi va fan texnikaning rivojlanib borishi bilan sonli dasturda boshqariladigan (SDB) avtomat dastgohlar yaratildi.
Vaholanki bunday tezkor, katta quvvatli, o’ta aniqikdagi avtomatik liniyalar uchun aniq konstruktsiyadagi kesuvchi asboblar loyihalansagina, ishlab chiqarilgan detalning sifati yaxshilanib, narxi arzonlashadi. Ma`lumki, xar bir mexanik va konstruktorlar oldidagi asosiy vazifa u yaratayotgan detal yoki uskuna yuqori sifatli, uzoq muddat ishlay oladigan, juda puxta va mustaxkam bo’lishi bilan birga uni tayyorlash kulay va arzon bo’lishidir. Bu kabi talablarga javob izlash uchun eng birinchi kesib ishlashda qo’llaniladigan kesuvchi asboblarning geometriyasini to’g’ri tanlab, ishlanadigan detal materialining xossalarini o’rganib chiqib,
kesuvchi asbob konstruktsiyasi loyixalanadi.
Mashinasozlik sanoatining rivojlanganlik darajasi unda ishlatilayotgan texnologik
jarayonlarning samaradorligi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va tannarxi, uning konstruktsiyasini puxtaligi, ishlab chikarish madaniyati va boshqa faktorlar qatorida ishlab chiqarish texnologiyasiga xam ko’p jihatdan bog’lik. Texnologiyaning mukammalligi tanlangan dastgoxlarning xozirgi zamon talablariga javob berishiga, ularda fundamental fanlarning eng oxirgi yutuqlarini qo’llashga va ularning tejamkorligiga bog’liq.
Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati mashinasozlikning yuragi xisoblanadi. Ishlab
chiqariladigan kesuvchi asboblarni yuqori sifatli asbobsozlik materiallaridan tayyorlashni ta'minlash, yeyilishga chidamli materiallarni asbobsozlikda keng ko’lamda qo’llash, kesuvchi asboblarni ishlab chikarishda soddalashtirilgan texnologiyalarni ko’llash va asboblarni tayyorlashda mahkamlashning zamonaviy texnologiyalarni qo’llash asbosozlik sanoatini rivojlantirishda asosiy yo’nalish sifatida namoyon bo’lib turibdi. Metallarni kesib ishlash jarayonlarini xaqiqiy ilmiy tekshirishi 1870 yilda I.I.Timening “Soprotivlenie metallov i dereva rezaniyu” kitobini nashr etilishidan boshlangan. Bu kitob kesish jarayonining fizik asoslarini nazariy o’rganishga asos soldi. I.A.Timening nazariy xulosalari rus olimlari Malishev (1877), P.A.Afanas`ev (1884), A.V.Gadolin (1888), K.A.Zvorikin (1893), A.A.Briks (1896), tomonidan to’ldirilgan, aniqlangan va rivojlantirilgan. K.A.Zvorikin shu fanni o’rganishga ko’p hissa qo’shgan. Uning 1893 yilda
“Rabota i usiliya, neobxodimie dlya otdeleniya metallicheskix strujek» kitobi nashrdan chiqib, alohida diqqatga sazovor bo’ldi.
Eng yirik ilmiy ishlardan 1880 - 1906 yillarda o’tkazilgan F.Teylor tadqiqotlari bo’ldi. Teylorning metallarni kesish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha qilgan ishlarining natijalari xozirgi paytda xam kesish maromlarini va kesish kuchlarini aniqlash u yaratgan bog’liklardan foydalanilmoqda. XX asr boshlarida kesish kuchini urganish bilan bir katorda kesuvchi asbobning turg’unligi va kesishdagi issiqlik xodisalarini tekshirish xam o’rganila boshlandi.

  1. Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish