Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat


()‘zbekistonda energetikaning rivojlanishi



Download 60,28 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi60,28 Kb.
#212645
1   2   3   4
Bog'liq
Energetika va atrof

()‘zbekistonda energetikaning rivojlanishi

O'zbekiston Respublikasi yoqilg'i energetika sanoatining tarkibiga gaz, neft, ko‘mir sanoatlari va energetika kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasining 35% tashkil etadi. O'zbekistonning g‘arbiy va janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko‘mir konlariga tayanib yiidj.»- yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Endilikda O'zbekiston jahondagi 10 ta yirik gaz ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi. Hozirda aniqlangan gaz zahiralari 2 trln. m\ ko‘mir zahiralari 2 mlrd. tonnadan artiq.

1991-1996-yillarda neft qazib olish Rossiyada 61,5%, Ozarbayjonda 77,8%, Qozog‘istonda 83,2% bo‘lgan bo‘lsa, O’zbekstanda bu ko‘rsatkich 271% o‘sdi. Shuningdek, gaz qazib chiqarishda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmanistondan farqli ravishda 117% yuqori hisoblanadi. Neft, gaz, elektr energiyasi o‘z ehtiyojlarimizni to‘la qondiribgina qolmay, shu bilan birga ko‘p miqdorda eksport qilish imkonini ham bermoqda. Hozir bu majmua kapital mablag‘ sarflash hamda xorijiy investitsiyalami jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda yoqilg‘i og‘ir sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tabiiy gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish va ulami qayta ishlash hamda iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Respublikamizda zahirasi sanoatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan.

Mutaxassislaming fikriga ko‘ra, 0‘zbekistonning 60 % yerostida neft va gaz boyliklari mavjud. Neft va gaz mavjud bo‘lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratish mumkin. Bular, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari 1 trln. AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Mamlakat yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuining belgilovchi tarmog‘idir. U barcha turdagi yoqilg‘i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korxonalari Buxoroda (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho‘rtan, Muborak), Toshkentda (Angren), Surxondaryoda (Sharg‘un, To‘da) va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan.

Neft sanoati. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904-yilda Farg‘ona (Chimyon) viloyatida ochilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda Farg‘ona vodiysi (Janubiy Olamushuk, Polvontosh Andijon) va Janubiy 0‘zbekistonda (Xaudak, Lalmikor) Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. Biroq har ikkala zavodning ishlab chiqarish quvvati kam bo‘lib, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj chetdan keltirilishi hisobiga qondirilgan. Mustaqillik tufayli neft sanoatida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘plab yirik konlari ishga tushirilishi natijasida (masalan, Ko‘kdumaloq) neft qazib olish ko‘rsatkichi keskin o‘sdi. Jumladan, 1960-yilda 1,6 mln tonna 1980-yilda 1,3 mln. tonna, 1990-yilda 2,8 mln. tonna, 1997-yilda 7,9 mln. tonna va 2002-yilda 7,2 mln. tonna neft qazib olindi.

Respublikamizda neftning asosiy 92% qismi Qashqadaryo viloyatidan ohnadi. Qolgan qismlari Andijon, Surxondaryo, Navoiy, Farg'ona viloyatlaridan qazib olinadi.

Gaz sanoati. Bu mamlakat yoqilg‘i-energetika sanoatining eng rivojlangan va iqtisodiyotda salmoqli tarmog‘idir. Uni qazib olish va ishlatish miqdori katta tezlik bilan o‘sib bormoqda (masalan, mamlakatimda 1990-yilda 40,7 mlrd. m3, 1995-yilda 48,6 mlrd. m3, 2002 yilda 58,4 mlrd. m3). Hozirda 0‘zbekiston gaz zaxiralari va qazip shig’ariwda dunyoda birinchi o‘ntalikga kiradi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida Rossiya va Qozog‘istondan keyin 3-o‘rinda turadi.

Mamlakatimizda neft bilan birga uchraydigan tabiiy gazni qazib olish 1940-yildan oldin boshlangan. Yilma-yil mamlakatimiz gaz sanoatining geografiyasi kengayib borgan. Dastlab Farg‘ona vodiysida, 1960-yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970- yillardan boshlab Qashqadaryoda gazning g‘oyat katta zaxiralari topilgan.

Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududlaridan ham ko‘pgina gaz konlari topilgan. 1958 - 1960- yillarda Jarqoq-Buxoro-Toshkent gaz quvuri qurildi. Ushbu magistralning qurilishi shahar va ko'pgina qishloqlarni gazlashtirishga imkon berdi. 1962-yilda katta zaxiraga ega bo‘lgan gazli kon ishga tushirildi. Natijada 0‘zbekistonda birinchi marta gaz katta quvurlarda boshqa hududlarga, Rossiya (Ural), Qozog‘iston, Tojikiston va boltiqbo‘yi davlatlariga yetkazib berildi. Shu maqsadda, mamlakatimizda 3 ta ulkan (gigant) gaz quvurlari (Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida) tezlik bilan qurilgan. Ushbu quvurlar orqali yiliga Rossiya (Ural)ga 21 mlrd. m3, “0‘rta Osiyo - Markaz” va “Buxoro-Toshkent-Bishkek-

Olmota” deb nomlangan quvurlar orqali Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalariga 30 mlrd. m3 gaz jo‘natib turilgan.

1960 — 1970-yillarda 0‘zbekiston gaz sanoatida keskin o‘zgarish ro‘y bergan. Shu yillarda mamlakatda gaz qazib olish 71

79 martaga o‘sgan. Mamlakat sanoati faqatgina yangi konlami topish va ishga tushga tushirish hisobiga rivojlanib brogan.

  1. yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushilgan.

Eng yirik gaz va neft konlari Janubiy-g‘arbiy Hisor va Buxoro- Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona hududlarida joylashgan. Eng yirik gaz, neft gaz kondensant konlaridan Gazli, Muborak, Shurtan, Ko‘kdumaloq, Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi.

Mamlakatimizning 98 % gaz konlari oltingugurtli gazdir. 2002- yilda tabiiy gaz 54,8 mlrd. m3, neft va gaz kondensanti 7,2 mln. tonna va 321 ming tonna oltingugurt ishlab chiqarishga erishilgan.

Shunday qilib, mamlakatimizning neft va gaz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z resurslari hisobiga qondirish dolzarb masalaga aylangan.

Ko‘mir sanoati. Mamlakatimiz hududida dastlabki ko‘mir qazib olish 1930-yillarning oxirida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron hududida (Angren), Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Boysun tumanlarida ko‘mir konlari mavjud. Ko‘mir zaxiralarining yildan-yilga kamayishi ko‘mir qazib olish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda (masalan, 1990-yilda

  1. mln. tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, endilikda uning hajmi 2 ma’rtege kemeyip ketken). 0‘zbekistonda gidro elektr energiya olish uchun imkoniyatlar ancha yuqori hisoblanadi. Shu bois, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilda “0‘zbekgidroenergo” Aksionerlik Jamiyati tashkil etildi.

Elektr energetika sanoati. Elektrlashtirish sanoati uning joylashtirilishiga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Odatda elektr energiya uzoq masofaga uzatiladi. Bu esa olis hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bir xil yordam beradi. Elektr energetika sanoatini joylashtirilishi ta’kidlangan holatlar va sanoat ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish qonuniyatlariga amal qiladi. Ushbu sanoatning joylashtirilishi va rivojlantirilishiga yoqilg‘i va gidroenergetika resurslarining geografiyasi, elektr energiya yetkazib berishdagi texnika taraqqiyoti va energiya iste’mol qiluvchilaming joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. 0‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanishning o‘z xos tarixi mavjud. XX asming boshlarida Toshkent shahrida dastlab ikkita elektr stansiya qurilgan. 1913-yilda mamlakatimiz hududida umumiy quvvati 3 kVt. bo'lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ulaming yillik quvvati 3,3 mln. kVt. ga tengbo‘lgan.

0‘zbekistonda gidro elektr stansiya (GES) lami qurilishi 1926- yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESning qurilishi bilan boshlangan. 0‘sha davrda Bo‘zsuv GES 0‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti hisoblangan. 1940-yilgacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya, Bo‘ijoy, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurilgan.


Download 60,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish