Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi


KUCH TRANSFORMATORLARINING (AT) QUVVATINI TANLASH



Download 0,94 Mb.
bet6/35
Sana06.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#432473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
SP maruza 2021

KUCH TRANSFORMATORLARINING (AT) QUVVATINI TANLASH


Reja:
3.1. Generator kuchlanishi va yuqori kuchlanish, o‘rta kuchlanish va past kuchlanish zanjirlaridagi kuch transformatorlarining quvvatini tanlash.
3.2. Generator kuchlanishi va yuqori kuchlanish, o‘rta kuchlanish va past kuchlanish zanjirlaridagi kuch avtotransformatorining quvvatini tanlash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Kuch transformatori, avtotransformator, quvvati, soni, yuklanish darajasi, transformatsiya koeffitsienti, parallel ishlashi, iqtisodiy taqqoslash
3.1. Generator kuchlanishi va yuqori kuchlanish, o‘rta kuchlanish va past kuchlanish zanjirlaridagi kuch transformatorlarining quvvatini tanlash
Generatorli kuchlanish shinalariga ega bo‘lgan elektrostansiyalarda shu shinalarni yuqori kuchlanishli shinalar bilan bog‘lash uchun transformatorlar o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Bunday bog‘lanish hamma generatorlar ishlaganda normal rejimdagi energetik tizimga ortiqcha quvvatni berish uchun hamda generatorlardan birini rejali yoki avariyali uzishda 6–10 kV li kuchlanishda iste’molchi (yuklama) larning ta’minotini zahiralash uchun zarur bo‘ladi.
Bog‘lovchi transformatorlarning soni odatda ikkitadan oshmaydi va quyidagi mulohazalar asosida tanlanadi:
GTQning yig‘ma shinalarining seksiyasi uch va undan ortiq bo‘lganda, ikkita bog‘lovchi transformator o‘rnatiladi. Bu simmetrik sxema tuzishga hamda generatorlardan biri uzilganda, seksiyalar orasidan quvvat o‘tishini kamaytirishga imkon beradi. Energetik tizimga IEM dan energetik tizimning aylanuvchi zahira quvvati (energetik tizimning umumiy belgilangan quvvatining 10–12%) bilan taqqoslasa bo‘ladigan miqdordagi katta quvvat berilganda, ikkita transformator o‘rnatish lozim. Bu holatda ortiqcha quvvatni energetik tizimga ishonchli uzatiladi.
GTQ bir–ikki seksiyadan tashkil to‘ganda, energetik tizimga berilayotgan quvvat esa katta bo‘lmagan boshqa hollarda, bitta bog‘lovchi transformator o‘rnatish yetarli.


Bog‘lovchi transformatorlar energetik tizimga generatorlarning hamma aktiv va reaktiv quvvatidan, minimum yuklama davrida, hatto dam olish kunlarini ko‘shib, generator kuchlanishidagi taksimlagich qurilma va o‘z ehtiyoji yuklamalarini olib tashlagandagi quvvatni uzatishni ta’minlashi lozim.
KES, GES va AES dagi bog‘lovchi transformatorlarining soni va quvvatini tanlash.
Quvvatli KES, GES va AES larda energetik tizimga elektr energiyani berish ikkita, ayrim holda esa uchta kuchaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi.
Turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari orasidagi bog‘lanish, odatda, avtotransformatorlar yordamida amalga oshirilib, ularning qo‘llanilishi yuqorida ko‘rib chiqilgan qator afzalliklarga asoslangan.
3.2. Generator kuchlanishi va yuqori kuchlanish, o‘rta kuchlanish va past kuchlanish zanjirlaridagi kuch avtotransformatorining quvvatini tanlash.
Avtotransformatorlarning quvvati yuqori va o‘rta kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari orasida o‘tadigan quvvatning maksimal kattaligi asosida tanlanib, u og‘irroq rejim asosida aniqlanadi. o‘rta kuchlanishli TQ dan energetik tizim bilan bog‘langan yuqori kuchlanishli TQga quvvat berish hisoblanadigan xususiy rejim bo‘lishi mumkin. Bunda SN shinalaridagi minimal yuklamani hisobga olish lozim. SN shinalaridagi yuklama maksimal bo‘lganda hamda shu shinalarga ulangan bloklardan biri uzilganda, quvvatni yuqori kuchlanishli TQ dan o‘rta kuchlanishli TQ ga uzatish eng og‘ir rejim bo‘lishi mumkin.
Avtotransformatorlarni generator bilan bir blokda o‘rnatish ham mumkin. Bu holda avtotransformatorlarning quvvati qulaylik koeffitsientini hisobga olib tanlanadi. Ma’lumki, past kuchlanishli cho‘lg‘am avtotransformatorning tipaviy quvvatiga qarab hisoblanadi:



bunda Snom –avtotransformatorning bildirgich bo‘yicha nominal quvvati; kfoy–foydalilik koeffitsienti.
Podstansiyalarda ko‘pincha ikkita transformator yoki avtotransformator o‘rnatiladi. Bu holda transformatorlarning quvvati to‘g‘ri tanlansa, transformatorlardan biri avariya paytida uzilganda ham
Uchinchi toifadagi muhim bo‘lmagan iste’molchilarni ta’minlash uchun, agar ishdan chiqqan transformatorni yangisiga almashtirish yoki o‘zini ta’mir qilish uchun bir sutkadan ortiq vaqt sarflanmasa, yakka transformatorli podstansiyalar qurilishi mumkin.
Ikkinchi toifadagi iste’molchilarni ta’minlash uchun markazlashgan ko‘chma zahira transformator mavjud bo‘lsa yoki qo‘lda yoxud avtomatik ulanadigan, SN yoki NN tarmog‘idan ta’minlanadigan boshqa zahira manba mavjud bo‘lsa, yakka transformatorli podstansiyalar qurishga ruxsat etiladi.
Sanoat korxonalarining podstansiyalarida uch va undan ortiq transformatorlarni o‘rnatish ba’zi transformatorni turtki yuklamasi rejimida ishlash uchun ajratish talab etilgandagina mumkin bo‘ladi. Yirik uzlaviy podstansiyalarda, agar ikki transformatorning mavjud shkala bo‘yicha quvvati yetarli bo‘lmasa, uch–to‘rtta transformator (avtotransformator) o‘rnatish mumkin. Bunda ayrim hollarda VN tarmog‘iga umumiy o‘chirgich orqali ulangan juft transformator (avtotransformator) ni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Quvvatli uzlaviy podstansiyalarda ikki transformator (avtotransformator) O‘rniga uch–to‘rttasini qo‘llash, ayrim hollarda umumiy belgilangan quvvatning kichik bo‘lishi va kapital mablag‘ sarflashning turli vaqtlarda bo‘lishi sababli, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlashi mumkin. Ekspluatatsiyaning birinchi yili hali yuklama hisobdagi maksimumga yetmaganda, ikkita transformator (avtotransformator) o‘rnatilib, keyingi yillarda esa uchinchisi va to‘rtinchisi o‘rnatiladi. Biroq shuni esda tutish kerakki, bunda uch–to‘rtta transformator (avtotransformator) li podstansiyalarning sxemasi ancha murakkablashadi, shuning uchun bunday podstansiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan asoslanishi lozim.
Transformatorlarning quvvati, birinchi transformatorning ishga tushishidan boshlab, podstansiyani ekspluatatsiya qilishning beshinchi yiliga hisoblangan yuklamasi bo‘yicha tanlanadi. Yakka transformatorli podstansiyadagi transformatorning quvvati quyidagi shart asosida tanlanadi.

bunda Pmax–podstansiyaning hisoblangan 5 yillik davriga mO‘ljallangan umumiy aktiv yuklamasi, cos – yuklamaning quvvat koeffitsienti.

3.1–rasm. Transformator yuklamasining sutkali grafigi bo‘yicha ikki pog‘onali grafikni tuzish.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish