Energetika va atrof-muhit. Reja: Tabiatni muhofaza qilish



Download 218,89 Kb.
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi218,89 Kb.
#797325
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot N-8


Energetika va atrof-muhit.


Reja:
1. Tabiatni muhofaza qilish.
2. Biosfera va taraqqiyot.
3. Dunyo miqyosida yoqilg‘i manbalarining tabiatga ta’siri.
4. Shahar chiqindilarining atrof-muhitga ta’siri va uning ta’sir doirasini kamaytirish yo‘llari.
5. Nazorat savollari.


1. Tabiatni muhofaza qilish
Yoqilg‘idan foydalanuvchi hamma texnik vositalar, yil davomida havo havzasiga kuyidagi zararli moddalarni chiqarib yuboradilar:
- SO2 (180-200)106 tonna;-
- S (350-400)106 tonna;
- NO2 (60-65)106 tonna;
- SO2 (80-90)106 tonna.
Insoniyat faoliyati natijasida har yili atmosferaga (350-400)106 tonna chang chiqarib yuboriladi, tabiiy ofatlar natijasida esa bu ko‘rsatkichdan 10 barobar ko‘p chang chiqarilib yuboriladi.
Atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan chang va boshqa chiqindilar koinotimiz bo‘ylab notekis tarqalgan. Shahar joylarining changlanganligi qishloq joylariga qaraganda 9-10 marotaba yuqori. Masalan, okean ustidagi havoning changlanganligi 1 sm3 da 500 ta zarrachani tashkil etadi, shaharda esa 1 sm3 da 105 zarrachani tashkil etadi.
Energetikani rivojlanishi natijasida yerning yuza qismi ham ifloslanmoqda. Toshko‘mirda ishlovchi IES va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilinib, 1 GVt quvvatga ega IES yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo‘lgan kultepa hosil qiladi. Kultepalarni kulini qurilish materiallari sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biri.
IES ning atrof muhitga zararli ta’siri avvalo katta miqdordagi kislorodni, yoqilg‘ini yoqish uchun foydalanish va atmosferaga SO2 gazini chiqarib yuborish, shuningdek atmosfera haroratini ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari IES lar kul va zaharli gaz chiqindilari chiqaradi. IES chiqindilarida radioaktiv moddalar mavjud, masalan, radiy izotoplari. Shuning uchun IES atrofidagi radiatsion nurlanish AES atrofidagidan yuqori.
IES va AES atrof-muhitga zararli ta’sirlardan yana biri, kondensatordan chiqayotgan sovutish suvni suv havzalariga tashlab yuborishda sodir bo‘ladi. Bu esa suv havzasining haroratini oshirishga va o‘z navbatida mikroklimatini o‘zgartirishga olib keladi, suvdagi tirik mavjudodlar hayotiga zararli ta’sir ko‘rsatadi.
Elektr stansiyasidan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun oqava suvlarni suv havzalariga tashlashdan oldin maxsus tozalash qurilmalarda yaxshilab tozalash zarur. Bu muammolarga ahamiyat bermaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlardan oqib o‘tuvchi Dunay va Reyn daryolari suvlarining ifloslanganlik darajasi juda yuqori va bu yerda yashaydigan aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda.
Hozirgi kunda insoniyat oldida kelajak avlodlar uchun atrof-muhitni toza holda saqlab qolish muammosi turibdi. Buning uchun organik yoqig‘ilardan foydalanib ishlab chiqariladigan energiya miqdorini kamaytirish hamda ekologik toza energiya ishlab chiqarishdan iboratdir. Shuning uchun dunyo mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib toza ekologik energiya ishlab chiqarishga qiziqish tabora oshib bormoqda. Hozirgi kunda asosan quyidagi qaytalanuchi energiya manbalaridan foydalanib energiya ishlab chiqarilmoqda:

  • quyosh energiyasi;

  • shamol energiyasi;

  • gidroenergetika(o‘rta-, kichik- va mikrogidroenergetika);

  • to‘lqinlar energiyasi;

  • suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi;

  • geotermal suvlar va geyzerlar energiyasi;

  • biomassa energiyasi.

Dunyo mamlakatlari hududlarini olib qaraydigan bo‘lsak, ularning hammasida ham qaytalanuvchi energiya manbalarining barcha turlari mavjud emas. Masalan, mamlakatimizda suv sathlarinig ko‘tarilib-tushish energiyasi,to‘lqinlar va okean hamda dengizlardagi har xil oqimlar energiyasi, geyzerlar energiyasi manbalari mavjud emas, chorvachilik va parrandachilik fermalari chiqindilari hamda yer ostidan issiqlik nasoslari orqali energiya olish yo‘lga qo‘yilmagan. Respublikamizda eng ko‘p energiya olinadigan manba quyosh energiyasi hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ba’zi mamlakatlarda kuchli shamollar, geyzerlar, to‘lqinlar,okean hamda dengizlardagi har xil oqimlar, biomassalarning manbalari, ekologik toza energiya ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinlarni egallaydilar.



Download 218,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish