tanlangan hamda o`rnatilgan qurilmalar kasb-hunar kollejlarida tadbiq qilinsa
Kitob pedagogika kasb –hunar kollejini tafsifi.
11. Pedagogika kasb-hunar kollejining faoliyatlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 10 maydagi “O’zbekiston
Respublikasi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o’tishini
ta’minlashga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida” gi va viloyat o’rta maxsus kasb-
hunar ta’limi boshqarmasining 2007 yil 24 maydagi buyrug’iga asosan ro’yhatga o’tkazishga
tavsiya etiladi.
Kitob pedagogika kasb-hunar kolleji O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 12 iyundagi 253-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi
vazirligi tomonidan 1998 yil 12 oktyabrda tasdiqlangan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi
o’quv yurtlarni tashkil qilish va tugatish tartibi to’g’risidagi muvaqqat nizomga Respublika
o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasinning 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli
buyrug’iga asosan tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi ta’lim vazirligi tarkibidadir.
Kitob pedagogika kasb-hunar kolleji davlat standartlari doirasida o’rta maxsus kasb
hunarga moyilligi mahorat va malakasini chuqur rivojlkantirishni tanlangan kasblari bir
necha ixtisos olishni ta’minlaydigan yangi turdagi o’quv yurtida ta’lim shakli kunduzgi kasb-
hunar kolleji bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.
Unda o’rta maxsus kasb –hunar ta’limidagi tayyorlov yo’nalishlari kasblar ba ixtisosliklar
tasnifgichiga mutaxassislar bo’yicha berilgan malaka ko’rsatiladi.
Kitob tumani pedagogika kolleji Kitob tumanida joylashgan kasb-hunar kolleji o’z
faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ta’lim to’g’risidagi qoida va kadrlar
tayyorlash milliy dasturi o’rta maxsus kasb –hunar ta’limi to’g’risidagi Nizom asosida
vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.
Kitob tumanidagi pedagogika kasb- hunar kollejida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
kichik mutaxassislar tayyorlanadi:
Boshlang’ich, maktabgacha ta’lim, buxgalteriya va audit moliya, jismoniy tarbiya va
sport, kompyuter va axborot texnologiyalari, xo’jalik huquqshunosliklari.
Kasb-hunar ta’limida 94 ta turli yo’nalishlar bo’yicha maxsus pedagoglar ma’ruza,
amaliy, labaratoriya va ishlab chiqarish ta’limi dasturi olib boriladi.
Kasb –hunar kollejining o’quv binosining 3 qavatli bo’lib 720 o’rinli hisoblanib, 2008
yildan buyon faoliyat ko’rsatmoqda. Kasb–hunar kollejida 1-kursda 238 ta, 2-kursda 223 ta,
3-kursda 239 ta o’g’il qizlar tahsil oladi.
Kasb –hunar kolejida 100 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi mavjud bo’lib,
zamonaviy jihozlangan.
Kasb-hunar kollejida ishchi xizmatchilar 24 tani tashkil etadi. Ta’lim muassasalarida
sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishga qodir shaxsni tarbiyalash o’quv
jarayoni bilan uzviy ravishda oila, mahalla “madaniyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi,
jamoa tashkilotlari shaxsning ijodiy faoliyatlarining shakllantiruvchi fanlarning faol
ishtirokida amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida yosh avlodni ma’naviy ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning
boy milliy-tarixiy an’analarga, urf-odatlarga hamda qadriyatlarga asoslangan holda
tarbiyaviy ishlarni tashkil etadi.
Kasb –hunar kollejida o’quvchilarning ta’lim muassasasi va tanlangan kasbni egallash
bo’yicha berilgan imkoniyatlar guruhlar hissini oshirishga qaratilgan turli hil marosimlarni
tashkil etish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: