Energetika fakulteti MS VA MSM yo'nalishi 42-16 guruh talabasi Ismoilov Odiljonning "ALUTEX"korxonasi nomli taqdimoti Korxona haqida 1999- yil «ALUTEX» (Alyumin texnologiyalari) korxonasi tashkil topdi, va boshlang’ich yillarda, xorij alyumin profillari va furniturasi ulgurji savdosi bilan shug’illangan. 2003-yili “Alyumin profillarni O’zbekistonda ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirishga kirishdi. «ALUTEX» QK – bu O’zbekistondagi birinchi alyumin profillar va furnitura ishlab chiqarish bo’yicha maxsus korxona. Mahsulot ishlab chiqarishda, tashkilot tayanadigan asosiy normativ hujjatlar bu ISO 9001, DIN 1055 (Germaniya), TS 498 (Turtsiya), ГОСТ 8617-81 (Rossiya) sertifikatlari. Bugungi kunda “ALUTEX” alyumin profillar ishlab chiqarishda yetakchi korxona hisoblanadi. Korxonada alyumin to’la qayta ishlab chiqarish jarayoni qo’llaniladi, qo’shimchalar bilan boyitilgan alyumin qotishmani eritishdan boshlab, ektruziya, emal kukuni bilan bo’yash, anodlash usuli bilan qamrab olish, elektrovakuum usuli bilan dekor qilish, presslangan profildan tashkil topgan yarim tayyor mahsulotni mexanik ishlab chiqish va furnitura ishlab chiqarishgacha. Korxona mahsulotlari O’zbekistonning ko’pgina tashkilotlari tomonidan sotiladi. Ishlab chiqarish jarayonida eng zamonaviy uskunalar ishlatiladi, bu o’z navbatida sifatli va keng qo’llaniladigan mahsulotni chiqarishga yordam beradi. Misol qilib, elektrotexnik ishlari uchun alyumin shinalar, radioantennalar ustunlari, quyosh batareyalarning radiator elementlari va isitish tizimlari, avtomobil sozlash uchun maxsus profil, shkaf kupe uchun mebel profil, alyumin rom va chivinga qarshi tor ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, korxona eksportga ham mahsulotlarni chiqaradi. Marketing va ijtimoiy tadqiqotlar Agentligi tomonidan o’tkazilagan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillar davomida iste’molchilar tomonidan “O’zbekistondagi 1 raqmli Profil” deb baho berilgan. Iste’molchilar va hamkorlarimiz bilan ishonarli munosabatlarni yaxshilash borasidagi ishlarni olib borishda, hamda barcha yurtdoshlarimiz xonadonlariga fayz va baraka olib kelish yo’nalishidagi ishlarni korxona amalga oshirib boradi. Marketing va ijtimoiy tadqiqotlar Agentligi tomonidan o’tkazilagan “Yil tanlovi” konkursida bir necha yillar davomida iste’molchilar tomonidan “O’zbekistondagi 1 raqmli Profil” deb baho berilgan. Iste’molchilar va hamkorlarimiz bilan ishonarli munosabatlarni yaxshilash borasidagi ishlarni olib borishda, hamda barcha yurtdoshlarimiz xonadonlariga fayz va baraka olib kelish yo’nalishidagi ishlarni korxona amalga oshirib boradi. Eritish Quyish bo’limi press uchastkasini alyumin qotishmalari bilan ta’minlab turadi. Ishlab chiqarishda A7, A8 markalik qo’shimchalar bilan boyitilgan chushkalik birlamchi alyumin qo’llaniladi. Eritiladigan alyumin markalar: 6060 seriya, AlMgSi, AlMgSi0 tizimlar va boshqalar. Press bo’limini yarim tayyor mahsulotlar bilan ta’minlab turish uchun, shaxta shakldagi 2 eritish pechkalari umumiy hajmi 22 tonnalik eritish agregati qo’llaniladi. Ekstrudlash Ekstrudlash Ishlab chiqarish jarayonida bo’lgan, presslangan profillar nomenklaturasi 500 tadan ortiq turlari mavjud. Ularni tayyorlash uchun press bo’limida oyiga 1400 tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 7 press liniyalari ishlatiladi. Bo’yash Bo’yash Korxonada gorizontal joylashgan emal kukuni bian bo’yaladigan 3 avtomatik liniyalar mavjud. Profilni bo’yash uchun elektrostatik bo’yash usuli ishlatiladi, natijada tashqi ko’rinishi o’zgarmay ko’p yillar davomida qo’llaniladigan mahsulotlar chiqadi. Korxona faqat poliefir asosidagi, ob-havoga bardosh beradigan, agressiv tashqi sharoitlarda ham ko’p muddat qo’llaniladigan import emallarini ishlatadi. Qoplama qalinligi 60-90 mkm. Kukunlik emallar polimerizatsiyadan so’ng ekologik toza hisoblanadi. Ranglar RAL katalogi bo’yicha tanlanadi. Bezak berish Bezak berish Alyumin profillarni dekorlash bu daraxt va tosh rasmlarini chizish texnologiyasiga aytiladi. Bu jarayon vakuum termokamerasida o’tkaziladi, bu yerda metallga oldindan kukun qo’yilgan grunt orqali temperatura yordamida maxsus pigmentlar ichkarisiga yo’naltiriladi. Natijada, o’z qaytaruvchi materialidan, chidamliroq, chiroylik qoplama paydo bo’ladi. Labaratoriya Labaratoriya “Foundry Master” laboratoriyasi va kompyuter texnologiyasi yordamida spektrografik usul bilan barcha materiallar kimyoviy tashkil etuvchilari boshqariladi. Furnitura va aksessuarlar Furnitura va aksessuarlar «ALUTEX» zavodida alyumin va plastik jihozlar uchun bog’lovchi, sharnir, qo’l ushagichi va boshqa qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |