Kasb-hunar kollejida atrof-muhit muhofazasi
Kasb-hunar kollejida o`quv xonalarini yoritish normalari va ahamiyati.
Kasb-hunar kollejida chiroqlar to`g`ri tanlanganda ko`z, umuman
organizm ham charchamaydi, mehnat unumi ortadi va qurilish-montaj
ishlarining sifati ham yaxshilanadi.
Yoritish sharoitlari yaxshilansa, ko`zni juda zo`riqtirish talab qilinadigan
aniq ishlarda ham, boshqa ishlarda ham mehnat unumi ortadi (birinchi holda
mehnat unumi 15% ortadi). Qurilish industriyasi zavodlarida o`tkazilgan
tekshiruvlar shuni ko`rsatadiki, juda aniqlik talab qilinmaydiagan ishlarda yoritish
sharoitlarini yaxshilash ya`ni cho`g`lanma lampalar o`rniga gaz razryad
lampalar o`rnatish va yoritish darajasida 50 dan 150 lyuksga oshirish natjasida
mehnat unumi odamning ko`zi barcha turli-tuman nurli energiya
nurlanishlaridan
faqat
to`lqinning
uzunligi
380-770
nm
bo`lgan
nurlanishlarnigina yorug`lik sifatida qabul qiladi.
Korxona va qurilishlar tabiiy hamda sun`iy yoritiladi. Sun`iy yoritish
normalarida yoritilish darajasining sifatiga, avariyaviy yoritishga umumiy yoritish
chiroqlarining zapos koeffitsiyenti hamda ularni tozalash muddatlariga
qo`yiladigan talablar ham bor. Yoritish normalari ko`rib, bajariladigan ishlarning
sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu ishlar 9ta razryad va kichik razryadlarga
ajratiladi. Razryadlarda ko`rib bajariladigan ishlar aniqligi hisobga olinadi.
Masalan: umumiy qurilish ishlari VI razryadga, omborlardagi ishlar VIII razryadga
kiritiladi. Sun`iy yoritish normalarida yoritish darajasida ishlatiladigan manbalari
va qabul qilingan yoritish sistemasiga qarab alohida-alohida normalanadi. Gaz
razryad yorug`lik manbaalaridan (lyuminessent lampalar DRL, DRI lampalaridan)
ishlangan yoritish ustanovkalari uchun yoritish sistemasidagiga qaraganda
pastroq, chunki, aralash yoritishda umumiy yoritishga mahalliy yoritish ham
qo`shiladi. Bunda bitta mahalliy yoritishdan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
Sanoat korxonalarida asosiy ish o`rnini yoritishdan tashqari, avariya ro`y
berganda yoki chiroqlar to`satdan o`chib qolganda odamlarni xonalardan
evakuatsiya qilish va ayrim ishlarni davom ettirish maqsadida avariyaviy yoritish
ham ko`zda tutiladi.
Xonalarning tabiiy yoritilishini tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (T.Y.K )
deb ataladigan kattalik bilan belgilash qabul qilingan. Agar tabiiy yoritilganlikning
loyihalangan koeffitsiyenti yon tomondan yoritishda normaning 80 % ini va
undan kamini yuqori tomondan tabiiy yoritishda 60 % ini va undan kamini
tashkil etsa, normalanadigan yoritilganlik sun`iy yoritgichlar o`rnatish hisobiga
oshiriladi.
Yoritgichlarni tanlashda yorug`lik oqimining ko`p qismi ish sirtiga
tushishi uchun yoritish armaturasiga e`tibor berish lozim. Ochiq lampalardan
foydalanish effekt bermaydi, aks holda qamashishi va elektr energiyasi befoyda
sarflanishi mumkin. Yoritgichlar tipini tanlashda xonadagi muhit va yorug`lik
taqsimotiga qo`yiladigan talablar ham hisobga olinadi. Baland xonalarga
yorug`lik taqsimoti konsentrlangan yoritgichlar (“Universal”, “gluboizluchatet”)
o`rnatgan ma`qul. Sun`iy yoritgichda cho`g`lanma va gaz razryad lampalaridan
foydalaniladi.
Cho`g`lanma lampalar vakuumli (15 va 25 W) hamda gaz bilan to`ldirilgan
bo`ladi (1500 W gacha). Cho`g`lanma lampalarning o`rtacha xizmat muddati
1000 soat, gaz razryadli lampalardan eng ko`p tarqalgani simobli lampalardir.
Bular besh xil qilib ishlab chiqariladi. Kunduzgi yorug`lik lampalari, LXB-xira oq
yorug`lik beradigan lampalar, LB-oq yorug`lik beradigan lampalar, LDP-yorug`lik
oqimi uzatish yaxshilangan kunduzgi yorug`lik lampalari, LTB-issiq oq yorug`lik
berdigan lampalar. Bu lampalarning quvvati 8-120 W.
Qurilish hududining katta (5000 m
2
dan ko`p) ochiq maydonlarini
yoritish va qorong`uda ishlash uchun projektorlardan foydalaniladi. Ular
simyog`ochlar, machtablar, qurilish mashinalari va boshqa turg`un joylarga
o`rnatiladi. P2C-25, P2C-35, P2C-45 tipidagi projektordan keng foydalaniladi.
Ko`zni qamashtiradigan ta`sir yo`q
64°
45°
27°
a)
14°
ko`zni juda kuchsiz
qamashtiradi
0°
b)
18-rasm. Yoritgichning konstruksiyasi (a) va yorug`likning taqsimlash egri
chiziqlari (b).
Do'stlaringiz bilan baham: |