Energetika



Download 0.59 Mb.
Sana25.06.2017
Hajmi0.59 Mb.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA” FAKUL’TETI
INFORMATIKA VA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI”

KAFEDRASI
Informatika va axborot texnologiyalari

fanidan
Barcha bakalavriat ta’lim

yo`nalishidagi

talabalar uchun

Amaliy mashg`ulotlarni

o`tkazish bo`yicha



USLUBIY

QO`LLANMA
8 ga keldik(2-qism)

Farg`ona-2014

Ushbu uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun tayyorlangan bo`lib, u davlat ta`lim standartlari asosida tuzilgan.

Ushbu uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo`yicha institut 1-kursning Energetika, Mexaniqa, Qurilish, Kimyo texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv fakul`teti bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, joriy baholashlarni o`tkazishda, talabalarni o`z bilimlarini oshirishda foydalanishlari mumkin.


Uslubiy qo`llanma “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedra uslubiy seminarida ko`rib chiqilgan.

( __-sonli yig`ilish bayoni, “__”.________2014 yil).

Uslubiy qo`llanma Energetika fakul’teti uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan.

( __-sonli yig`ilish bayoni, “__”.________2014 yil).


Tuzuvchilar:

dots. A.A.Haydarov

ass. I.A.Jo`rayev

ass. H.A.Egamberdiyev

Taqrizchilar

dots. M.X.Oxunov
TATU Farg`ona filiali “Axborot texnologiyalari”

kafedrasi dotsenti F.Yu. Polvonov




Mundarija




1-amaliy ish: Elektron pochta. Yangi elektron pochta yaratish…………………….




2-amaliy ish: Elektron pochtadan ma’lumotlarni uzatish…………………………..




3-amaliy ish: Internet tizimida navigatsiya. Web sahifalarni yaratish asoslari…….




4-amaliy ish: Sodda veb sahifalar yaratish. HTML tili haqida……………………..




5-amaliy ish: Sayt yaratishdagi asosiy ishlar. HTML ning asosiy teglari………….




6-amaliy ish: Microsoft Front Page dasturining veb sahifalar yaratishdagi o`rni….




7-amaliy ish: Microsoft Front Page da Giperishoratlar Freymlar bilan ishlash……




8-amaliy ish: Algoritm va algoritmlash asoslari. Blok-sxema……………………..




9-amaliy ish: Algoritmning turli tarkibli kўrinishlari. Chiziqli algoritmlar va blok-sxema……………………………………………………………………………….




10-amaliy ish: Tarmoqlanuvchi algoritmlar va blok-sxema………………………..




11-amaliy ish: Takrorlanuvchi algoritmlar va blok-sxema………………………...




12-amaliy ish: Dasturlash tillari va tizimlari. Delphi dasturlash tili……………….




13-amaliy ish: Delphi dasturlash tilida komponentlardan foydalanib sodda (Chiziqli) dasturlar tuzish…………………………………………………………..




14-amaliy ish: Delphi dasturlash tilida komponentlardan foydalanib tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish……………………………………………………




15-amaliy ish: Delphi dasturlash tilida komponentlardan foydalanib takrorlanuvchi dasturlar tuzish……………………………………………………..




16-amaliy ish: Delphi dasturlash tilida komponentlardan foydalanib satrli kattaliklar va fayllar bilan dasturlar tuzish…………………………………………




17-amaliy ish: Delphi dasturlash tilida massivlar yordamida dastur tuzish………..




18-amaliy ish: Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari…………………….




Foydalangan adabiyotlar…………………………………………………………………




1-Amaliy ish

Mavzu: Elektron pochta. Yangi elektron pochta yaratish
Ishdan maqsad: Talabalarda elektron pochta xizmatidan foydalanish to`g`risida ko`nikma hosil qilish. Xat yozish va uni jo`natish. Kelgan xatlarni o`qish va unga javob yozishni o`rganish.

Kerakli uskunalar majmui: Komp’yuter, global tarmoq, dasturiy ta’minot.

Nazariy qism:

Internetdan foydalanuvchilar sonining keskin ko`payishiga birinchi sabab bu elektron pochta (e-mail)dir. Elektron pochta bo`lmaganda Internetning bo`lmasligi ham mumkin edi, deyishimiz mumkin. GKT ni yaratuvchilar bir biri bilan axborot almashishda elektron pochtadan birinchi bo`lib foydalanganlar.



Elektron pochta – komp’yuterlar o`rtasida o`zaro axborot almashuvi jarayoni uchun qo`llaniluvchi termin hisoblanadi. Axborot qo`shni xonaga jo`natiluvchi oddiy xabar yoki boshqa qit`aga jo`natiluvchi multimediali video taqdimot bo`lishi mumkin. Elektron pochta kommunikatsion aloqaning yangi turi hisoblanib, u oddiy pochtadan o`zining xususiyatlari bilan farq qiladi.

Elektron pochta Internetning eng ommabop qo`shimchalaridan biri bo`lib qoldi, chunki u aloqaning eng tez, sodda va tejamli turi hisoblanadi. Elektron pochta orqali dunyoning ixtiyoriy davlatiga jo`natilgan xat (ixtiyoriy axborot) sanoqli daqiqada yetib boradi. Elektron pochta orqali jo`natilgan xat uchun to`lanadigan pul oddiy pochta markasidan arzonroqga tushadi. Elektron pochtadan foydalanganda qog`oz ham tejaladi. 1996 yilgi hisoblarga ko`ra AQSH da bir yilda 22 million tonna qog`oz ishlatiladi. Bu o`rtacha 1,3 trillion hujjatga to`g`ri keladi. Elektron pochtadan foydalanilganda atrof muhitning ifloslanishi kamayadi.



Elektron pochta imkoniyatlari

  1. Oddiy pochta xizmatidan foydalanganingizda, agarda siz uyda yo`q bo`lsangiz, pochtalyon xatni uyingizga olib kelganda ham uni vaqtida o`qiy olmaysiz. Elektron pochtadan foydalansangiz hattoki samolyotda ham xatni o`z vaqtida olish va o`sha vaqtda javob jo`natish imkoniyatiga egasiz. Bunda albatta ko`chma komp’yuter (Notebook) va modem bo`lishi kerak.

  2. Hayotingiz davomida turar joyingiz adresi bir necha bor o`zgarishi, yoki do`stingizning manzili yoki telefon nomeri yozilgan dastxatni yuqotib qo`yishingiz mumkin. Lekin elektron pochtadagi sizning adresingiz, agarda bitta servis xizmatidan foydalansangiz, doimo bir xil bo`ladi.

  3. Elektron pochta yordamida xabarlar bilan birgalikda fayllar bilan ham ishlash mumkin.

  4. Elektron pochta dasturlar orqali ham ishlatiladi. Masalan, yadro reaktoridagi radiatsiya darajasini maxsus dastur nazorat qilib boradi. Agarda radiatsiya darajasi keskin oshib ketsa, ushbu dastur elektron pochta orqali boshqa komp’yuterga maxsus xabar yuboradi. Keyingi komp’yuter esa avtomatik holda reaktor ish tartibini o`zgartiradi.

  5. Elektron pochtani boshqa shaxar yoki davlatlardagi qarindoshlar, do`stlar bilan so`zlashuv vositasi sifatida qo`llash mumkin.


Elektron pochtaning tashkil etuvchilari

Elektron pochta LKT ga ulangan komp’yuterning eng yaxshi sifatlaridan birini ifodalaydi. Fayl-serverga ega bo`lgan elektron pochta tarmog`i sodda tuzilishga ega. Markaziy ma’lumot ombori barcha pochtadan foydalanuvchilarning ismi va adreslaridan tashkil topgan. Boshqa ma’lumotlar bazasi esa individual pochta ma’lumotlari va ularga biriktirilgan fayllarni uzida saklaydi. Lokal tarmoklar (kabellar) axborotlarni uzatish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Murakkab tizimlarda esa uzokrok masofaga axborot uzatishda telefon liniyasi va modemlardan foydalaniladi.

Elektron pochta ishini tashkil etuvchi dastur paketi ikkita elementdan iborat bo`ladi: pochta xizmati va foydalanuvchi interfeyslar. Pochta xizmatining tashkil etuvchilari pochta ma’lumotlarini qabul qiladi, adreslarni qayta ishlab, axborotlarni kerakli adreslarga jo`natadi. Pochta xizmati dasturlari ishonchli va tez bo`lishi kerak. Foydalanuvchi interfeysi sodda, foydalanish uchun qulay bo`lishi kerak, aks holda esa tez unutiladi. Dasturlar shunday sodda bo`lishi kerak-ki, yangi foydalanuvchilar qiyinchiliksiz ushbu dasturlarni ishlata olishlari kerak.

Elektron pochta uchun yagona bo`lgan standart yuk. Elektron pochta tizimi turli kontseptsiyalarga asoslangan holda turli qurilmalarda ishlatiladi. Lekin ularning qurilish va ishlatilishining asosiy printsiplari bir xildir.

Barcha dastur ta’minotiga o`xshab, elektron pochta tizimi quyidagi dasturlardan iborat: «klient» (klient uchun dastur ta’minoti) va tizim administratori bilan aloqada buluvchi «server» (server uchun dastur ta’minoti). «Klient» foydalanuvchi bilan bevosita aloqani ta`minlovchi dastur hisoblanadi. «Server» esa «klient» ga bog`liq bo`lmagan va «parda ortidagi» barcha murakkab jarayonlarni amalga oshiradi.

E - mail adress formati.

Elektron adres quyidagi formatga ega:




Masalan, malika@mrc.freenet.uz

Demak, malika - adres egasi ismi, mrc - tashkilot nomi, freenet - Internet - provayder nomi, uz - davlat nomi.

Xatni yuborish uchun manzilni, mavzuni va o`z manzilingizni ko`rsatishingiz zarur. Elektron pochta orqali matn, grafik, audio, video, rasmli hujjat va fayllarni yuborish mumkin.
Yangi elektron pochta ochish.

Yangi elektron pochta ochish uchun avvalo Internet Explorer dasturi (yoki ixtiyori brouzerni) ni ishga tushiring. Dastur ishga tushgandan so`ng uning manzil qatoriga qaysi saytda eP ochmoqchi bo`lsangiz sayt nomini kiriting. Masalan http://www.rambler.ru/ va Enter tugmachasini bosing. Natijada quyidagicha ko`rinish hosil bo`ladi.




Ushbu oynaning chap qismida joylashgan “Pochta” bo`limidan “Получить адрес” ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib chap tugmachasi bir marta bosiladi. Natijada yangi foydalanuvchini ro`yxatdan o`tkazish oynasi paydo bo`ladi.

Ushbu oynaning kerakli kataklari (* bilan belgilangan) so`ralgan ma’lumotlar bilan to`ldiriladi. Masalan: “Ваши имя на ramblere (login)” bo`limiga o`zingizga yoqqan ixtiyoriy login kiritasiz. Bizning misolda “lochinbek42-07”. “Настояшее имя” bo`limiga xaqiqiy ismingizni kiritasiz. “Фамилия” bo`limiga esa o`z familiyangizni kiritasiz. Ishni davom ettirish uchun “Продолжить” tugmachasini bosasiz.




Shu o`rinda shuni eslatib o`tamizki “Продолжить” tugmachasi bosilgandan keyin biz kiritgan login avval kiritilgan bo`lsa keyingi bosqichga o`tmaydi. ya`ni boshqa nom kiritishni talab qiladi. Avval mavjud bo`lmagan nom kiritganimizdan keyingina navbatdagi bosqichga o`tadi.

Yuqoridagi oynadan ham * bilan ajratib qo`yilgan kataklari tegishli ma’lumotlar bilan to`ldirilishi shart. Quyidagi rasmlarga qarang.





Barcha so`ralgan ma’lumotlarni kiritib bo`lingandan so`ng pastki qismda joylashgan. “Зарегистратировать имя” tugmachasini sichqoncha yordamida bir marta bosamiz. Agar biz yuqoridagi * bilan ko`rsatilgan qatorlarni barchasini to`g`ri to`ldirgan bo`lsak ramblardan ro`yxatdan o`tganligimiz bilan tabriklab quyidagi holat paydo bo`ladi.




Ish bajarish tartibi:


  1. Nazariy qism bilan tanishib chiqing.

  2. Ishchi stolda (yoki pusk menyusida) joylashgan ni ishga tushiring.

  3. Internet Explorer dasturi manzil qatoriga http://www.rambler.ru deb kiriting.

  4. Rambler sayti oynasi bilan tanishing va nazariy qismda ko`rsatilgan tartibda yangi o`z elektron pochtangizni yarating.

  5. Olgan bilimlaringiz asosida hulosa yozing.


Savol va topshiriqlar:

  1. Elektron pochta nima?

  2. Elektron pochta qanday yaratiladi?

2-Amaliy ish

Mavzu: Elektron pochtadan ma’lumotlarni uzatish

Ishdan maqsad: Talabalarda elektron pochta xizmatidan foydalanish to`g`risida ko`nikma hosil qilish. Xat yozish va uni jo`natish. Kelgan xatlarni o`qish va unga javob yozishni o`rganish.

Kerakli uskunalar majmui: Komp’yuter, global tarmoq, dasturiy ta’minot.

Nazariy qism:

Elektron pochtaga kirish va xat yozish.

Elektron pochtaga kirish uchun yoqorida aytib o`tilgani kabi saytga kiramiz (quyidagi rasmga qarang). Oynaning chap qismida joylashgan pochta bo`limiga o`tamiz. “Имя” qatoriga o`zimizning login nomimizni kiritamiz. (Login nima ekanligini yuqorida aytib o`tildi) . “Парол” qatoriga esa qo`yilgan kalit so`zlarimizni kiritamiz va “Войти” tugmachasini tanlaymiz.




Login va parolni to`g`ri kiritgan bo`lsak o`zimizning elektron pochtamizga kiramiz (quyidagi rasmga qarang).

Bu oynaga e’tibor beradigan bo`lsak bir nechta bo`limlardan iborat. “Ваша почта” bo`limidan, Kelgan xatlarni o`qish uchun – Входяшие, jo`natilgan xatlarni ko`rish uchun – Отправление, o`chirilgan xatlarni ko`rish uchun – “Карзина” larni tanlashimiz mumkin.

Xat yozish uchun esa “Написат письмо” ni tanlaymiz. Natijada xat yozish va jo`natish oynasiga o`tadi (quyidagi rasmga qarang).

Xat yozish va jo`natish uchun dastaval uni kimga jo`natishimizni “Кому” qatoriga kiritib qo`yamiz. Masalan: masud1982@rambler.ru. Shuni eslatib o`tish kerakki elektron pochta manzili to`liq va to`g`ri kiritilishi shart. Shundan so`ng “Тема” bo`limiga xatimizni mavzusini kiritamiz. Masalan “Salomnoma”. Eslatma: tema qatorini to`ldirish unchalik ham muhim emas. “Текст письма” – xat matni maydoniga yozmoqchi bo`lgan xatimizni matnini kiritishimiz mumkin. Matnni to`liq kiritib bo`lganmizdan so`ng uni jo`natish uchun “Отправить письмо” tugmachasini bosamiz. Yoki klaviaturada [CTRL+Enter] tugmalari kombinatsiyasidan foydalanishimiz mumkin. Shu o`rinda yana bir narsani e’tiboringizga havola etib ketsak. Ya`ni fayldan biror bir ma’lumot jo`natmoqchi bo`lsak “Прикрипить файлы” bo`limini taklif qatoriga fayl manzilini kiritamiz. Yoki “Обзор..” – qidirish tugmachasini tanlaymiz. Natijada faylni tanlash muloqot oynasi paydo bo`ladi. Bu oyidan kerakli faylni tanlashimiz mumkin.


Ish bajarish tartibi:

  1. Yaratib bo`lganingizdan keyin o`z elektron pochtangizga kiring va poshtangizni ko`zdan kechiring. Agar sizga yangi xat kelgan bo`lsa uni ochib o`qing va javob yozing.

  2. O`z elektron pochtangizga kirganingizdan so`ng nazariy qismda ko`rsatilgani kabi biror bir do`stingizga xat yozing va jo`nating.

  3. Olgan bilimlaringiz asosida hulosa yozing.


Nazorat savollari

  1. Kelgan xatlarni o`qish tartibini aytib bering.

  2. Xat yozish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi.

  3. Fayldan biror bir ma’lumot jo`natish uchun nima ish qilish kerak?



3-Amaliy ish

Mavzu: Internet tizimida navigatsiya. Web sahifalarni yaratish asoslari
Ishdan maqsad: Talabalarda Internet tizimida navigatsiya. Web sahifalarni yaratish asoslari to`g`risida ko`nikma hosil qilish.

Kerakli uskunalar majmui: Komp’yuter, global tarmoq, dasturiy ta’minot.

Nazariy qism:

Web–saytning yaratilishi murakkab muammo bo`lgani sababli, uni kompleks shaklda qurib chiqish kerak. Mana o`sha Web–sayt ishlab chiqilguncha javob berish zarur bo`lgan savollar:



  1. Auditoriya. Internetdagi zaruriy va maqsadli guruh yetarli mikdordami? Uning parametrlari (jinsi, yoshi, ma’lumoti, qiziqishi va b.k) qanday?

  2. Raqobatchilar. Hozirgi vaqtda siz rejalashtirmoqchi bo`lgan mavzu bo`yicha o`xshash Web–saytlar bormi? Ularga qatnashish qanday? Auditoriyaga ta`sir etish mexanizmi qanday? Bu Web − saytlar yordamida biznes jarayon qanday usulda ishlaydi? Bunday Web–saytlar uyushmasi qanday tashkil qilingan?

  3. Byudjet. Sizga kerakli Web–saytlarni yaratish uchun qancha vaqt sarf qilishga tayyorsiz? Uning internetdagi harakati uchun qancha byudjet rejalashtirmoqchisiz?

  4. Biznes–jarayon. Web–sayt yordamida qanday biznes–jarayon tashkil qilish mumkin? Bunda amaldagi biznes–jarayon o`zgarishi qanday bo`ladi? Har holda qanday biznes–jarayonlar paydo bo`ladi yoki yo`qolib ketadi? Web–saytdan foydalanish hisobiga qo`shiladigan iqtisodiy effekt (iqtisod yoki foyda) qanday?

  5. Web–saytni tayyorlovchi (tadqiq qiluvchi) Web–saytni zaruriy vazifalar bilan kim va qaysi muddatga yaratadi? Tadqiqotchi tajribaga egami? Tadqiqotchi Web–saytning dinamik bo`limlarini yaratish va ularning masofaviy administratsiyalash texnologiyasi (xabarlarni yyetkazish mahsulot kataloglarini tahrir qilish, hujjatlarni ommalashtirish, har xil foydalanuvchilar uchun internetga kirishni boshqarish va b.q)dan foydalanadimi? Bajaruvchi Web–saytga ishlov berishni, xosting, quvvatlash va harakatlarni o`z ichiga olgan kompleks yyechimlarni taklif qiladimi?

6. Web–sayt (xosting)ni joylashtirish. Web–saytni qayerga joylash-tirish mo`ljallanayapti? Mo`ljaldagi auditoriyaga u qulay bo`ladimi? Web–sayt auditoriyasi kengaygan holatda Web–server quvvati va Internet–provayderi panelining o`tkazish qobiliyati qoniqarli bo`ladimi?

7. Quvvatlash va harakat Web–sayt informatsion to`laligini faol holatda kim va qanday quvvatlaydi? Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan muloqotni kim va qanday amalga oshiradi? Web–saytning internetdagi harakati bilan kim va qanday mashg`ul bo`ladi?

Shunday qilib, Web–saytni joylashtirish, quvvatlash va uning harakatiga tegishli savollar bilan Web–sayt tadqiq qilinguncha tanishib chiqmoq zarur.

Endi bu savollarni batafsil ko`rib chiqamiz.

1. Auditoriya. Har bir Web–sayt asosan tashrif buyuruvchilar uchun yaratiladi, birinchi navbatda, siz ko`z oldingizga aniq keltirishingiz zarur, ya`ni kim uchun bu ishni qilyapsiz va odamlar internetdan foydalanadimi? Hammaga ma`lumki, hozirchalik O`zbekistonda internetdan aktiv foydalanuvchilar soni yuqori emas. Bundan tashqari, ko`plab foydalanuvchilar respublika tashqarisidagi axborotlarni qidirish maqsadida internetga kirish uchun haq to`laydilar. Shunday qilib, eng ko`p tashrif buyuruvchi Web–saytlarga rus–zabon (Rossiya, Ukraina, Qozoqistan, Isroil) va ingliz–zabon auditoriyalar, ya`ni eksport–import operatsiyalari, turizm transport bilan shug`ullanadigan kompaniyalar kiradi. Lekin, keyingi paytda O`zbekiston auditoriyalariga yo`naltirilgan ko`plab Web–saytlar paydo bo`lmoqda. Tabiiyki, ulardan faqatgina internetda real holatdagi auditoriyalarga mo`ljallanganlari tashrif buyuradilar.

2. Raqobatchilar. Siz ochmoqchi bo`lgan mavzu bo`yicha bir-biriga o`xshash Web–saytlar analizi, ko`pincha Web–sayt konsepsiyasini yaratish asosiga aylanib qolmoqda. Siz yaratayotgan Web–saytning tashqi ko`rinishi raqobatchi Web–sayt tashqi ko`rinishiga o`xshab qolmasligi kerak. Sayt–raqobatchilaring navigatsiya va strukturasining kuchli va kuchsiz tomonlarining analizi ularning tajribasini o`z maqsadlarimizda foydalanish mumkinligini ko`rsatdi. Tashrif buyuruvchilarning Web–saytlarga bo`lgan qiziqishini oshirishda servislar xizmati beqiyosdir. Web–saytlarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish uchun yangi servizlarni o`ylab topish hamisha mumkindir. Raqobatchilar foydalanadigan internetdagi Web–sayt harakat qilish (ommalashtirish) usuliga ham e’tibor qaratish zarur. Internetning zamonaviy rivojlanish bosqichida ixtiyoriy mavzuli Web–saytlar xohishlariga qarab, internet–uyushmalariga birlashadilar. Shu kabi maxsuslashgan yangilik va obzor–analitik Web–saytlar, zaxira kataloglari, forumlar va sh.k. bunyod bo`ladi. Ular yetarli miqdordagi mavzuli Web–saytlar zamirida yuzaga keladilar. Shunday vertual mavzuli uyushma muhitida Web–saytingiz pozitsiyasini kuchaytiruvchi aniq strategiyani tadqiq etish zarur. Web–sayt tashqi qismini buyurtmachilar kabi Web–sayt tashrif buyuruvchilari uchun ham tayyorlash muhim hisoblanadi. Faqat shu holatdagina uning ommalashuviga mo`ljal qilish mumkin.

3. Byudjet. Uning tarkibi quyidagicha:

3.1. Web–saytni yaratish va harakat ettirish masalalari bo`yicha mutaxassislar bilan oldindan maslahat o`tkazish.

3.2. Web–sayt konsepsiyasini tadqiq qilish va Web–saytning dinamik qismi uchun masalani ko`ndalang qo`yish.

3.3 Web–saytni ishlab chiqish (tadqiq etish).

3.4. Web–sayt dizaynini tadqiq etish.

3.5. Web–sayt dasturiy qismini tadqiq etish.



4. Domen nomlarni ro`yxat qilish.

5. Web–saytni quvvatlash va tashrif buyuruvchilar bilan teskari aloqa ishlari bo`yicha buyurtmachi shaxsini o`qitish.

6. Saytni quvvatlash.

6.1. Web–saytni joylashtirish (xosting)

6.2. Domen nomlarni quvvatlash.

6.3. Web–saytning texnik kuzatuvi.

6.4. Web–saytning informatsion kuzatuvi (ko`pincha buyurtmachi tomonidan bajariladi, lekin boshqacha holatlar ham bo`lishi mumkin).

6.5. Internetda saytni harakat ettirishning an`anaviy usullari.

Baxtga qarshi Web–saytning ko`plab o`zbekistonlik buyurtmachilari uning internetdagi harakati uchun sarf–harajatlar rejalashtirmay, tekin servislar–qidiruv serverlaridan registratsiya (qayd qilish)ga mo`ljal qiladilar.

Internetning rus–zabon sektorida Web–saytni harakat ettirish uchun ko`plab reklama agentliklari mavjud. Bu mavzudagi foydali axborotlarni WebRating Web Rating (http: // www/ webrating.ru) saytidan topish mumkin. Internetning O`zbekistondagi sektorida faqat bitta maxsuslashgan reklama agentligi Brand.uz ishlab turibdi (http;//WWW.brand.uz)). Bu agentlik o`zining boshlang`ich rivojlanish bosqichida bo`lib, bir nechta yirik Web–dizayn studiyasiga ega,[23; 145-156].



  1. Biznes–jarayon.

Web–saytni yaratish zarurligi to`g`risidagi qarorni qabul qilish uchun kompaniyangizdagi qanday biznes–jarayonlar uchun bu Web–saytni tadqiq etish mumkinligini aniqlab olish kerak bo`ladi?

Bugun quyidagi tijorat Web–saytlari mavjud:



4.1. Reklama sayti–ixtiyoriy reklama singari internet informatsion muhitidagi konkret mahsulot va xizmat yoki brendni reklama qilish uchun xizmat qiladi. Katta miqdordagi grafik element va mul’timediya vositalari (Flash) sahifalarida qo`llanilishi bilan farqlanadi.

4.2. Informatsion sayt–mijozlarning virtual uyushmasini tuzish to`g`risidagi qarorni qabul qilishda “informatsion to`siq” ni olib tashlash uchun tashrif buyuruvchilarni mahsulot va xizmat turlari to`g`risidagi ma’lumotlar bilan to`la-to`kis boxabar etish uchun xizmat qiladi. Sahifalar tashqi ko`rinishining ko`rkamligi (ixchamligi) bilan ajratib turadi, chunki bu Web–saytdagi barcha elementlar kerakligi axborotlarni tez va qulay usulda qidirib topish uchun xizmat qiladi.

4.3. Biznessayt–kompaniyaning alohida tashqi biznes–jarayonlarni tashkil qilish uchun xizmat qiladi, (masalan, ta’minotchi va dilerlarning ombordagi mahsulotlar; mahsulot yoki xizmatlarga ega bo`lishdagi buyurtmalari xizmatchi va dilerlarni o`qitish; suhbatlar olib borish jarayonlari to`g`risida). Biznes–jarayonlarni tashkil etish uchun dasturiy modullar (internet–ilova) mavjudligi bilan farqlanadi.

4.4. Korporativ portal kompaniya ichki va tashqi biznes–jarayonlarining servislarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, korporativ portal tarkibiga kompaniyaning turli xil bo`limlari o`rtasida axborot almashuvi, buxgalteriya ilovalari, ombor, kadrlar bo`limi, statistik va analitik axborotlar, spravochnik, o`quv axborotlari; ta’minotlar, dillerlar, iste`molchilar bilan ishlash uchun avtomatlashtirilgan vositalar va b.q. kiradi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun internet-ilova, kompaniya (buxgalteriyasi, ombor, rejalashtiruvchilar va b.q.) da foydalaniladigan amaliy dasturlarga kirish uchun interfeyslar mavjudligi bilan farqlanadi.

Web–saytning paydo bo`lishi mavjud biznes-jarayonga ozmi − ko`pmi o`zgarish kiritishni nazarda tutish kerak. Masalan, jamoatchilik bilan aloqa bog`lash bo`limida yangiliklarni o`z navbatida chop etish masalasi, marketing bo`limida Web–saytni siljitish ishlari, Web–sayt davomati statistikasining analizi, onlaynda savol-javoblar va reklama aksiyalarini o`tkazish. Mahsulotlar bozori (sbit) bo`limi onlayn mijozlari bilan ishlashni, kadrlar bo`limi esa, Web–interfeys orqali vakant joylarga nomzodlarni tanlashni o`rganishi kerak.

Ko`pincha internet–texnologiyadan foydalanish kommunikatsiya bilan bog`liq vositalar (axborotlarni tarqatish va qabul qilib olish, gaplashish tarmoqlari)ni ancha iqtisod qilishga olib keladi. Bu ishlar vaqtni iqtisod qilish, internet va boshqa axborotlarni uzatishdagi narxlar farqi evaziga sodir bo`ladi. Arthur Anderson bergan ma’lumot bo`yicha bu iqtisod har xil biznes-jarayonlar uchun 5%dan 80% gacha bo`ladi.

5. Web–sayt tadqiqotchisi. Sayt tadqiqotchisini tanlash saytingizda amalga oshirilgach masalaning murakkabligiga bog`liq bo`ladi. Hozir O`zbekistonda 100 dan ortiq kompaniyalar har xil murakkablikdagi Web–saytlarni tayyorlash bo`yicha va 50 dan ortiq xususiy Web–dizayn studiyalari o`z xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Ularning ko`pchiligi reklama va informatsion Web–saytlar uchun yechimlar taklif qiladilar. Bunda sayt Web–sahifalarining ko`pchiligi qo`l bilan varaqlanadi va ba`zida tekin yoki arzon narxda dasturiy yechimlar ishlatiladi.

Design. uz. Sarcor. Design, On–Style, ISP Nayter, Isp Payvaz va shu kabi kompaniyalar minimal avtomatizatsiya (informatsion lentalar, elektron vitrinalar, elektron trans–listlar, teskari bog`lanish) bilan biznes–saytlar uchun yechimlar taklif qiladilar. Bunda peril, php, Asp da yozilgan va pulsiz qo`llaniladigan SUBD (my SQL va b.q.) arzon dasturiy yechimlar ishlatiladi.

O`zbekistonda ishlayotgan Eurasia Technologies Group kompaniyasi Platinum Partners i Soft Osiyo EIP(Enterprise Information Portal–korporativ informatsion portal) klassli yechimni taklif qiladi. Bu yechim o`z ichiga biznes–saytlar va korporativ portallar (elektron savdo maydonchasi va birjalar, elektron tezkor maydonchalari va vakans kataloglari, foydalanuvchilar haq–huquqini boshqarish uchun qarorlar va b.q), uchun sozlanuvchi modullarni oladi. Eurasia Technologies Group tomonidan taklif qilayotgan texnologiya Uzbekistonda yakka hisoblanadi va analogi yo`q, (Java programmalashtirish tili va SUBD Oracle Jif qo`llaniladi) va bizdagi Web–saytlarni yaratish uchun ishlatiladigan barcha mavjud yechimlardan ham a`lo hisoblanadi, chunki u elektron biznes uchun ancha yuqori klassli yechimlar qatoriga kiradi.

Tadqiqotchini tanlashda uning Web–saytni ishlab chiqish, joylashtirish (xosting) va kuzatish, konsultatsion va marketing xizmatlaridan iborat kompleks yechimlar taklif qilinishini hisobga olish kerak, chunki faqatgina kompleks yechimlar buyurtmachini loyihani amalga oshirishda har xil “texnik” noqulayliklardan asraydi.



6. Web–saytni joylashtirish (xosting)

Xostingni tanlashda internet provayder imkoniyatini, ya`ni kanalning o`tkazish qobiliyatini inobatga olish kerak bo`ladi. Bir vaqtda qancha tashrif buyuruvchilar Web–saytga kira olishi mana shu ko`rsatkichga bog`liq bo`ladi. Provayder kanali turli xil mamlakat va mintaqadagi foydalanuvchilarga bir xil yaxshi va qulay bo`lishi kerak. Xosting sifatiga ta`sir etuvchi boshqa parametr–bu Web–server unumdorligi hisoblanadi. Xosting vakolati sanalgan kompaniya bilan saytning ommaviyligi (tashrif buyuruvchilar soni) oshgan taqdirda kanalning o`tkazish qobiliyati va Web–server unumdorligini mos ravishda oshirish to`g`risida kelishib olish kerak bo`ladi.



7. Quvvatlash va harakat

Web–sayt tadqiq qilinguncha Web–saytni quvvatlab turish va uning siljishi bilan kim va qanday qilib mashg`ul bo`lishini aniqlash muhim faktordir.

Web–sayt informatsion to`laligini yangilab turishni tashkil etishning ikki usuli mavjud:

O`zgarish Web–sayt tadqiqotchi kompaniya xizmatchilari tomonidan kiritiladi;

O`zgarish Web–sayt buyurtmachi kompaniya xizmatlari tomonidan kiritiladi.

Birinchi usul tadqiqotchi kompaniyadagi Web–saytni quvvatlab turuvchi maxsus xizmatni tashkil etishni talab qiladi.

Ikkinchi usul buyurtmachi kompaniyadan o`z xizmatlari uchun maxsus elektron ish joylari yaratlilishida vositalar qo`shishni talab qiladi. Mana shunday elektron ish joylari yordamida buyurtmachi kompaniya xizmatlari mustaqil ravishda Web–sayt informatsion to`laligini quvvatlab turadilar. Buyurtmachi kompaniya xizmatchilaridan internet–texnologiyasi bo`yicha maxsus bilimlar talab qilinmasligi (brauzer bilan foydalanishdan tashqari) maqsadida elektron–ish joylarining masofaviy foydalanish interfeysidan maksimal ravishda foydalanadi,[20;240-267].

Web–sayt yaxshi ishlab turishida eng asosiy elementlardan biri − bu axborot tashuvchilar bilan teskari bog`lanishni to`g`ri tashkil qilinganligidir. Uni shunday tashkil etish kerakki, Web–sayt tashuvchilari bilan doimo dialog olib borishi mumkin bo`lsin. Bunda imkoniyat, qulaylik yuzaga keladi, agar tashrif buyuruvchilar va kompaniya xizmatchilari tomonidan bo`ladigan har xil xabarlarga shu zahotiyoq reaktsiya qurish uchun qulay va tushunarli interfeys tashkil qilinsa.

Web–saytni quvvatlash jarayoniga uning doimiy harakati (siljishi) ham kiradi. Web–saytga tashrif buyuruvchilar doimiy kelib turishini quvvatlab turish maqsadida olib borilgan ba`zi bir tadbirlar:


  1. Qidiruv serverlari va undagi indekslar joylashuvini nazorat qilish uchun Web–sayt sahifalarini optimizatsiyalash.

  2. Baner tarmoqlaridagi baner va matnli bloklardan foydalanib reklama aksiyalarini o`tkazish va rejalashtirish.

  3. To`g`ri almashuv yoki reklamalarni eng gavjum joydagi mavzuli zaxiralarda o`rnatish.

  4. Mavzuli pochta jo`natmalaridagi reklama.

  5. To`g`ri pochta jo`natmalari.

  6. Web–sayt ichki reklamasi yordamida har xil Web–sayt savollar reklamasi.

  7. An`anaviy usullar reklamasi.

Web–saytning siljishi (harakati) bo`yicha doimiy olib berilgan ishlar sezilarli natijalarni berishi mumkin.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Web–saytni biznesni olib borish uchun asbob (instrument) sifatida ko`rib chiqilgandagina uni tatdbiq qilish jarayonida maksimal natijalarga erishish mumkin. Mutaxassislar maslahati sizga internet–texnologiyani qo`llashning “tor” momentlarida tushunib olishga yordam beradi. Qolganlarini amaliyot o`rgatadi.



O`zbekiston qidiruv sistemalari

Assalom InterNet

http://www.assalom.uz

O`zbekistondagi birinchi qidiruv sistemasi. Resurslarini ko`paytirish imkoniyatlari mavjud.



Welcome to Uzbekistan

http://www.gov.uz

O`zbekiston Respublikasi hukumati sahifasi. Rasmiy axborot, Oliy majlis qarorlari haqida ma’lumot beradi.



Uzbekistan-Reference

http://www.book.uz

O`zbekiston Respublikasi haqidagi axborotni o`z ichiga oladi.



www.freenet.uz

Respublika internet resurslari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.



www.baht.uz

Ommabop ma’lumotlar to`plami.



www.esezam.uz

Markaziy Osiyo, Kavkaz va Rossiya informatsion portali. Xudud internet resurslari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Mamlakatlarga oid entseklopedik ma’lumotlar keltirilgan.

Endi bevosita ushbu qidiruv tizimlarida ishlash jarayoni to`g`risida to`xtalib o`tsak. Yuqorida nomlari keltirib o`tilgan qidiruv tizimlaridan yandex.ru da biror bir ma’lumotni qidirib topish jarayoni haqida batafsil ma’lumotlarni keltirib o`tamiz. Dastavval internetga ulanamiz va internet explorer dasturini ishga tushiramiz. Dastur manzil qatoriga http://www.ya.ru deb kiritamiz va Enter tugmachasini bosamiz. Internet explorer ishchi oynasida qidiruv tizimining taklif qatori paydo bo`ladi (1-rasmga qarang). Qidiruv tizimining taklif qatoriga qidirmoqchi bo`lgan ma’lumotimizni nomini kiritamiz. Misol uchun telefonimizga maxsus kodlarni olmoqchi bo`lsak “Код телефони для Nokia” deb yozamiz va “Найти” – qidirish tugmachasini sichqoncha chap tugmachasi yordamida bir marta bosamiz. Shuning bilan biz kiritgan ma’lumot bo`yicha qidirish jarayoni boshlanadi.

Qidiruv natijalarini quyidagi rasmda ko`rinib turganidek e`lon qiladi. Ya`ni kiritganimiz “Код телефони для Nokia” bo`yicha qanaqangi ma’lumot topilgan bo`lsa hammasini e`lon qiladi. Agar topilgan ma’lumotlar judayam ko`p bo`lsa ularning ichidan kerakligini ajratib olishga qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Bu qiyinchilikni bartaraf etish uchun bizga eng kerakli ma’lumotlarni (aynan qaysi markadagi telefon uchun) o`zini qoldirishimiz kerak bo`ladi. Buning uchun “В найденном” bo`limini belgilab taklif qatorga telefonimiz markasini kiritishimiz mumkin. Masalan: Nokia 6230 deb yozamiz va “Найти” tugmachasini bosamiz. Ushbu holatda qidirib topilgan ma’lumotlar ichidan aynat Nokia 6230 markali telefon uchun tegishli bo`lgan ma’lumotlarni o`zini ajratib beradi.




Har qanday ma’lumotni qidirib topish yuqoridagi kabi amalga oshiriladi. Eslatma sifatida yana qo`shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki biror bir mavzuda referat yoki kurs ishlarini olmoqchi bo`lsak “referat.uz” yoki “referat.ru” qidiruv tizimlariga kirishimiz kerak. Ushbu saytlarga kirganimizdan so`ng qidiruv tizimining qidirish taklif qatoriga mavzumiz nomini kiritishimiz kerak bo`ladi.



Ish bajarish tartibi:

  1. Internet explorer dasturini ishga tushiring.

  2. Internet explorer dasturi manzil qatoriga biror bir qidiruv tizimini nomini kiriting.

  3. Qidiruv tizimi taklif qatoriga izlamoqchi bo`lgan ma’lumotngizni nomini kiriting.

  4. Topilgan ma’lumotlar ichidan o`zingiz uchun eng kerakligini ajrating va ko`chirib oling.

  5. Olgan bilimlaringiz bo`yicha hulosa yozing.


4-Amaliy ish

Mavzu: Sodda veb sahifalar yaratish. HTML tili haqida
Ishdan maqsad: Talabalarda Sodda veb sahifalar yaratish to`g`risida ko`nikma hosil qilish.

Kerakli uskunalar majmui: Komp’yuter, global tarmoq, dasturiy ta’minot.

Nazariy qism:

HTML (Hyper Text Markup Language) – belgili til bo`lib, ya`ni bu tilda yozilgan kod o`z ichiga mahsus ramzlarni mujassamlashtiradi. Bunday ramzlar hujjat ko`rinishini faqatgina boshqarib, o`zi esa ko`rinmaydi. HTMLda bu ramzlarni teg (teg – yorlik, belgi) deb ataladi. HTMLda hamma teglar ramz-chegaralovchilar (< , >) bilan belgilanadi. Ular orasiga teg identifikatori (nomi, masalan V) yoki uning atributlari yoziladi. Yagona istisno bu murakkab chegaralovchilar () yordamida belgilanuvchi sharxlovchi teglardir.

Aksariyat teglar jufti bilan ishlatiladi. Ochuvchi tegning jufti yopuvchi teg. Ikkala juft teg faqatgina yopuvchi teg oldidan «slesh» (“/”) belgisi qo`yilishini hisobga olmaganda, deyarli bir xil yoziladi. Juft teglarning asosiy farqi shundaki, yopuvchi teg parametrlardan foydalanmaydi. Juft teg yana konteyner deb ham ataladi. Juft teglar orasiga kiruvchi barcha elementlar teg konteyneri tarkibi deyiladi. Yopuvchi tegda zarur bo`lmagan bir qator teglar mavjud. Ba`zida yopuvchi teglar tushirib qoldirilsa ham zamonaviy brauzerlar aksariyat hollarda hujjatni to`g`ri formatlaydi, biroq buni amalda qo`llash tavsiya etilmaydi. Masalan, rasm qo`yish tegi , keyingi qatorga o`tish


,
baza shriftini ko`rsatish va boshqalar o`zining , > va hokazo yopuvchi juftlarisiz yozilishi mumkin. Noto`g`ri yozilgan tegni yoki uning parametri brauzer tomonidan rad qilinadi. (bu brauzer tanimaydigan teglarga ham taalluqli). Masalan, teg-konteyneri faqatgina freymlarni taniydigan brauzer tomonidan hisobga olinadi. Uni tanimaydigan brauzer tegini tushunmaydi.

Teglar parametr va atributlarga ega bo`lishi mumkin. Parametrlar yig`indisi har-bir tegda individualdir. Parametrlar quyidagi qoida asosida yoziladi:




  • Teg nomidan so`ng probellar bilan ajratilgan parametrlar kelishi mumkin;

  • Parametrlar ixtiyoriy tartibda keladi;

  • Parametrlar o`zining nomidan keyin keluvchi «=» belgisi orqali beriluvchi qiymatlarga ega bo`lishi mumkin.

  • Odatda parametrlar qiymati « » - «qo`shtirnoq» ichida beriladi.

  • Parametr qiymatida ba`zan yozuv registri muhim.

Shuni esda tutish lozimki, hamma teglar o`zining individual parametriga ega bo`lishiga karamay, shunday bir qator parametrlar mavjudki, ularni bo`limining barcha teglarida ishlatish mumkin. Bu parametrlar CLASS, ID, LANG, LANGUAGE, STYLE va TITLE lardir.



HTML-hujjatini yozishni boshlashda ishlatiladigan birinchi teg bu tegidir. U har doim hujjat yozuvining boshida bo`lishi lozim. Yakunlovchi teg esa shakliga ega bo`lishi kerak. Bu teglar, ular orasida joylashgan yozuvning hammasi butun bir HTML-hujjatini anglatishi bildiradi. Aslida esa hujjat oddiy matnli ASCII-faylidir. Bu teglarsiz brauzer hujjati formatini aniqlab, tarjima qila olmaydi. Ko`pincha bu teg parametrga ega emas. HTML 4.0 versiyasiga qadar VERSION parametri mavjud edi. HTML 4.0da esa VERSION o`rniga parametri paydo bo`ldi.

va orasida 2 bo`limdan tashkil topishi mumkin bo`lgan hujjatning o`zi joylashadi. Mazkur hujjatning birinchi bo`limi sarlavhalar bo`limi ( va ), ikkinchi bo`lim esa hujjat tana qismidir ( va


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa