Eneolit va bronza asri ziroatchilari Neolit davrining oxirida odamlar ixtiro va kashfiyotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo‘ldilar: misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o‘tildi. Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri eneolit – mis-tosh asri deb ataladi. Mis qurollar tosh qurollarga nisbatan afzalliklarga qaramasdan, unchalik keng tarqalmadi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Mil. avv. 4-mingyillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.
O’rta Osiyo janubida su’niy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi,
Xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi.
Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi 3-mingyillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yaroqlar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga ega bo’lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish imkonini qo‘lga kiritdi. Tarixning ko‘p davrlari davomida uruq‘ jamoasidagi muhim ishlar ayollar zimmasida bo‘lib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, kiyim-bosh tayyorlash), jamoada ular ning, ayniqsa, yoshi katta ayollarning mavqei erkaklarnikiga nisbatan ancha baland Omoch bilan yer haydab, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga kelishi natijasida urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tdi. Dehqonlarning qadimgi manzilgohlaridan biri Zarafshon daryosidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan.
Xorazm hududidan ham qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan.
Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo’lgan Sopollitepani topishdi. Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vohasida, hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Jarqo‘ton manzilgohi vujudga kelgan. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa harakatlantirish vositalari vujudga keldi. Savol va topshiriqlar 1. Eneolit davrining neolit davridan asosiy farqlarini ayting. 2. Misning kashf etilishi qachon ro’y bergan? 3. Mis bronzadan nimasi bilan farq qiladi? 4. Nega matriarxatdan patriarxatga o‘tish jarayoni sodir bo‘ldi? 5. Bronza davri dehqonlarning manzilgohlari haqida hikoya qiling. 6. Dehqonlar turar joy qurilishida qaysi materiallardan foydalanganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |