«energetika va asbobsozlik» kafedrasi



Download 450,2 Kb.
bet1/5
Sana19.02.2022
Hajmi450,2 Kb.
#459160
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jumaboyev


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


«KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI1» FAKULTETI


«ENERGETIKA VA ASBOBSOZLIK» KAFEDRASI

«------------» fanidan


« Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari »
mavzusida

KURS ISHI





Bajardi:112-18 guruh talabasi
Muhammadiyev Johongir
Rahbar: PhD. dots. Avazov Yu.Sh.

Toshkent – 2020
MUNDARIJA




Kirish …………………………………………………...…………2







NAZARIY QISM ……………………………………....………....3




1.1.

Sarf haqida umumiy tushuncha…………………………………….3




1.2.

Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar …………………...…5




1.3.

Induksion sarf o’lchagichlar ……………………………………...10




1.4.

Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar ………………………..14




Xulosa.………………………………………………………..…..17




Adabiyotlar ro‘yxati..…………………………………………..…18




KIRISH
So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-15 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.


Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.

I.BOB. NAZARIY QISM.


1.1. Sarf haqida umumiy tushuncha
Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi.
Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud:

  • Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar.

  • Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar.

  • Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar.

  • O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar.

  • Induksion sarf o‘lchagichlar.

  • Ultratovushli sarf o‘lchagichlar.

  • Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar.

  • Ionizatsion sarf o‘lchagichlar

Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20S xarorat qabul qilinadi.
1.2. Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo‘lida o‘rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug‘lar) ning sarfini o‘lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi.
Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar tajriba sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning ravon o‘zgaruvchi hajmli sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan (Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf indikatori sifatida ham ishlatiladi.

Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta:



Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan iborat.
Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqori ko‘taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi

bu еrda Gk-qalqovichning og‘irligi, kg; Vk– qalqovich hajmi, m3; jk– qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og‘irligi, kg/m3; J- o‘lchanayotgan muhitning solishtirma og‘irligi, kg/m3.
Bu holda qalqovichning og‘irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning og‘irligi yuqoriga yo‘nalgan kuch bilan muvozanatlashadi:
Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat holatidagi og‘irlik va itaruvchi kuchi o‘rtasidagi tenglik quyidagicha:

Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish