«energetika» kafedrasi «kichik gidroelektr stansiyalar» fanidan ma’ruzalar kursi namangan-2020


– rasm. Bosimli derivatsiya quvuriga ega bo’lgan KGES sxemasi



Download 8,01 Mb.
bet15/31
Sana03.06.2022
Hajmi8,01 Mb.
#631662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
МАРУЗА КИЧИК ГЭС лар

3.11 – rasm. Bosimli derivatsiya quvuriga ega bo’lgan KGES sxemasi
1 – suv ombori; 2 – to’g’on; 3 – daryo (soy); 4 – bosimli derivatsiya quvuri;
5 – bosim tenglovchi rezervuar; 6 – turbina quvuri; 7 – KGES binosi; 8 – elektr simlari.




3.12 – rasm. Ezmina GESi sxemasi
1 - suv darvozalari; 2 – yo’l; 3 – loyqa yuvish galereyalari; 4 – suv qabul qilgich; 5 – suv
tindirgich; 6 – tunnelga kirish portali; 7 - bosimsiz derivatsiya tunneli (kanali);
8 - sutkalik rostlash suv ombori; 9 – suv sarfini rostlagich; 10 – suv tezligini
so’ndirgich; 11 – bosim havzasi va suv chiqargich; 12 – turbina quvurlari; 13 – GES binosi;
14 – suv olib ketish kanali; 15 – suv tashlagich.
To’g’onli – derivatsiya sxemasi. Bu sxemada yuqorida keltirilgan ikkala sxemaning ham imkoniyatlaridan foydalaniladi, ya’ni daryo uzanida suv ombori qurilib, to’g’ondan keyingi qismda derivatsiya inshootlaridan foydalaniladi. To’g’onli – derivatsiya sxemasi suv manbaining nishabligi har xil bo’lganda qo’llaniladi. Manbaning nishabligi kichik bo’lgan joyida to’g’on bunyodga keltirilib, nishablik katta bo’lganda derivatsiya sxemasidan foydalaniladi (3.13 – rasm).


3.13 – rasm. To’g’onli – derivatsiya sxemasi
1 – to’g’on; 2 – derivatsiya inshooti; 3 – GES binosi.

Ushbu sxema bo’yicha to’g’on GES binosidan qanchalik yuqoriga joylashsa shunchalik uning o’lchamlari, shuningdek suv ombori o’lchamlari kichik bo’ladi. Lekin bu holda derivatsiya inshootlarining uzunligi ancha oshadi, demak napor yo’qolish qiymati ham oshadi. SHu sababli to’g’onli – derivatsiya sxemasi bo’yicha inshootlar o’lchamlari texnik - iqtisodiy hisoblar bilan aniqlanadi. Mazkur sxemaga misol qilib Alyaskadagi (AQSH) Suon-Leyk KGESini olish mumkin. KGESning quvvati 22,5 MVt bo’lib, napori 324,2 metrni tashkil etadi. SHundan 58,2 metr to’g’on yordamida hosil qilinsa, 266 metr napor derivatsiya inshooti yordamida hosil qilinadi. Derivatsiya inshooti diametri 3,0 metr bo’lgan bosimli tunnel bo’lib, uning uzunligi 701 metrni tashkil etadi.


Erkin oqimli KGESlar deb ataladigan suv oqimi energiyasidan foydalanish sxemalaridan biri asosan mikroGESlarga talluqlidir. Erkin oqimli KGESlarda manbadagi erkin harakatlanayotgan suv oqimining faqat tezlik energiyasidan foydalanilganligi uchun to’g’on va quvurlar qo’llanmaydi. Hozirgi paytda erkin oqimli KGESlarning okean va dengizdagi, daryo va kanallardagi suv oqimlaridan foydalaniladigan har xil turlari mavjud. Bu KGESlarda gidroturbinalarning o’qiy, ortogonal, girlyanda, karusel, cho’michli kabi turlari qo’llaniladi. Masalan, angliyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan erkin oqimli KGES suv oqimi tezligi 1...2 m/s bo’lgan manbalarda 30 % FIK bilan 2 kVt quvvatga ega bo’lishi mumkin (3.14 – rasm). KGES to’rtta parrakli karusel turbina bilan jihozlangan bo’lib, uning diametri 2 metrga teng.




Download 8,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish