Ish bo’yicha hisobotning mazmuni
Ishning maqsadining qisqacha bayoni.
Asbobning tuzilishi.
O’lchashlarni o’tkazish tartibi.
O’lchashlar natijalarining tahlili.
Nazorat savollari
Pirometrning mo’ljallanishi va uning tuzilishi.
Asbobning texnik xarakteristikalari va o’ziga xos xususiyatlari.
Asbobning tuzilishi.
Asbobning ishlash prinsipi.
Pirometr bilan ishlashda ehtiyot choralari.
MUSTAQIL TA’LIM MAShG’ULOTLARI MAVZULARI
Talabalarning mustaqil ishi nazariy kursini va amaliy ko’nikmalarini mustahkamlash, fanning qo’shimcha bo’limlarini o’rganish uchun mo’ljallangan.
Mustakil ravishda nazariy va amaliyot ishlarida berilgan vazifa va masalalarni ishlashi va ular bo’yicha hisobotlar tuzishdan iborat.
Mazkur o’quv fani bo’yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekt iva tavsiya etilgan adabiyotlarhamda davriy jurnallar va Internet materiallari bilan ishlashni, laboratoriya ishlarini o’tishgatayyorgarlik qurishni, referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondoshib, standart talablariga mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil bajarishni o’z ichiga oladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o’kuv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma va o’kuv qo’llanmalar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
talabaning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
faol va muammoli o’kitish uslubidan foydalaniladigan o’kuv mashg’ulotlari;
fan bo’yicha mustaqil ish uchun metodik ko’rsatmadan foydalanish;
masofaviy (distansion) ta’lim.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
Jahon energetik balansi (turli mamlakatlar energetik balansi).
O’zbekiston energetik balansi (Markaziy Osiyo mamalakatlari).
Energiya tejamkorligi sohasida chet ellardagi qonunchilik.
Energetik inqiroz sabablari va muammolarni yechimi yo’llari.
Energetik resurslarni qazib olish mamlakatdagi ekologik vaziyatga ta’siri.
Sanoatning turli sohalarida energiya tejamkorligi zahiralari va energiya tejamkorligi tadbirlari.
Jaxon davlatlari energobalansi. O’zbekiston energobalansi.
Halqaro ISO 50001 – Energetik menejment tizimi standartini o’rganish.
Respublikadagi energiya tejamkorligiga oid xuquqiy va me’yoriy xujjatlarni atroflicha o’rganish.
Xorijiy davlatlar me’yoriy xujjatlari va sanoatdagi energiya tejamkorligi tajribasi.
Respublika va jaxondagi energiya resurslarni qazib olish va ishlatini ekologiyaga ta’siri.
Sanoat va mayshiy iste’molchilarni suv iste’molini cheklash bo’yicha tadbirlar. Energiya tejamkorlik bilan bog’liqlik.
Energetik audit va energetik ekspertiza o’tkazish qoidalarini atroflicha o’rganish.
Sanoat korxonalarida energiya tejamkorligi potensiallari va energiya
samarador tadbirlar.
Qozon qurilmalarini rejim naladkasini amalga oshirish metodikasini o’rganish. (rejim xaritisini qurish).
Sanoatda innovasion energiya tejameor texnologiyalarni qo’llash.
Ayrim energetik resurslar turlarining tariflart, dinamikasi va ularni o’zgarish istiqbollari.
Energiya tejamkorligi soxasida tiklanuvchang energiya resurslarni qo’llash amaliyoti.
Zamonoviy elektr energiyani ishlab chiqish usullari (gazli, bug’ gazli va b.).
Sanoat korxonalarida energiya menedjmenti va uni tadbiq etish bosqichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |